So’nggi yangiliklar

19:16Суперлига. "Бунёдкор" — "Қўқон-1912". Асосий таркиблар маълум  0 18:34Раньери: "Шомуродов майдонда бор куч-ғайратини сарф этади. Уни шунинг учун ҳам яхши кўраман"  5 18:33Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Хитойдаги илк машғулотини ўтказди  0 18:15Суперлига. "Хоразм" — "Насаф" 0:1 (матнли трансляция)  18 18:10Бешта клуб Мюллерни ўз сафига қўшишдан манфаатдор  0 17:47Ямалнинг отаси испаниялик мухлислар Ламин билан фахрланишлари кераклигини таъкидлади  9 16:55"Барселона" "Аталанта" ҳужумчиси учун 50 млн евро тўлашга тайёр  3 16:35"Гавр"нинг 18 ёшли ҳужумчиси МЮга ўтади  0 16:09ЕЧЛда ҳафта футболчиси аниқланди  10 15:50Элдор Шомуродов – "Рома"да апрель ойининг энг яхши футболчиси!   29 15:22"Ўлганимда ётиб дам олиш учун кўп вақтим бўлади" — Бруну Фернандеш  2 14:58Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ёпиқ форматда йиғин ўтказади  13 14:31"Челси" ушбу мавсум илк бор титул ҳомийси либосини кийди  2 13:59Суперлига. 8-тур дисквалификациялари: "Пахтакор", "Навбаҳор" ва "Қўқон-1912" 1 нафардан йўқотишга эга  2 13:36Гвардиола Ҳусанов ҳақида: "Бошланғич таркибдаги жой ҳеч кимга кафолатланмаган"  20

Hojiakbar Alijonov: "Biror o'yin biz uchun oson kechmayapti" Yangiliklar

Hojiakbar Alijonov: "Biror o'yin biz uchun oson kechmayapti"

"Dinamo" bilan uchrashuv arafasida "Paxtakor" himoyachisi Hojiakbar Alijonov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- "Dinamo"ning o'yinini o'zim to'liq tomosha qilmadim, ammo murabbiylar shtabi zarur malumotni bizga tushuntirib beradi va raqibni videolar yordamida o'rganib chiqamiz. Bu jamoa dastlabki turlarda o'zini ko'rsatdi. SHu sababli bizga qarshi ham bor kuchlarini ishga solishga urinishlari tabiiy. Superligada biror bahs biz uchun oson kechmayapti.

Yoshlar jamoasi tarkibida o'tgan mavsumda hujumga yaqinroq o'ynardim. SHuning uchun ko'proq gollar urganman. Asosiy tarkibda esa o'ng qanot himoyasida to'p tepaman. Oxirgi o'yinlardagi golim va zarbalarimga kelsak, murabbiy doimo qanot yarim himoyachisi ortidan oldinga o'tishimizni takidlaydi. SHu sababli hujumlarga qo'shilmoqdaman. Darvozaga zarba yo'llash ham aynan oldinga o'tgan holatlarimdan keyin sodir bo'ldi.

Har to'rt kunda maydonga tushyapmiz. Buni hisobga olgan holda murabbiyimiz o'zgarishlarni amalga oshirmoqda. Navbatma-navbat futbolchilarga dam berib bormoqda. Men ham orada bir o'yinni o'tkazib yuborib, tiklanib olishga ulgurdim.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика