So’nggi yangiliklar

04:48Париж-2024. Ўзбекистон гуруҳ босқичида барча жамоалар ичида қандай кўрсаткичлар қайд этди?   1 00:32Расман: "Милан" Павлович трансферини эълон қилди  1 00:01"Атлетико" "Барселона" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 23:31ЕЧЛнинг янги формати тасдиқланди: анъавий гуруҳ босқичи ўтмишга айланди, қуръани махсус компьютер ўтказади  11 22:30Аёллар футболи афсонаси Марта ўзининг Олимпиададаги катта эҳтимол билан сўнгги ўйинида қизил карточка олди  1 21:43Расман: АПЛ "Манчестер Сити"ни жаримага тортди  2 21:18Килиан Мбаппе ўзи ўйнаган клубни расман сотиб олди  2 20:49Юрген Клопп қачон мураббийликка қайтиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  3 20:25Расман: "Насаф" сербиялик вингер трансферини эълон қилди  8 19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  6 19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  8 18:18Флик "Барса" ҳақида: "Манчестер Сити"дек иш тутмоқчимиз"  0 17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  3 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  8

Hikmat Hoshimov: “Hali beri butsalarimni mixga ilmoqchi emasman” Yangiliklar

Hikmat Hoshimov: “Hali beri butsalarimni mixga ilmoqchi emasman”

“Metallurg” klubida uzoq vaqt o'ynab, muxlislar mehrini qozongan Hikmat Hoshimov yaqinda jamoa bilan xayrlashishga qaror qildi.

Bu yil 39 yoshini qarshi oladigan futbolchi shu kungacha Bekobod klubining asosiy figurasi hisoblanib kelgan. O'tgan oy bosh murabbiy Rustam Mirsodiqov istefoga chiqgach, Hoshimov ham klubdan ketishni maqul topdi. Xo'sh, Hoshimovni yana yashil maydonda ko'ramizmi yoki futbol bilan xayrlashishga qaror qildimi? SHu va boshqa savollarga javob olish maqsadida Hikmat akaga murojaat qildik.  

- Hikmat aka, dekabr oyida “Metallurg”da yuz bergan o'zgarish ko'pchilik uchun kutilmagan yangilik bo'ldi. Voqealar rivoji bunday tus olishini siz ham kutmagan bo'lsangiz kerak?
- Ha, bunday bo'ladi deya sira o'ylamagandim. Futbolda bazan shunaqa kutilmagan o'zgarishlar ham uchrab turadi. Buni to'g'ri qabul qilish kerak. Rustam aka Mirsodiqov uzoq vaqt jamoada samarali faoliyat olib bordi. Bir jamoada uzoq vaqt ishlashning o'zi bo'lmaydi. Ammo Rustam aka o'tgan oy o'z xohishiga ko'ra, ishdan ketish haqida ariza yozishga qaror qildi.

- SHundan so'ng sizning ham “Metallurg”dan ketganingiz haqida eshitdik. Bu o'zingizning qaroringiz bo'ldimi yoki yangi bosh murabbiynimi?  
- Albatta, o'zimning istagim edi. Rustam aka kutilmaganda ariza yozib, ishdan bo'shaganini malum qilgach, men ham ketishga qaror qildim. Afsuski bunday bo'lishini oldinroq bilganimda, chempionatning oxirgi turida bekobodlik muxlislarga minnatdorchilik bildirib, ular bilan do'stona ravishda xayrlashar edim.  


- Bekobodlik muxlislarning qalbidan o'rin olganingizni juda yaxshi bilamiz...
- Bu juda katta yutuq deb o'ylayman. 20 yil futbol o'ynagan bo'lsam, shundan 12 yilini “Metallurg”da o'tkazdim. SHu vaqt oralig'ida bekobodlik ishqibozlar bilan o'rtamizda hamisha do'stlik rishtalari xukmronlik qilgan. Biror marta o'yin chog'ida xar xil qo'shtirnoq ichidagi so'zlar bilan haqorat qilishmagan. Fursatdan foydalanib bekobodlik futbol shinavandalarini kirib kelgan yangi bilan tabriklayman. Ularga o'z minnatdorchiligimni izhor etaman. Barchasi uchun rahmat.  

- Endi kelgusi rejalar qanday?
- Ayrim kishilar Hikmat Hoshimovni deyarli futbol bilan xayrlashdiga chiqarib qo'yibdi. Lekin shuni malum qilamanki, hali beri butsalarimni mixga ilmoqchi emasman. Quch-quvvatim etar ekan. Sevimli kasbimdan uzoqlashishga xojat yo'q. Men doim kun tartibiga jiddiy amal qilib kelganman. Maqtanishga yo'ymang-u, mashg'ulot paytida ham yoshlardan kam ishlamayman. CHunki ertaga muxlislar oldida maydonga chiqib, futbol o'ynash kerak. Bu o'z-o'zidan bo'lmaydi.  

- U holda aytingchi, keyingi faoliyatingizni qaysi jamoada davom ettirasiz?
- Hozircha bu haqda aniq bilmayman. Ochig'ini aytaman, takliflar yo'q. Lekin bo'lishiga umid qilaman. Statistikaga murojaat qilsangiz, oxirgi uch yildan buyon deyarli 30ta o'yinni to'liq o'tkazganimni ko'rish mumkin. Bu yoshda har bir bahsda almashtirishlarsiz o'ynashning o'zi oson emas. Qaysidir jamoa mexnatimga extiyoj sezsa, bajonidil borib yordam berishga tayyorman.  


- Agarda Superliga klublaridan taklif bo'lmasa Pro-ligada o'ynashga ham tayyormisiz?
- Bu – qaerdan va qanday taklif bo'lishiga bog'liq. Eng avvalo Rustam aka Mirsodiqovning maslahatlariga quloq solaman. Negaki, ustozim bilan shu kungacha barcha jabhada maslahatlashib ish tutganman. Bu safar ham bir qator oldilaridan o'taman.

- Hozir o'zingiz yakka tartibda shug'ullanib turgan bo'lsangiz kerak?
- Bo'lmasamchi? Albatta har kuni yugurib, o'z ustimda ishlayapman. CHunki kecha maydonda javlon urib yurgan odam, bugun to'satdan hammasini to'xtatib qo'yishi juda qiyin jarayon. Sizga shuni aytishim mumkinki, yana bir 1-2 yil futbol o'ynashga kuchim etadi.

- Siz tengi sobiq futbolchilar asta-sekin murabbiylikka o'tib bormoqda. Bu borada ham rejalaringiz bo'lishi aniq. Fikrimizga qo'shilasizmi?
- To'g'ri, qachondir futbolchilik faoliyatimni ham tugatishim kerak bo'ladi. SHunda yana futbol sohasida qolib, o'zimni murabbiylikda sinab ko'rishni maqsad qilganman. Hozir “S” murabbiylik licenziyasiga egaman. Fevral oyida shuni yangilash kurslarida o'qishim kerak. Xujjatlarimni topshirib qo'yganman. Asta-sekin bu tomondan ham o'z yo'limizni topib boramiz degan umiddaman.

Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика