Hikmat Ergashev: “Vazifani bajarganimizdan xursandmiz”
18 noy 2015 19:00
Yangiliklar
Hikmat Ergashev: “Vazifani bajarganimizdan xursandmiz”
Uchrashuv nihoyasiga etgach, “Bunyodkor” yoshlari ustozi Hikmat Ergashevning mavsum yakunlari bo'yicha fikrlari bilan qiziqdik.
- SHukrki, uzoq va qiyin o'tgan mavsumni yakunlab oldik. Klub rahbariyati bizga g'oliblik vazifasini yuklagandi.Jamoadagi barcha hamjihatlikda ishlab, ko'zlangan maqsadga
erishdik. Vazifani bajarganimizdan xursandmiz. Umuman olganda, yoshlar
birinchiligi juda qiziq musobaqa, desam mubolag'a bo'lmaydi. CHunki bu
turnirda barqaror o'yin namoyish etish juda qiyin. SHuning uchun ham musobaqa
jadvalida goh biz, goh “Paxtakor” peshqadam bo'lib yurdi. Bizning bosh
maqsadimiz – asosiy tarkibga munosib bo'lgan futbolchilar etkazib
berishdir. Yil davomida o'tkazgan o'yinlarimizni asosiy jamoa murabbiylari
kuzatib borishdi. O'ylaymanki, yangi mavsumda yoshlar tarkibidan bir nechta
futbolchilar asosiy jamoaga qo'shiladilar. Yoshlar ligasi turniri saviyasi
haqida gapiradigan bo'lsam, bazi uchrashuvlar shuni ko'rsatib berdiki, bu
turnir birinchi ligadan kuchsiz emas, - deydi Hikmat Ergashev.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar