So’nggi yangiliklar

01:17"Манчестер Сити" Хулиан Альваресни рекорд сумма эвазига сотади. Футболчи "Атлетико" билан келишиб олди (Фабрицио Романо)  0 00:53Элит лига саралаши. "Шабаб Ал Аҳли" ирода кўрсатиб,"Сепахон"ни мағлубиятга учратди ва кейинги босқичга йўл олди  2 00:36Февзи Давлетов: "Биринчи бўлимда ўйинга мослашиш қийин кечди"  0 00:13Ҳаким Фузайлов: "Сурхон" ўз имкониятларидан унумли фойдаланиб кетди"  0 23:46Эрлинг Холанд "Ал Насср" йиғинига ташриф буюриб, у ерда Роналду билан учрашди  2 23:15"Атлетико" Галлахер трансферини ҳал қилди. Чоршанба куни – тиббий кўрик  0 22:36Ўзбекистон кубоги. "Сурхон" – "Хоразм" 3:1. Highlights  0 22:35"Атлетико" Хулиан Альварес билан маош масаласида музокара ўтказмоқда. Трансфер ҳал бўлганича йўқ  1 22:00Ўзбекистон кубоги. "Хоразм"ни мағлуб қилган "Сурхон" ярим финалга йўл олди!  15 21:41Дани Ольмонинг "Барселона"га ўтиши аниқ бўлди! (Фабрицио Романо)  16 21:13Слот "Ливерпуль" нега янги ўйинчилар харид қилмаётганини тушунтирди  0 20:48Анчелотти: "Ҳозирги таркибимиз билан барча турнирларда қатнаша оламиз"  1 20:22Расман: 79 ёшли Мирча Луческу Руминия терма жамоаси бош мураббийи этиб тайинланди  2 20:00"Барселона"га Кьезани таклиф қилишди  4 19:41Ибрагимович: "Мен табиат мўъжизасиман"  17

Hech kimning osmonga chiqishga haqqi yo'q, shuningdek... Yangiliklar

Hech kimning osmonga chiqishga haqqi yo'q, shuningdek...

SHuningdek, hech bir muxlisning futbolchi va murabbiylarni haqorat qilishga haqlari yo'q!
Tanqid - kelajak mevasimi? Yashang, bu boshqa gap. Ammo tanqidning tagida asos bo'ladi, tanqid echimdan iborat bo'ladi, tanqiddan to'g'ri xulosa chiqarish uchun u erda mano bo'ladi. Ammo turli ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratlar, futbolchilarning o'zi turib, ota-onasi manzili tomon aytilgan gaplar bu tanqid emas. Bu bizga yarashmaydi, yarashishdan ham oldin, o'zingiz bir o'ylang. Ota-onani futbolga aralashtirib nima bor?

Xitoy bilan o'yindan keyin nimalar bo'lmadi. Xuddiki terma jamoamizning yutqazishini kutdik va ichimizdagilarni aytib oldik-a? Bunaqasi ketmaydi, axir biz bir yurt farzandlarimiz-ku? Yaponiya, Janubiy Koreya, Iordaniya va yana bir necha nafar terma jamoalar muxlislarini bir ko'ring, terma jamoasini eng og'ir vaziyatlarda ham qo'llab-quvvatlaydi. Tanqid qilmang demaymiz, qiling, ammo tanqidning ham qonun-qoidasi bor. Bugun yutsa ko'tarib, mag'lub bo'lsa uni er bilan bitta qilish kerak emas. SHu maqolani yozish uchun ham, shunchalik istadim-ki, Saudiya Arabistoni bilan bo'lib o'tadigan o'yinda g'alaba qozonishimizni, tasavvuringizga ham keltira olmaysiz. Agar mag'lubiyatga uchraganimizda bu gaplarimni hech kim eshitmasdi. Yana o'sha rassomlar o'z ijodini, so'zga ustalar, bisotini ochgan bo'lardi. Yaxshi niyat qildik, mana shu maqolani yozish nasib etyapti. To'g'ri, futbolchilarimiz ham oppoq emas. Ularning eng katta kamchiligi, biron bir davlatga borganda kutib olish uchun chiqqan hamyurtlariga etarlicha etibor bermasliklari. Bu gaplarni bir yoki ikki marotaba eshitmayapman, doimiy ravishda quloqqa chalinavergach, o'zim ham atayin etibor qarata boshladim. Bu odatni yig'ishtirish kerak, avvalo futbol muxlis uchun.

Agar biz mana bu erdagi bazi kamchiliklarni joy-joyiga qo'yib qo'ysak, o'ylashimcha mag'lubiyatni ham hazm qilishga o'rganadilar.

Kechagi g'alaba bizga katta qahramonlik bo'lib ko'rinyapti. Aslida bu bajarishimiz kerak bo'lgan vazifa edi. Faqat o'zimizga o'zimiz ish orttirib oldik xolos. SHuning uchun bu o'yindan havolanib ketishga hech kimning haqqi yo'q. Hech kimni. Kattalarga-ku ishonamiz, yoshlar, o'zingizni qo'lga oling. "Oooo, aylav-yu, sen zo'rsan, sen hali buyuk bo'lasan", degan gaplarga uchishga haqlaringiz yo'q. Buni aytmasak ham o'zingiz bilasiz. Menga faqat bir narsa alam qiladi, bu erdan to'g'ri oliy ligamizga borishingiz. Mana shunisi aslida bizning futbolimizdagi fojea. Bu erda o'ynayotgan yoki ishlayotgan bironta futbolchi yoki mutaxassis Osiyo Kubogi tugashini istamayapti. Hech birining oliy ligaga qaytgisi yo'q.

Xitoy bilan o'yinda Qosimov yutqazdi, Saudiya Arabistoni bilan o'yinda yutdi! Muhimi, murabbiy o'zi uchun qiyin bo'lgan qarorni qabul qila oldi. Meni xursand qilgani Kapadze ham, Jeparov ham garchand maydonga tushmagan bo'lsa-da, o'yindan keyin yosh bolalarcha quvonishgani bo'ldi. Ertasi kuni bo'lib o'tgan mashg'ulotda esa xuddi kecha o'ynagandek, alo kayfiyatda edilar. Mana endi murabbiyning ishi biroz engillashadi, mana endi o'sha ikki yil avvalgi yangi qon quyilayotgandek. Ammo biz bor-yo'g'i guruhdan chiqqanligimizni ham unutmaylik.

Yana bir narsani takidlash lozim. Kecha Alisher Nikimbaev juda kulguli va hak gapni aytdi. "Men bildim, terma jamoaga kim kerakligini: elektrik. Futbolchilarning ko'zi yonayaptimi yoki yo'qmi aniqlash uchun". Terma jamoamiz g'alaba qozonsa omadi keldi, yutqazsa ko'zi yonmadi degan gaplarni endi unutaylik. Siz bugun Odil Ahmedovning oyog'ini bir ko'ring, uchrashuvda 1:1 hisobi qayd etib turilgan bir paytda olgan jarohatidan keyin "Krasnodar"dagi faoliyatini xavfga qo'ydi. Bunday klublarda pul ko'p, istagan paytida uning o'rniga boshqasini topib olaveradi. Afsuski, bu suratni qo'ya olmayman. Aziz Haydarov haqida nimalar demadingiz-a? Eh bir gap aytardim-ku... SHu bola Vatani uchun Dubayda bo'lib o'tgan yig'inlarda nimalar qilmadi deysiz. Keling, mavridi kelganda aytay, bitta mashinaning pulini ketkazdi, vitaminlar uchun. Tag'in ularning ko'zini yonmaydi deysiz. Jarohat olgan futbolchilarni, o'z klubiga olib borib birma-bir tekshirtirib chiqdi, shu Vatan uchun!

SHorahmedovning ham ustidan kulaverishni bas qiling. Etar balki? Nima uchun avvalgi o'yinda Muhammadiev tushsin dedim? Muhammadiev hujumkor futbol uchun mos himoyachi. U raqib jarima maydonchasi ichida ham xavfli. Saudiya Arabistoni bilan o'yinda bizga g'alaba juda ham muhim edi va buning uchun terma jamoamiz safida hujumga moyil bo'lgan futbolchilar maydonga tushishlari kerak bo'lardi. Bunday vaziyada SHorahmedovdan "Nasaf" himoyachisining ustun tomoni bor. Ammo natijani ushlash, ikkinchi raqamda harakat qilish kerak bo'lgan paytda SHorahmedovning imkoniyati va tajribasi katta.

Istaymizmi-istamaymizmi, hujum chizig'imizda muammo etarlicha. Buni oliy ligani yaxshilash orqaligina tuzata olishimiz mumkin. Kechagi o'yinda yarim himoya sal bo'lsa-da o'ziga kelganini ko'rdik. Lekin hech kim kafil bo'la olmaydi, keyingi o'yinda ham shunday o'yin chiqishiga. Lekin niyat qilamiz.

Yodingizda bo'lsa, bir oycha avval bunday yirik musobaqalarda marketing birinchi o'ringa chiqishi haqida yozib o'tgandim. Ko'pchilik fikrimga qarshi chiqqan edi, bu terma jaomaning yonini olyapti deb. Terma jamoada mening ota-onam yo'q. Xitoy nima uchun ikkita o'yinni aynan Brisbenda o'ynadi, boisi eng ko'p xitoylik aynan mana shu shaharda istiqomat qiladi.  SHu kuni stadionga 14 000 nafarga yaqin muxlis tashrif buyurdi, shulardan o'n minggi xitoylik edi. o'yin avvalida musobaqaning rasmiy do'koni xitoyliklar bilan to'lib ketdi, ancha bozor bo'ldi. Tabiiyki, bundan OFK manfaatdor. Xuddi shunday Saudiya Arabistoni ham OFK uchun koni foyda. Ularning homiylari, TV huquqni olish uchun ajratayotgan pullari musobaqaga jaraq-jaraq pul keltiradi. Oddiy misol nima uchun Avstraliyada bo'lib turgan Murod Rizaev o'yinlarni sharhlamayapti, boisi sharhlaydigan xonalarni olish uchun xarajat qilishi kerak.  O'yinni ko'rsatish huquqi esa bepul berildi bu safar. Arablar bitta emas, bir nechta kabinani o'zlariniki qilib olishdi. Mana shuning uchun ham chorak finalga O'zbekistondan ko'ra, Saudiya Arabistoni chiqishi manfaatliroq edi. Ammo shu narsa malum bo'ldiki, agar sen o'ynay olsang, raqibing kim bo'lishini ahamiyati yo'q ekan.
Hozir ko'pchilik Rashidov, Iskanderov va Muhammadievdan cho'chiyapti. Ishqilib yulduzlik kasaliga uchramasin-da deb... To'g'ri, bu uch futbolchi bizga hali JCH saralash o'yinlarida juda ham asqotadi, agar shu tempni ushlab turgan holda, unga yana ko'proq ishlov bersalar. Ammo bu ularning qo'lidan keladimi? Keldirishga majbur. Hali hech nima qilingani yo'q, qachon qilinadi hisoblaymiz, qachonki terma jamoamiz JCHga chiqsa. Ungacha oliy ligadan qochish uchun imkon qadar kelayotgan mavsumda o'zlarini ko'rsatish talab etiladi. “Bunyodkor”ga OCHLda omad tilagan holda shuni aytish mumkinki, agar jamoa guruh bosqichiga chiqa olmasa, bundan ko'proq Rashidov yutqazadi. Oliy liga orqali o'z o'yinini kuchaytirib olishi qiyin, OCHLdagi 6 ta o'yin, biz uchun etishmayotgan o'sha kamchilikni biroz yopishi mumkin. Bunday vaziyatda, “Bundyokor” o'zbek futboli haqqi-hurmati Rashidovni biron bir klubga yarim yilga ijaraga bersa ham bo'ladi. Hozircha biroz shoshmasdan, “Bunyokdor” uchun yaxshi niyat qilib, unga omad tilaylik.
Agar bu uch futbolchi shu yilning o'zidayoq chet elga chiqib ketsalar bormi, uning foydasini bir gap bilan tushuntirib bera olmasam kerak.  

Agar Saudiya Arabistoniga qarshi o'yinda mag'lubiyatga uchraydigan bo'lsak, men katta islohotni kutayotgandim. Eng avvalo PFL va Markazni tubdan yangilagan holda, aniq bir dastur asosida ishlash kerak bo'lardi. Ammo chorak final buning oldini oldi. Afsuski, mana shu chorak final keyinchalik bizni JCH-2018dan mahrum qilishi mumkin. Yaxshilab o'ylab qarasangiz, futbolimizning borar manzili ancha olisda ekanligini ko'rasiz.
Rashidov, Iskanderov va Muhammadievning chiqqaniga ham uch yil bo'libdi. Ularni o'shandayoq qanday kelajak kutayotganini ko'rgan edik. Lekin bugun nima uchundir oliy ligada keyingi 2-3 yilda terma jamoaning asosiy tarkibiga tortadigan futbolchini ko'rmayapmiz. U paytga kelib Jeparov, Kapadze kabi faxriylar terma jamoa bilan xayrlashayotgan bo'ladilar, bugun asosiy tarkibda tushgan futbolchilarga kim raqobatchi bo'ladi? Hozirgi futbolchilarimiz faxriylarga raqobatchilik qilayotgan bir paytda, 2-3 yildan keyin ularga kim raqobatchi bo'lishini o'ylasam, JCH bizga uzoqlik qilib ketaveradi. SHuning uchun sizlardan iltimos qilardimki, har bir mag'lubiyatda MTJ shaniga tasir qiladigan, bo'hton va kurakda turmaydigan gaplarni aytmang. Futboldagi muammomiz atroflicha, MTJ esa bizning peshonamiz. Tanamizning aynan shu qismi orqali issig'imiz chiqayotganini bilamiz, shifokor ko'rigidan keyin esa, peshonadagi issiq aslida qaerdan kelganini bilamiz. U jigardan (oliy liga), o'pkadan (birinchi liga), yurakdan (markaz), buyrakdan (bolalar futboli) bo'lishi mumkin...
Hozircha shular, Vatan uchun, or nomus uchun, g'alaba uchun!


Nodirxo'ja Yuldashev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика