So’nggi yangiliklar

23:17"Ҳаётим давомида бунақа циркни кўрмаганман" – Хавьер Маскерано  1 23:10Париж-2024. Аргентина - Марокаш 1:2, Аргентинанинг сўнги дақиқада урган голи ҳисобга олинмади  0 23:03Расман: Сардор Рашидов – "Навбаҳор" футболчиси!  6 22:50Париж-2024. Ўзбекистон - Испания 1:2, Шомуродов тарихий гол урди, Нематов пенальтини қайтарди  1 22:40Қандай қилиб?! Аргентинанинг 90+16-дақиқа урган голи икки соат ўтиб бекор қилинди. Марокаш ғалаба қозонди!  13 22:14Париж-2024. Миср ва Доминикан ўртасидаги ўйинда Ўзбекистон учун қулай ҳисоб қайд этилди  7 22:05"Mirabror Usmanov Cup-2024". Муросасиз кечган финалда Ўзбекистон Гватемалани мағлуб этди ва мусобақа ғолибига айланди  4 21:43Расман: "Насаф" грузиялик легионери билан шартномани бекор қилди  3 21:06Элдор Шомуродов: "Испанияни мағлуб эта олмаган бўлсак ҳам, ёмон ўйнамадик"  49 21:03Абдувоҳид Неъматов: "Жамоамиз очко олишида ўз ҳиссамни қўшмоқчи эдим, аммо бу насиб қилмади"  32 20:43Париж-2024. Аргентинанинг Марокашга қарши 90+16-дақиқадаги гол икки соатдан сўнг бекор қилинди (хабар таҳрирланди)  12 20:28Расмус Хойлунд янги мавсумда Марсьялдан бўшаб қолган рақамда ўйнайди  1 20:05Париж-2024. Ўзбекистон илк турда Испанияга мағлуб бўлди, кейинги рақиб Миср  376 20:04Аскер Нажафалиев Осиё кубоги саралаш босқич доирасидаги ўйинни бошқаради  0 18:32"Реал" "Ливерпуль" юлдузини нишонга олди  3

Havaskorlar ligasidagi bankir Qirg'iziston uchun gol urib, terma jamoani Osiyo Kubogiga olib boradi. Kim u? Yangiliklar

Havaskorlar ligasidagi bankir Qirg'iziston uchun gol urib, terma jamoani Osiyo Kubogiga olib boradi. Kim u?

Qirg'iziston terma jamoasi so'nggi vaqtlarda ko'p gollar urib, muxlislarini quvontirmoqda.

Mazkur terma jamoa chiroyli o'yin ko'rsatmoqda va ketma-ket ikkinchi marta Osiyo Kubogining asosiy bosqichiga chiqdi. Qirg'iziston futbolining butun tarixini hisobga olsak, bu ajoyib yutuq hisobalandi. Mahalliy futboldagi o'sishiga bir nechta sabablar bor — bu yoshlar futbolining rivojlanishi va Aleksandr Krestininning mehnati bilan chambarchas bog'liq. Qolaversa, mahalliylashtirishni ham unutmaslik kerak. Terma jamoada ildizi qirg'iz bo'lgan ko'plab futbolchilar o'ynay boshladi. Ular orasida Vitaliy Lyuks va Edgar Bernxardt ("Andijon”da o'ynagan futbolchi)ni qayd etishimiz mumkin.

Osiyo Kubogi saralash bahslarida Qirg'iziston terma jamoasi Singapur va Myanmani qiyinchiliklarsiz mag'lubiyatga uchratdi. Tojikiston bilan uchrashuv ko'p narsani hal qilib bermaydi. Etiborlisi shundaki, saralash bosqichida urilgan to'rtta goldan uchtasini Viktor Mayer urdi. U haqida qiziqarli malumotlar bor. 

1990 yil. Lyuksemburg. CHuy viloyatining Issiq-Ota tumani, Qirg'iziston

Bu nomdagi shaharcha nemis muhojirlarining avlodi bo'lgan bir o'g'ilning vataniga aylangan, bundaylar O'rta Osiyoda talaygina edi. Yigitning ismi Viktor Mayer edi. Sobiq Ittifoq parchalanganidan keyin ko'pchilik singari uning ota-onasi ham Germaniyadagi tarixiy vatanlariga doimiy yashash uchun ko'chib ketishadi. Mayer 10 oyligida Germaniyaning Osnabryuk shahriga ko'chib o'tdi.

U mahalliy "Blau-Vays SHinkel" va "Osnabryuk-1899" klublarida futbol o'ynay boshladi. Keyinchalik 2006 yildan boshlab "Gamburg"ning o'smirlar jamoasida, 2008-2011 yillarda ikkinchi jamoasida to'p tepadi. 2011/12 yilgi mavsum oldidan u "SHportfroynde" Lottega o'tdi, biroq u erda birorta ham o'yin o'tkazmadi. Germaniyaning quyi ligalari klublarida o'ynagan "Osnabryuck II" (2012-2013), "Xafelze" (2013), "Meppen" (2014-2016). 2016/17 yilgi mavsumda u Niderlandiyaning birinchi divizioni vakili "Emmen" klubida o'ynagan.

Mayer o'smirligida Germaniya U-16 terma jamoasida to'p tepgan. SHuningdek, U-17 Evropa chempionatida ishtirok etgan. Etiborlisi, u o'shanda “Real” yarim himoyachisi Toni Kroos bilan bir jamoada o'ynagan.

2014 yil. Mederova ko'chasi, 1B. Qirg'iziston Respublikasi futbol federaciyasi idorasi

Mirlan Aytali 9 yil Buyuk Britaniyada yashab, u erda Londonning "Fulxem" klubida abonement egalari bilan ishlagan. 2014 yilda esa uni Qirg'iziston futbol federaciyasida ishlash uchun taklif qilishdi. SHundan keyin u Qirg'izistonga qaytib, avval matbuot kotibi, keyin esa terma jamoalar menejeri bo'lib ishladi. Kunlarning birida u futbol federaciyasining Facebook'dagi rasmiy sahifasi arxivini ko'tardi. 2010 yilda yozilgan sharhlar, tilaklar, takliflarni o'qib chiqdi. Maktublar orasida futbolchi Edgar Benrxardtdan yuborilgani ham bor edi. U Qirg'izistonda tug'ilgani va "Krakoviya" klubi safida Polsha chempionatining Oliy ligasida to'p tepishini malum qilgandi. U Qirg'iziston terma jamoasida o'ynash istagini bildirgan va bunga imkoniyat bor-yo'qligini so'ragandi. 

O'sha paytdan boshlab Mirlan qirg'iz millatiga mansub futbolchilarni fuqarolikka qabul qilish uchun ulkan konveerni ishga tushirdi. SHunday qilib, Sergey Evlyushkin topildi (u Sovet tug'ilganlik yo'qotgan va FIFA unga futbol fuqaroligini o'zgartirishga ruxsat bermagan). Aytishlaricha, futbolchi izlash jarayoni federaciya rahbariyati darajasiga etdi.

2015 yil. Germaniya

Miron Goyxman – bu odamni hamma ham tanimaydi, lekin ushbu hikoyada aynan shu shaxs katta sahnaga chiqqan.  "Championat" saytida ishlagan moldovalik yigit anchadan beri Germaniyada istiqomat qiladi. Uni "futbol ovchisi" deb atashadi. U har doim hamma haqida malumotga ega degan manoda. Qirg'iziston Futbol federaciyasining yangi strategiyasidan xabar topgan Goyxman Bishkek bilan aloqaga chiqadi. Malum bo'lishicha, u OAVda Bernxardt va Evlyushkinning Qirg'iziston terma jamoasiga jalb etilgani haqida o'qib chiqqan va yana bir nechta variantni taklif qilishga tayyor bo'lgan. Mirlan Aytali darhol u bilan bog'landi, Goyxman o'sha paytda Germaniyaning uchinchi ligasida o'ynayotgan Viktor Mayerni taklif qiladi.

Bu jarayon uzoq va mashaqqatli tarzda kechdi. Mayer bilan bog'langanidan keyin u agenti bilan bog'lanishni so'radi. Bu shunday beadablik kabi tuyuldi? Futbolchini terma jamoaga chaqirishadi, keyin esa... Aslida Mayerning o'zi ham uning shaxsiga bo'lgan bunday qiziqishdan hayratda qolgandi. Uning agenti buni hazil deb hisoblagan. O'yinchi va uning agentini bu taklif jiddiyligiga ishontirishga muvaffaq bo'lgach, muzokaralar avjiga chiqdi.

Ammo muammo shundaki, agar internet orqali Edgar Bernxardt haqida malumot izlansa, u haqda topiladi. Mayer haqida faqat Germaniya yoshlar terma jamoasida to'p tepgani malum bo'ladi. Qirg'iziston futbol federaciyasi xodimlari har hafta Mayerning o'yinlari videolarini qidirib topib, terma jamoa bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin istiqomat qiladigan Krasnodarga yuborishadi. Keyin hamma xujjatlar FIFA talabiga mos tarzda tartibga solinadi va Viktor Mayer terma jamoa futbolchisiga aylanadi. 

Bugungi kun. Bishkek

Viktor Mayer terma jamoa safida doimiy ravishda o'ynagan bo'lsa-da, etakchi bo'la olmagan. Mazkur saralash bosqich o'yinlari u uchun muhim edi. Mart oyida bo'lib o'tgan matbuot anjumanida Krestinin yana Viktorga ishonishini malum qilgan edi. 

"Mayerning xarakteri og'ir, ammo biz uni iyun oyida uni ko'rishimiz mumkin", – dedigandi murabbiy o'shanda.

64-daqiqada Mayer "Abdish-Ata" futbolchisi Ernest Botirxonovni o'rniga maydonga tushadi. O'zgarish majburiy amalga oshiriladi... Krestinin bunga qandaydir tarzda munosabat bildirishi kerak edi. Singapur 0:1 hisobida oldinda edi, biroz almashtirilish kechiktirilsa, Osiyo kubogiga yo'l olish vazifasi qiyinlashardi. Mayer tushganidan keyin o'yin surati o'zgaradi. Avvaliga Kichin penalti orqali muvozanatni tiklaydi, keyin Mayerning o'zi jamoasiga g'alaba keltiradi.

Ikkinchi saralash o'yini Myanmaga qarshi kechdi. Mazkur o'yinda esa qahramonimiz uchrashuvning eng yaxshi futbolchisiga aylanadi. Ikkita gol urib, jamoasiga g'alaba keltirdi. Bungacha Mayer terma jamoa libosida etarlicha o'yin o'tkazgan, ammo hozir u Krestinin to'dasining raqiblari uchun Iks omilga aylandi. 

2022 yil 14 iyun. Bir kun avval Qirg'izistonning bir qator OAVlari Viktor Mayer "shaxsiy sabablarga ko'ra" Qirg'iziston – Tojikiston o'yinida ishtirok etmasligi haqida xabar bergan edi. Vaholanki, u Qirg'izistonning nemislar bankida parallel ishlayotgani hammaga anchadan beri malum edi. Mayerdagi ish sababli u qo'shimcha ish kunini o'tkazib yubora olmadi.

Ayni vaqtda Qirg'iziston terma jamoasining iyun oyidagi o'yinlari oldidan o'zining "Ayntraxt Rayne" jamoasi bilan 4-Bundesliga yo'llanmasi uchun kurash olib bordi. Uning klubi havaskorlarda qolib, professional divizionga chiqa olmadi. Mayersiz Qirg'iziston terma jamoasi Tojikistonga qarshi o'yinda maydonga tushadi. Mayerning o'zi bu vaqtda ofisda o'tiradi, qog'ozlarni saralaydi yoki mijozlar bilan ishlaydi. Lekin bir kun kelib u ofis kiyimidan futbol libosiga o'tib, maydonga tushadi va bu hayotda hammasi tasodif emaslini isbotlaydi.

Evdokim Raimov

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика