Hasanboy Egamberdiev: “Guliston”ni oliy ligada olib qolish uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz”
07 noy 2013 10:00
Yangiliklar


Hasanboy Egamberdiev: “Guliston”ni oliy ligada olib qolish uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz”
So'nggi tur uchrashuvlari ko'p narsaga oydinlik kiritadi desak mubolag'a bo'lmaydi. Sababi elitani tark etishi aniq bo'lgan “SHo'rtan”ga qaysi jamoa sherik vazifasini o'tab berishi bugungi kunda barchani qiziqtirayotgan bo'lsa ajab emas.
Bu borada “Qizilqum” va “Guliston” o'rtasida kurash kechmoqda. Etiborlisi ushbu jamoalar juma kuni Gulistonda hisob kitob qiladi. Bo'lajak bahsda “oltinizlovichlar”ni durang ham to'la qanoatlantirsa, Baxtiyor Ashurmatov boshqaruvidagi “Guliston”ga esa faqat va faqat g'alaba kerak bo'ladi.
Bo'lajak hal qiluvchi o'yin oldidan “Guliston” klubining ijrochi direktori Hasanboy Egamberdiev bilan suhbatlashdik.
- “Guliston” oliy ligada “jon saqlab” qolish uchun chempionatning so'nggi turida “Qizilqum” bilan o'zaro hisob kitob qiladi. Bo'lajak bahs keskin kurashlarga boy tarzda o'tishini hozirdan tahmin qilish mumkin. Fikrimizga qo'shilasizmi?
- Ha, to'g'ri juma kuni bo'ladigan o'yin juda ham qiyin o'tadi, har ikkala jamoa uchun. Sababi o'zingizga yaxshi malum, bizga ham “Qizilqum”ga ham elitada qolish uchun ochko juda zarur. Mazkur o'yinning o'z maydonimizda o'tkazishimiz qaysidir manoda bizga qo'l kelishi mumkin. Lekin raqibimizni durang natijasi ham qoniqtirishini unutmaslik kerak.
- SHaxsan siz klub rahbari sifatida “Guliston”ni kuchlilar safida o'z o'rnini saqlab qolishiga qanchalik ishonasiz?
- Imkon bor ekan, oxiriga qadar kurashish talab etiladi. Bu yigitlarning o'zlariga bog'liq. Umid qilamanki futbolchilarimiz vazifani uddalaydi.
- Muhim o'yin oldidan yo'qotishlar yo'qmi?
- Rabbim Hasanovning sariq kartochkalari 4taga etgani bois, “Qizilqum” bilan o'yinda uning xizmatidan foydalana olmaymiz. SHuningdek yana ikkita futbolchimiz – Jasur Otajonov bilan Akbar Sattaev jarohat tufayli yordam bera olmasliklari aniq. Bundan boshqa hech qanday muammo yo'q.
Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Fikrlar