Hasan Ro'ziev: “Etakchi jamoalarga munosib qarshilik ko'rsatishga urinamiz”
08 fev 2020 22:08
Yangiliklar


Hasan Ro'ziev: “Etakchi jamoalarga munosib qarshilik ko'rsatishga urinamiz”
"Superliga-2020" bahslarining qura natijalariga ko'ra, dastlabki turda Termizning “Surxon” klubi o'z maydonida “Bunyodkor”ni qabul qiladi.
Biz bu haqda joriy yildan “Surxon”da bosh direktor lavozimida ish boshlagan Hasan Ro'zievning fikr va mulohazalari bilan qiziqdik.
“Nima ham deya olaman? Baribir mavsum davomida barcha jamoalar bilan o'ynashimizga to'g'ri keladi. Birinchi turni o'yda o'tkazar ekanmiz, ikkinchi turda Navoyiga safar qilamiz. Nazarimda qura biz uchun yaxshi keldi. Har bir jamoa o'z oldiga yuksak maqsadlarni qo'ygan holda yo'lga chiqadi. Hech kim pastki o'rinlarni egallashni istamaydi. O'ylaymanki, jamoamiz mavsum davomida etakchilarga munosib qarshilik ko'rsata oladi. Qolganini vaqt ko'rsatadi”, – dedi sobiq hakam Ro'ziev.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar