So’nggi yangiliklar

11:09Доминикан Республикаси ОТЖ сардори Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади  5 10:44Даврон Ҳошимов иккинчи даврани Суперлигада ўтказади  4 10:10«Сурхон» ўтган йилги легионерини ортга қайтарди  3 09:37«Барселона» «отмен»! Нико Уильямс келажаги борасида бир қарорга келди  3 09:05«Бухоро» «Андижон» футболчиси билан шартнома тузди  2 08:32Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси Япония билан жанговар дуранг ўйнади  5 07:58Испанлар Европани «забт этишди». «Қизил фурия» икки кун ичида иккита «Евро»да ғалаба қозонишди  8 07:26Ўртоқлик учрашуви. «Қўқон-1912» «Сўғдиёна»ни мағлуб этди   1 01:48"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини 14 млн евро эвазига харид қилишга тайёр, аммо...  3 01:21"Милан" сардори "Галатасарой"ни рад этди. Турк клуби ҳимоячига "Милан"дагидан кўпроқ маош таклиф қилганди  1 00:51"Комо" Рафаэль Вараннинг трансферини эълон қилди  3 00:22"Жирона" "Тоттенхэм" форвардини ижарага олиш бўйича келишувга эришди  1 23:51"Манчестер Юнайтед" яқин вақтларда Санчонинг тақдирини ҳал қилади  1 23:21"Барселона" собиқ футболчиси "Ювентус"га ўтишга яқин  1 22:55Мбаппесиз: "Реал" АҚШдаги турне учун таркибини эълон қилди  4

“Harobadan chiqqan millioner” Yangiliklar

“Harobadan chiqqan millioner”

Teglar :  Diyor Imomxo'jaev
Odamlarda shunday tasavvur bor: tilanchilar aslida to'kin hayot kechiradi...

“Harobadan chiqqan millioner” filmini ko'rganmisiz? Qarovsiz qolgan bolalarga mehribonlik ko'rsatib, ularning qornini to'ydirishadi, kechasi esa ularning ko'zlarini o'yib, tuppa-tuzuk tilanchiga aylantirishadi. Endi ular nafaqat qarovsiz va himoyasiz, balki biror ish qilish uchun ojiz hamdir. Ularda asosiy dard qorin ochligi bilan kurashish va Xudo bergan umrni yashab qo'yish. Odamlar ust-boshiga, ahvoliga, ko'zi ojiz ekaniga rahmi kelib, tilanchi bolalarga pul tashlab o'tadi. Ularning ko'zini o'yganlar esa mana shunday minglab bolalar tilanchilik qilib topgan pul evaziga hasham hayot kechiradi. 

Toshkentga qaytamiz. Markazdan biroz uzoqlashsangiz, deyarli har svetaforning tagida tilanchiga duch kelasiz. Juma kunlari masjid atrofi ular bilan to'lib toshadi. Qo'l-oyog'i yo'q yoki so'qir birortasini uchratmasangiz, qolgani xuddi sizdek kiyingan, sog'lom, tuzuk odamlar. Biz kabilar esa savob umidida ularga pul tashlab o'tadi, tilanchi go'yoki duo qilgandek bo'ladi. Vaholanki, sadaqa qilishning ham o'z qoidalari bor. Bu haqda qorilar ming gapirsa ham, vaziyat o'zgarmaydi. SHuning uchun ham tilanchilar kundan-kun ko'payadi, ular pul topishning eng oson yo'lini tanlab, betini supurib tashlab, o'zini bechoraholga solib yuraveradi. 

Endi futbolga qaytamiz. “Harobadan chiqqan millioner” filmida o'z mehnati va uddaburonligi sabab, zolimlar qo'lidan qochib qutulgan bolalar ham bor. Bosh qahramonning ismi Jamol edi. Bizning futbolda ham, o'z mehnati va tirishqoqligi sabab muvaffaqiyatga erishgan yigitlar bor. Bugunning ko'zi bilan qarab, Rashidov, Ahmedov, Jeparov, Musaev, Haydarov kabilarni olib ko'ring. Tinimsiz mehnati sabab ular zolimlar qo'lida xorlanib qolmagan. Ular o'sha zolimlardan ko'proq pul topadi, to'kin hayot kechiradi, bularning bariga tinimsiz mehnati bilan erishgan.

 Zolimlar deb balki oshirib yuborgandirman, balki topib aytildi, bilmadim. Bizdagi futbolchilarning ko'pi asosan qorin g'amida yurishini yuqoridagi bolalarga o'xshataman. Ularda o'sish, Jamol kabi muvozanatni buzib tashlash, oldinga intilish kabi tushunchalar o'lib bo'lgan. Va yana ular himoyasiz. Pulini ololmasa qaysidir zolimdan, himoyachisi yo'q. Bu kabi tashkilot o'zbek futboli uchun begona. Murabbiylarda ham ahvol shu. Davlatdan pulni sanab oladigan, ularni taqsimlashda esa futbol rivojidan ko'ra ko'proq, o'z qornini o'ylaydigan kimsalarni men zolimlar demoqchi bo'ldim. Bor-ku ular, to'g'rimi? SHuning uchun ham jamoalar xususiylashsin, deb baqirib yotibdi hamma. Bu futbolchilar bir tiyin ham ishlab topmasa, Qosimov yoki Ahmedovga havas qilmasa, faqat katta oylikka o'rgansa-yu, o'yini bilan hech bo'lmasa stadionni to'ldira olmasa, nega kerak bunday futbol? Natija ham qoyil bo'lmayapti-ku katta o'yinlarda, deyishni o'rgandi odamlar. 

Va shu odamlar orasida, futbol klubi tanqid qilinsa, vodiydan qo'lingni tort, “So'g'diyona”ga tegma, Toshkenting haqida o'yla, deb qoladiganlari ham bor. Ular go'yoki futbol fidoyisi, yaxshi odamlar. Klubini sevadi, himoya qiladi, davlatdan olingan pulni eb yotmaydi. Ularni o'sha masjidga ketayotganida etti muchasi sog' odamlarga sadaqa beradigan savobtalab kishilarga juda o'xshataman. Ular borki, futbolchilar ham, rahbarlar ham, tilanchilar ham osoniga o'rganadi, tushunyapsizmi? 

Ha, Toshkent klublari ham davlatsiz hech kim, viloyat jamoalari ham. Farqi, Toshkent jamoalari ko'proq oladi, yaxshiroq o'ynaydi, hamma etibor ularga deb qaraladi. Xop, bunda haqiqat bor. Ammo viloyat jamoalari kam oladi deb, kim meni ishontira oladi? Futbol ichiga kirib, barchasiga yaxshilab razm soling. Balki Toshkent ko'z ostida bo'lgani uchun, bu erda taralla bedod qilish nisbatan qiyinroqdir. Viloyatda esa futbolni tushunmasa ham ichida yurgan, uning omboriga qo'lini tiqib, nima chiqsa shuni o'zlashtiradigan kimsalar bordir, deb o'ylashimiz mumkinmi? Men uchun oq it, qora it - baribir it. Mavzu kelsa Jizzax haqida aytishim, keyin Farg'ona futbolini gapirishim mumkin. Va albatta eng ko'p marta Toshkent futbolini tanqid qilganman. CHunki yaxshi ko'raman-da futbolning o'zini, rivojlanishi istayman, yosh bolalarcha ishonaman o'zgarmikin, deb. 

Men “So'g'diyona” chempion bo'lsa, jizzaxlik muxlislar bilan somsa eyishga, “Andijon” chempion bo'lsa, uning muxlislari bilan osh eyishga ham tayyorman, xursand bo'laman ular super klubga aylansa. Ammo tanqid qilinmasa, shu izida davom etsa, siz aytganingizdek, vodiy klublaridan qo'limizni tortsak, zolimlar obtastasiga suv emas, sut quyib tursak, qanday bo'larkin? Xop, “Andijon”da imkoniyat kam deymiz nuqul. Nega unda Suriya tippa-tinch O'zbekistonni yutadi, Tehronda 2 talab gol uradi, Koreyasini ham ko'rdim demaydi? CHunki ularda Jamollar bor, ular mehnati, g'ururi bilan ozodlik, cho'qqi uchun kurashadi. Ular shunga o'rgangan. Biz esa Jamol bo'la olmaydiganlarga sadaqa beramiz. Buni minnat o'rnida tushunmang. Agar yaxshiroq o'ynasa, stadionni to'ldirishi, zolim besh qo'lini og'ziga tiqmasa, chiptalardan tushgan pulni futbolga tikishi ham mumkin, o'ldim deganda, shundan pul qilsa bo'ladi. 

Sen-chi, sen kimsan, deysizmi? Biz “Harobadan chiqqan millioner” kabi filmlar uchun scenariy yozadiganlarmiz. Olqishlashadi, boplabsan deyishadi. Eng kulgulisi, bir safar u zolim maqtaydi, bir safar bunisi. Ammo harobalar o'zgarmaydi, kino ko'rib mazza qilamiz-u, ertasiga esa tilanchiga pul berib, zolimlar bilan hisoblashib yuraveramiz. 


Muallif :
Reyting: +53   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика