So’nggi yangiliklar

07:40Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" "Бенфика"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди  1 01:50"Ал Ҳилол"нинг собиқ бош мураббийи "Ал Насср"ни бошқаришга рози бўлди  4 00:54Расман: Поль Погба - "Монако" футболчиси!  2 00:36Акмал Рустамов: "Йигитларнинг барчасига раҳмат айтаман, улар бор кучи билан ҳаракат қилишмоқда"  1 00:12Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" - "Челси" баҳси асосий таркиблари маълум!  5 00:10Мирко Йеличич: "Биз 60 дақиқа яхши ўйнадик"  0 23:55Суперлига. Алибоев супергол урган баҳсда "Нефтчи" "Қизилқум" билан дуранг ўйнади, "Навбаҳор" эса "Машъал"ни йирик ҳисобда енгди  0 23:51Клублар ўртасидаги ЖЧнинг биринчи чорак финалчиси маълум!  0 23:38Виталий Левченко: "Агар реализация яхшироқ бўлганида, ўйин натижасини ҳал қилиб бўлган бўлар эдик"  21 23:23Сергей Лушчан: "Мавсум аввалида бизда аниқ бир мақсад йўқ эди, ҳозир эса... Футболчимизда хориждан таклиф бор"  8 22:50Уильямсни сотиб олса ҳам "Барселона" Рэшфордни трансфер қилишга уриниб кўради  6 22:31Фарҳод Нишонов: "Бир нечта футболчиларимизда Суперлигадан клубларидан таклифлар бор"  0 22:13Асрор Алиқулов: "Чарчоқ ёки иссиқ ҳаво деган гаплар қуруқ баҳона. Ҳар бир учрашув ҳам ўхшайвермайди"  4 21:57Суперлига. "Қизилқум" сўнгги дақиқаларда гол уриб, "Нефтчи"ни ғалабадан маҳрум қилди  72 21:21ПроЛига. "Олимпик Мобиуз" "Олимпик" дарвозасига жавобсиз 4та гол урди ва пешқадамликни қўлига олди  1

Har erni qilma orzu... Yangiliklar

Har erni qilma orzu...

Teglar :  OFKUEFA
Xalqimizda ajoyib naql bor: Har erni qilma orzu, har erda bor tosh-tarozu.

Bugun ertalab saytimizda xabar chiqdi: "Qozog'iston 15ta o'yindan beri g'alaba qozona olmayapti". Kecha tunda yon qo'shnilarimiz Franciya bilan o'yinda 0:8 hisobida mag'lub bo'lishdi. Mbappe poker qayd etgan bahsda francuzlar umuman qarshilikka duch kelmadi. Ularning har bir hujumi gol bilan yakunlandi. 

SHu o'yin bilan Qozog'istonning JCH-2022 saralashdagi yurishi tugadi. Jamoa guruh bahslarini atigi 3 ochko bilan oxirgi o'rinda tugatdi. 8 o'yin, 3 durang va 5 mag'lubiyat. G'alaba yo'q. To'plar nisbati 5-20. 

Qozog'iston terma jamoasining UEFAga o'tganiga ancha bo'ldi. Lekin Evropaga ketganidan beri hech "ko'karmay" qo'ydi. CHunki u erda kuchlilar ko'p-da. Qozog'iston Osiyoda ekanligida Olimpiadaga ham, Jahon chempionatiga ham chiqishi mumkin edi. Ammo UEFA - bu o'zga dunyo. Aytishingiz mumkin, ular JCHga chiqmagani bilan doim kuchlilar bilan o'ynayapti. Ha, o'ynayapti, lekin hadeb yutqazaversa bu nima beradi? 

Endi tasavvur qilyapsizmi, agar O'zbekiston UEFAga o'tsa nima bo'lishini. Balki bahslashingiz mumkin, lekin men Qozog'iston terma jamoasini O'zbekistondan kuchli deb bilaman. Ayniqsa hozirgi terma jamoamizdan ular yaqqol ustun, garchi Franciyadan 8ta gol "egan" bo'lsa ham. Qozog'iston OFKda ekanligida ularning har bir yoshdagi terma jamoasi bizni mag'lub etgan.

Yoki bo'lmasa sentyabr oyidan beri faqat Evropa jamoalari bilan o'ynab kelayotgan Qatarni olaylik. Osiyo Kubogining amaldagi sohibi o'tgan yil Kopa Amerikada qatnashgandi, bu yil Gold Cup musobaqasida ishtirok etdi. Endi bo'lsa Evropa jamoalari bilan o'rtoqlik uchrashuvi tashkil qilyapti. Qatar  Evropada 6ta o'yin o'tkazib, shundan 5tasida mag'lub bo'ldi. To'plar nisbati 2-19. Ko'ryapsizmi, Qatar 6 o'yinda atigi 2ta gol urib, o'z darvozasidan 19 bor to'p olib chiqqan. Kecha Serbiya ikkinchi bor qatarliklarni 4:0 hisobida mag'lub etdi.

Albatta, bu o'rtoqlik o'yinlari Qatarga foyda berishi mumkin, lekin har o'yinda 3-4talab gol o'tkazaversa, bosh murabbiy futbolchilarni ruhlantirish uchun so'z topa olarmikin. Hamma gap shunda.

Oxirgi paytlarda bizda ham UEFAga o'tishimiz kerak, OFKda "non" yo'q kabi gaplar yana yangrab qoldi. Lekin o'ylab ko'raylik, futbol rivojini xohlasak, albatta UEFAga borishimiz shart emas. Yaxshi tizim va dasturga ega bo'lib, OFKda ham rivojlansa bo'ladi. Mana,  Yaponiya, Janubiy Koreya, Eron yoki Saudiya Arabistoni buning uddasidan chiqyapti-ku.

Qolaversa UEFA bizni aslo quchoq ochib kutib olmaydi, bunga real qaraylik. Men esa terma jamoamizni Evropaga borib, Gibraltar darajasiga tushib qolishini xohlamayman. 

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика