Hamza Karimov: "O'zimga qolsa "Neftchi"da o'ynardim"
19 jan 2017 09:22
Yangiliklar
Hamza Karimov: "O'zimga qolsa "Neftchi"da o'ynardim"
Kecha Farg'onaning "Neftchi" klubi safida "Metallurg" bilan o'yinda tajribali himoyachi Hamza Karimov maydonga tushdi.
Biz bahs tugagach futbolchining fikrlari bilan qiziqdik.
"Qizilqum" bilan amaldagi shartnomam yakuniga etdi. "Neftchi" ustozi Andrey Fyodorov meni jamoada ko'rikdan o'tish uchun chaqirdi. Hozircha farg'onaliklar bilan shartnoma tuzganim yo'q. Ko'rikdan yaxshi o'tsam shartnoma taklif qilinadi. Oldimda boshqa takliflar ham bor. Lekin o'zimga qolsa "Neftchi" safida o'ynardim", - deydi Hamza Karimov.
Fikrlar