"Hamyurtlar Kubogi - 2017". Yarim finalchilar aniq
20 apr 2017 20:02
Yangiliklar
"Hamyurtlar Kubogi - 2017". Yarim finalchilar aniq
Bugun guruhlarda birinchi o'rinni qo'lga kiritgan jamoalar o'rtasida chorak final bahslari bo'lib o'tdi. Eng qiziqarli bahs Yangiyo'l mintaqasidagi guruh g'oliblari o'rtasida kechdi. Asosiy vaqtda durang qayd etildi. Penaltilar seriyasida mezbonlar - Yangiyo'l futbol maktabi tarbiyalanuvchilari omadli bo'lib chiqdi. CHorak finalga chiqqan qo'shni Qozog'iston jamoasi yirik hisobda yutqazib qo'ydi. Olmaliqning Bolalar o'smirlar futbol maktabi tarbiyalanuvchilari esa, Bekobodning "Istiqlol"idan ustun keldi. Bekobodning yana bir jamoasi ham chorak finalda to'xtadi. "Metallurg" Toshkent viloyati terma jamoasiga yutqazdi.
Ertaga Yangiyo'lning Xalqobod qo'rg'onida joylashgan Yangiyo'l futbol maktab internatida yarim final uchrashuvlari bo'lib o'tadi. SHu erning o'zida yarim final juftliklari qura tashlash marosimi orqali aniqlanadi. Final 22 aprelga belgilangan.
CHORAK FINAL UCHRASHUVLARI
"QIBRAY-1" (Qibray) - BO'SM-7 (Qozog'iston) - 3:0
BO'SM (Olmaliq) - "ISTIQLOL" (Bekobod) - 6:1
TOSHKENT vil.t.j. - "METALLURG" (Bekobod) - 3:1
"NAVOIY" (Yangiyo'l) - YAFMI-2 (Xalqobod) - 1:1 (pen. bo'y.: 3:5)
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Саудиянинг "Ал-Аҳли" клуби Винисиус Жуниорга 1 миллиард евро миқдорида шартнома таклиф қилмоқчи
ЕЧЛ. "Барселона" бироз асабий ўтган ўйинда "Славия"ни мағлубиятга учратди
2024/2025 йилги мавсумнинг энг сердаромад 20 та футбол клуби эълон қилинди
Расман: "Металлург" қайта тикланди
Fikrlar