So’nggi yangiliklar

19:22Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйин бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  1 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  1 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  2 18:15Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг "Чертаново"га қарши ўйин учун таркиби маълум  5 17:55Тодоров Тошкентнинг бошқа клубига ўтди  0 17:31Иккинчи даврадан водийдаги ўйинлар ПФЛ сотиб олган янги камераларда трансляция қилинади  6 17:07Отабек Шукуров: "Персеполис" менга таклиф билан чиқди, лекин..."  3 16:42"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолади  17 16:20Ўзбекистон U-18 селекция йиғини учун футболчиларнинг иккинчи қисмини танлаб олди  0 15:53"Қўқон-1912" ва "Нефтчи"да ҳам қарздорлик бор  8 15:29Аброр Исмоиловнинг агенти "Навбаҳор" устидан ОФКга арз қилди  19 14:53Шаҳзод Азмиддинов иккинчи даврани "Андижон"да бошлайди  6 14:48Иккинчи давра стартига бир ҳафта қолди  2 14:34"Интер" ҳужумчи учун 45 млн евро таклиф қилди  0 14:11Шусуке Фуруя: "Саудияга қарши ўйин мен учун биринчиси эди. Ўзбекистонликлар паслар орқали ўйинни яхши назорат қиладиган жамоа"  0

Hamyurtimiz Farhod Abdullaev faoliyatida super yangilik! Yangiliklar

Hamyurtimiz Farhod Abdullaev faoliyatida super yangilik!

Taniqli instruktor, FIFA hakamlar nazoratchisi Farhod Abdullaev Saudiya Arabistonida ish boshladi.

Bugun 1 iyuldan Farhod Alisherovich Saudiya Arabistoni futbol federaciyasi Hakamlar departamenti direktori etib tayinlandi. 

Malumot uchun, Farhod Abdullaev O'zbekiston davlat jismoniya tarbiya institutining "Futbol" fakultetini tugatgan. 2004 yil ushbu mutaxassis "Futbol hakamlarini tayyorlash muammolari" mavzusida dissertaciya yoqlagan. 2007 yil esa Hindistonda tahsil olib qaytgan. 

Farhod Abdullaev hakamlik faoliyatini 1993 yilda boshlagan. U 2001 yildan FIFA va OFK hakamlari ro'yxatida bo'lib kelgan. Hakamlik faoliyatini 13 yil olib borgan ushbu mutaxassis 2007 yildan nazoratchi sifatida ish boshladi. Oradan bir yil o'tib OFK hakamlar qo'mitasiga taklif qilindi.

Farhod Abdullaev instruktor (yo'riqchi) va nazoratchi sifatida ishlagan yirik musobaqalar:

2015 yil. Osiyo Kubogi (Avstraliya)

2017 yil. U-17 jahon chempionati (Hindiston)

2018 yil. Jahon chempionati (Rossiya)

2019 yil. Osiyo Kubogi (BAA)

2019 yil. U-19 jahon chempionati (Polsha)

2019 yil. U-17 jahon chempionati (Braziliya)

2021 yil. Klublar o'rtasidagi jahon chempionati (Qatar)

SHuningdek, hamyurtimiz yaqinda Dohada o'tkazilgan FIFA Arab Kubogi pley-off uchrashuvlarida ham hakamlar nazoratchisi bo'lib ishladi.


Farhod Abdullaev shu kungacha hakamlar mavzusi bilan bog'liq 150dan ortiq seminar o'tkazgan. U FIFA yo'riqchilari ro'yxatida eng yuqori o'rinda turibdi. SHuningdek, ushbu mutaxassis VAR tizimi bilan ishlaydigan yo'riqchilar orasida maxsus sertifikatga ega. Farhod Abdullaev OFK Hakamlar akademiyasida ham yosh hakamlarga talim berib kelmoqda. 

Biz saytimiz xodimlari nomidan hamyurtimiz Farhod Abdullaevga yangi lavozimda omad va zafarlar tilab qolamiz.

Reyting: +65   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика