Hammasi o'zgardi. Ikardi "Inter"da qoladi va u o'ziga boshqa raqam tanladi
24 avg 2019 10:18
Yangiliklar
Hammasi o'zgardi. Ikardi "Inter"da qoladi va u o'ziga boshqa raqam tanladi
Milanning "Inter" klubiga Antonio Konte bosh murabbiy etib tayinlangach, bir necha bor Mauro Ikardini tarkibda o'ynatmasligini aytgan edi.
SHu sababdan, mutaxassis xohishiga ko'ra "Manchester Yunayted" hujumchisi Romelu Lukaku sotib olindi.
Hozir esa vaziyat o'zgargan ko'rinadi. Yangi mavsum uchun qaydnomada Ikardiga joy bor va u 7-raqam ostida o'ynashi ko'zda tutilgan. Uning oldingi raqami esa Romelu Lukakuga tegishli.
Xabarlarga ko'ra, argentinalik tez orada jamoa mashg'ulotlariga qaytadi.
Bundan oldin Ikardi faqatgina individual mashg'ulotlar olib borayotgan edi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" vs "Нефтчи": Қайси бирида чемпионлик имконияти катта?
АПЛ. МЮ "Тоттенхэм"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди, "шпорлар" 29-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди
Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Мальорка"ни йирик ҳисобда мағлуб этди
Бензема мавсумда тўртинчи марта хет-трик қайд этди
Fikrlar