So’nggi yangiliklar

13:50Сервер Жепаров Россиядаги амалиёт жараёни ҳақида гапирди  1 13:32Учинчи марта: Сречко Катанец Эрон ва БААга қарши ўйинларда Ўзбекистон термасига ёрдам беролмайди  32 13:20Футзал бўйича ЖЧ. Украина Францияга 7 та гол уриб, 3-ўринни олган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 13:02"Ливерпуль" "Кристал Пэлас" етакчисини сотиб олмоқчи  0 12:39"Барселона" Фатини қандай ҳолатда ижарага бериши аниқ бўлди  0 12:12Ўзбекистонда кимга "Олтин тўп" топширилди?   8 11:51Ўзбекистон U-15 терма жамоаси финалда Туркияга пенальтилар сериясига кўра мағлуб бўлди  1 11:25Левандовски "Барселона" билан шартномасини узайтириш учун нима қилиши кераклиги маълум  2 10:52Sofascore. Кечаги учрашувда Аббосбек Файзуллаевнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 10:17ФИФА президенти Жаҳон чемпионати мезбонлиги учун Ўзбекистонга миннатдорчилик билдирди  0 09:44Черан хет-трик қилиб, "Пахтакор"га ғалаба келтирган учрашувдан ГАЛEРEЯ  2 09:10"Реал" ва ПСЖ собиқ ҳужумчиси Малайзия клубига ўтди  1 08:36Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувда ҳимоячилар орасида энг катта баҳога лойиқ кўрилди  6 08:00Энг зўрлари аниқланган, Бразилия олтинчи марта кубогни кўтарган ЖЧ тақдирлаш маросимидан ГАЛEРEЯ  0 07:29ЖЧ-2026 саралаш. Эрон терма жамоасининг Тошкентга келадиган таркиби маълум  36

Hammasi Oybek Qilichev haqida Yangiliklar

Hammasi Oybek Qilichev haqida

Yoxud “Navbahor”ning yangi azosining ko'pchilikka aytmagan gaplari

“Navbahor” klubi yaqinda o'z safiga Oybek Qilichevni qo'shib olganidan xabardorsiz. Iqtidorli yarim himoyachi oxirgi paytlarda xorijda o'ynayotgandi. Bu safar oliy ligada to'p surishga qaror qildi. Albatta, Qilichev yaxshi saviyadagi o'yinchilar toifasiga kiradi. SHu bois ham faoliyatini ko'pincha chetda davom ettiradi. Biroq “Navbahor” bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov yangi mavsum uchun rejalariga ushbu o'yinchini ham kiritdi. SHu tariqa kelishuv amalga oshdi. Ammo bunga qadar Qilichev chetda o'ynab turli sarguzashtlarni boshidan o'tkazdi desak yanglishmaymiz. Yaqinda u bilan “O'zbekiston” mehmonxonasida uchrashdik.

“Eron klubi mensiz ham maqsadiga erisha olardi”
- Malayziyaning “Perak” klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagandim. Undan oldin esa Eronda “Paykon” klubida o'ynadim. O'shanda ular bilan bir yarim yilga shartnoma tuzgandim. Afsuski, jamoa olti oy ichida birinchi divizionga tushib ketdi. Garchi u erda yaxshi o'yinchilar bo'lsa-da, ko'p holatlarda omad yuz o'girgan. CHempionat tugaganidan keyin klub rahbarlari meni yana qolishimni so'rashdi. Birinchi divizionda ham shartnomada yozilganidek oylik maoshlarimni to'lashlarini aytishdi. Jamoa mutasaddilari bilan munosabatim yaxshi bo'lgani uchun men ularning taklifiga rozi bo'lganman. Qolaversa, ular meni yaxshi ko'rishardi. Birinchi divizionda o'ynashni boshladik va har bir raqibimizni kamida 3 yoki 4 ta to'p farqi bilan yutardik. SHundan keyin klub menejerlariga jamoa mensiz ham bemalol yana kuchlilar orasiga chiqa olishini, o'zimda esa ko'proq yuqori ligada o'ynash niyatim borligini tushuntirdim. SHu tariqa mavsum boshlanganidan keyin bir oy o'tgach, shartnomani buzishga qaror qildim.


“Paxtakor”da o'ynaganimda ham malayziyaliklar menga oylik maosh to'lab turishgan”
O'zbekistonga qaytganimdan so'ng “Paxtakor” va “Lokomotiv”da shug'ullandim. Keyin menga agent Sanat SHaripov Malayziyadan taklif bo'layotgani haqida aytganida bunga qarshilik qilmadim. “Perak” klubiga borganimda ular avvaliga meni yaxshilab kuzatishlarini aytishgan. Yaxshi bilsangiz mendan oldin Vohid SHodiev “Perak” azosiga aylangandi. “Perak” tarkibida bitta o'rtoqlik uchrashuvida o'ynaganimdan so'ng klub men bilan shartnoma tuzdi. Natijada SHodiev kabi ikki yillik shartnomaga imzo chekdim. Afsuski, shundan so'ng voqealar rivoji o'zgarib ketgan. Malayziyadan oldin Eron birinchi divizionida to'p surganman. Malayziyada esa shunday qonun bor ekanki, u erda o'ynaydigan legioner oldingi chempionatlarda faqat oliy divizionda to'p surgan bo'lishi shart. Ammo “Perak” klubi buni bilmagan va o'zlari xatoga yo'l qo'yishgan. So'ng o'yin amaliyotiga ega bo'lib turish uchun “Paxtakor”ga qaytib kelganman. Ammo “Perak” bilan tuzilgan shartnomam o'z kuchida qolgan. Garchi “Paxtakor” klubida to'p surgan bo'lsam-da, malayziyaliklar menga oylik maosh to'lab turishgan.

“SHodiev tufayli klub menga nisbatan rejalarini o'zgartirgan”
“Perak”da SHodiev qolgandi. Negadir Vohid akaning o'yini qovushib ketmagan. Gollar ura olmagani sababli klub ham norozilik bildirgan. Futbolchining o'zi ham u erda qolishni xohlamay qolgandi. Natijada ikkala tomon kelishuvga ko'ra shartnomani bekor qilishgan. Men esa olti oydan keyin borishim kerak edi. SHuning uchun SHodievga sabr qilib, yana qolishini, balki men borganimdan so'ng ishlari yurishib ketar, degan manoda ham gapirgandim. Klubga qaytganimda 11-o'rinda edi. “Perak” bilan shartnomam muddatining 1,5 yili qolgandi. SHodiev yaxshi o'ynab keta olmaganidan keyin ular menga nisbatan o'z poziciyasini biroz o'zgartirdi va agar olti oy davomida o'zimni ko'rsata olmasam shartnomani bekor qilishlarini aytishdi. Agentim bilan ularning bu taklifiga ham rozi bo'ldik. Ikkinchi davrada barcha uchrashuvlarda 90 daqiqadan o'ynadim hamda jamoaga o'z hissamni qo'sha oldim.

“Klubga germaniyalik murabbiy keldi. U men uchun masxaraboz”
“Perak” klubida murabbiy almashdi va germaniyalikni olib kelishdi. U 82 yoshda edi. Bilasizmi, uni murabbiy deyishga ham uyalardim. Xuddi masxarabozga o'xshardi. Men bunday insonlarni murabbiy deb hisoblamayman. Hatto, bazi paytlarda gapirgan gapini unutib qo'yardi. Yoki mashg'ulotimiz soat 10.00 da boshlanishini ham esidan chiqarib qo'yardi. Eshitishimcha, u 20 yil oldin Malayziya terma jamoasida ishlagan ekan. SHuning uchun uni yana olib kelishgan. To'g'risi, ikkinchi davrada omadimiz ham chopdi va yakunda 6-o'rinni qo'lga kiritdik. Men jamoaga juda yaxshi kirishib ketgandim. Masalan, tarkibga albaniyalik hujumchi kelgandi. U Eronning “Sepaxon” klubida o'ynagan va ikkalamiz fors tilida bemalol gaplasha olardik. Germaniyalik murabbiy bilan o'rtamizda ko'p tushunmovchiliklar bo'ldi. Bu vaziyatga agentim ham qo'shildi va klubga etirozlarini bildirdi. To'g'risi, oxirgi yillarda Eron, BAA, Malayziya kabi mamlakatlarda yurdim va chetda o'ynashdan charchagandim. Baribir o'zimizning yurtimizdan qo'ymasin ekan! Buning ustiga o'zimizning oliy ligani ham sog'ingandim.

“Navbahor” bilan yarim yilga shartnoma tuzdim”
“Navbahor” bilan yarim yillik kelishuvga erishganmiz. Bosh murabbiy Ilhom Mo'minjonov “Paxtakor” jamoasida ham ishlagan. Futbolni yaxshi ko'radi. Sobiq “Traktor” klubida Ilhom aka bilan birga to'p surganman. U paytda ancha yosh bola edim. Eng asosiysi, uning odamgarchilik xususiyatlari juda yaxshi. Xullas, yaqinda uchrashdik va jamoaga yordamim kerakligini aytdi. Hozirda “Navbahor” yaxshi o'yinchilarni qo'lga kirityapti.

“Vaziyatga qarab ish tutamiz”
Nima uchun yarim yil? Boya aytdim, avvalo yurtimni sog'inganim uchun qaytganman. “Navbahor”da avvaliga yarim yil o'ynab turaman. SHundan keyin menga xorijdan qiziqarli taklif bo'lib qolsa o'ylab ko'rishim mumkin. SHuning uchun dastlab birinchi davragacha kelishuvga erishdik va bu tashabbus mendan chiqdi. Agar chetdan takliflar bo'lmasa, u holda Namanganda qolib faoliyatimni davom ettiraveraman. Menga qiziqayotgan xorij klublari bor. Bu haqida Sanat SHaripov aytib turadi. Masalan, yana Eron klubidan qiziqish borligi haqida aytdi. Ammo o'tgan safar u erda o'ynadim va bu safar Eronga borishga ko'nglim tortmadi. Vaziyatga qarab ish tutamiz. Agar O'zbekistonga o'xshagan davlat bo'lganida edi, borib o'ynagan bo'lardim. O'zimizning chempionatda o'ynasam avvalgi O'zbekiston olimpiya terma jamoasidagi faoliyatim yodimga tushib ketadi.


“O'zbekistonda jamoa tanlashni asosan o'zim hal qilaman”
Sanat aka O'zbekistonda klublarni tanlash imkoniyatini o'zimda qoldirgan. U erda qaysi murabbiylarning qandayligi haqida o'zim yaxshi bilishimni va doim chuqur o'ylab keyin bir qarorga kelishimni aytadi. SHuning uchun O'zbekistonda faoliyatimni qaerda davom ettirishni asosan o'zim hal qilaman. Menga 2-3 ta takliflar bor edi. Ammo Ilhom aka Mo'minjonov bilan yaxshi munosabatda bo'lganimiz sababli “Navbahor”ni tanladim. Har bir jamoa o'z oldiga faqat yaxshi natijalarni ko'rsatishni maqsad qilib qo'yadi. Bizda ham xuddi shunday.

“Barcha bokschilarimiz bilan aka-ukadekman”
Akam To'lqin Qilichev bokschi bo'lgani sababli yoshligimda olimpiya zaxiralari sport kollejiga borib mashg'ulotlarini tomosha qilardim. CHunki qiziqishim katta edi. Jizzax shahrining Zafarabod tumanida o'rtoqlarim bilan boksga qatnashganman. Ikki yil davomida ushbu sport bilan shug'ullanganman. Akam boks bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi murabbiyi sanaladi. Ammo meni boksdan ko'ra ko'proq futbolda shug'ullanishim kerakligini aytgandi. Hozirgi kundagi barcha bokschilar bilan aka-ukadek bo'lib ketganmiz. Olimpiadada muvaffaqiyat qozongan Hasanboy Do'stmatov, Fazliddin G'oibnazarov, Bektemir Meliqo'ziev, SHahram G'iyosov, Rustam To'laganov, Murod Ahmadaliev, shuningdek, Zuxriddin Maxkamov, SHahobiddin G'iyosov, Bahodir Jalolov, Elnur Abduraimov, Anvar Turopov singari bokschilar bilan doim aloqadaman va yaqin munosabatdamiz. CHirchiqda ham uyim bor. Bokschilar esa ko'proq o'sha tomonlarda shug'ullanishadi. U erga borganimda albatta o'sha do'stlarim bilan ko'rishib turaman. 


FIRDAVSXON

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика