Hammaga savol
27 iyu 2014 14:20
Yangiliklar
Hammaga savol
Keyingi paytlarda terma jamoaga oid xabar va intervyularimiz tagida kurakda turmaydigan "komentlar" ko'payib ketyapti.
Endi barchangizga savol bilan murojaat qilsam. Bu aslo minnat qilish emas, shunchaki savol. Bizdan boshqa yana kim voqea joyidan, foto, video va jonli intervyuni taqdim etyapti?
Endi nima uchun bu savolni berayotganligimni aytib o'tsam. Biz saytimiz tomonidan chaqirilgan mehmon yoki biz olgan intervyu egasini, vijdon doirasidan kelib chiqib himoya qilishimiz kerak. Yani ular bizni hurmat qilib intervyu berdimi, biz shu hurmatni unutmagan holda ularga nisbatan yoziladigan fikrlarga jiddiy qarashimiz kerak. Ko'plab futbolchi va murabbiylar intervyu berishdan bosh tortishadi, sababi haqoratli so'zlarni eshitib o'tirishga toqatlari yo'q.
Bu esa bizga bir muncha qiyinchilik tug'diradi. Toki qahramonimizni intervyu berishga ko'ndirgunimizga qadar. O'zi shundoq ham axborot tanqis bo'lgan o'zbek futbolida, yangi sahifa ochib unga bironta intervyu joylash murakkab bo'lib ketyapti. SHunday ekan, nega aksar o'quvchilar buni hurmat qilishmayapti?
Mirjalol Qosimovni sensirab yoki laqam qo'yib gapirishga kimni haqqi bor? Haqqi bor, agar yoshi katta bo'lsa, shunda ham sizlab murojaat qilish kerak, bu jamoat joyi. Men saytimizdagi 12 yoshli bolani ham sizlayman-ku? Alohida bir joyda sensirashim mumkin, lekin barchaning oldida hamma men uchun bir, SIZ deb murojaat qilaman. Bu narsa faqat Qosimov bilan emas, boshqa mutaxassislar bilan ham kuzatiladi.
Qosimovning kecha aytgan gapini, men 2 oydan beri ichki doirada aytib kelaman. Siz mana shu uch futbolchi 23 yoshli terma jamoani kuchaytirib yuboradi deb ayta olasizmi? SHoshib, hissiyotga berilib sanashga o'tmang. Ayta olsangiz, izohlab bering va ular oliy ligada nechta gol urdi, nechta golli pas oshirdi, yoki jamoasi nechta o'yinda "quruq" o'ynadi? Siz sanashingiz mumkin bo'lgan "zo'r" futbolchilarning aksariyati uchga-uch o'yinda o'zini ko'rsatadi. Yoki hakamning yordami bilan g'alaba qozonilgan o'yinlarda o'z so'zini aytadi. Bu yil kelishilgan o'yinlar bo'lmayapti deysizmi? Bu yil o'tgan yilgisidan ko'ra ko'proq, ammo faktimiz yo'q xolos. Mana shu o'yinlarda toblanayotgan futbolchilar sizga zo'r ko'rinadi. Katta sahnaga tashlang bu futbolchini, yo'q, shu ham o'yinchimi deysiz!
Legionerlardan umid qilmang! Bu musobaqa na FIFA, na OFK doirasida o'tkazilmaydi. Ro'yxatdan ham bor yo'g'i 21 nafar futbolchini o'tkazishingiz mumkin. Aslini olganda shu tarkibni o'zidan 21 kishini jamlasak bo'ladi. Lekin terma jamoamiz oldiga chempionlik vazifasini qo'yildi. Demak, shu yoshdagi 18 futbolchiga qo'shimcha uchta katta o'yinchini olib ketishimiz mumkin. Temurxo'ja Abduxoliqov ayni paytda kichik jarohatini tuzatyapti. Qolaversa jamoasining Xorvatiya chempionatida muhim o'yinlari boshlanish arafasida. Uni Tudor hech qachon bunday turnirga qo'yib yubormaydi. Ahmedov va Denisov. Ularni ham o'ynata olmaymiz. Bizga ular Osiyo o'yinlarida o'ynaganlaridan ko'ra, Osiyo Kubogi oldidan Rossiyada haqiqiy o'yinlarda ishtirok etishlari muhim. Nagaev tortishi mumkin, lekin 13ta turda hisobida bor yo'g'i 8ta gol. Qolganlardan yaxshi, ammo SHkvirin bir davra o'ynab chempionat to'purari bo'lgan yillarni eslaylik. Ana o'sha tarkib bizni Osiyo o'yinlarida g'olib qilgan edi. Hozir yana oliy liga haqida so'z ochsam, terma jamoaga aralashtirmang deysiz. Oliy liga yaxshi mahsulot bermasa, bosh murabbiy rostan ham qaerdan o'yinchi olsin?
"Biz ichimiz achigandan yozamiz", - deyapsiz. Bizni ichimiz achimaydimi? Achish ham gapmi. Zaxarga to'lib ketdi. Endi nima uchun biz JCHga chiqa olmasligimizni aytaymi? Abramov ishlagan payti uni ketishi tarafdorlari bo'ldi. Abramov ketib Qosimov kelgach, boshqa bir tomon, "ishqilib chiqa olmasin-da, shunda bir semirardim", - deganlar bo'ldi. Ikkisini ham ko'rdim va o'shandayoq aytganman, toki axil bo'lmas ekanmiz, terma jamoa kimning qo'lida bo'lmasin, ikkinchi tomondan turib yordam bermas ekanmiz, na 2018ga, na 2022ga chiqa olamiz. Qosimov bo'ladimi yoki xorijlik murabbiy, agar biz ajdarho kabi bir tanadan bosh chiqarmasak, JCH orzu bo'lib qolaveradi. Bu yo'lda bilib olganimiz, murabbiy aybdor, fuutbolchi aybdor. Bu milliy terma jamoa, u faqat murabbiy va futbolchiniki emas, u meniki ham, sizniki ham. Unda kim bosh murabbiy bo'lmasin, milliy terma jamoa, o'sha madhiyamiz jahon arenalarida yangrayotganida, qalbimiz tubidan chiqadigan ko'z yosh uchun birlashishimiz kerak, aks holda...
Nodirxo'ja Yuldashev

Fikrlar