So’nggi yangiliklar

21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  0 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  2 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  0 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  5 19:30Интервью. Анвар Бердиев "Шўртан"нинг тайёргарлик жараёни, олдиндаги мақсад ва вазифалар, олимпия терма жамоамизнинг Испанияга қарши ўйини, фарзандларининг футболга кириб келиши ҳақида  1 19:06"Вест Хэм" "Бавария" ҳимоячиси трансфери борасида келишиб олди  0 18:40"Лас-Пальмас" Янузайни ижарага олди  3 18:15"Бунёдкор" япониялик футболчини таркибга қўшиб олди  6 17:49"Манчестер Юнайтед" янги мавсум учун меҳмон либосини тақдим этди  2 17:20"Реал" Саудия Арабистонида ўйнаётган футболчини сотиб олмоқчи   2 16:56"Реал" ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  0 16:30"Барселона"нинг Ольмо бўйича таклифи "Лейпциг"ни қониқтирмади  5 16:05"Дўстлик" энди рақибларини "Пахтакор" стадионида қабул қилади  8 15:44"Биз Испаниядан кучсиз эмасдик" — Аббос Файзуллаев  28

Hamma zafarli odim davom etishini xohlayapti (Mulohaza) Yangiliklar

Hamma zafarli odim davom etishini xohlayapti (Mulohaza)

Teglar :  O'zbekiston MTJ
O'zbekiston milliy terma jamoasi jahon chempionati-2018 saralash bosqichining hal qiluvchi o'yinlarini muvaffaqiyatli boshladi.

Terma jamoamiz avvaliga Suriyani, keyin Qatarni 1:0 hisobida mag'lub etdi. Natijada vakillarimiz dastlabki ikki tur natijasiga ko'ra, 6 ochko bilan guruhda birinchi o'ringa chiqib olishdi.

Bizdan keyingi o'rinda borayotgan Eron va Janubiy Koreya hisobida bir xil 4tadan ochko bor. Aytishimiz mumkinki, asosiy kurash mana shu uchta jamoa o'rtasida kechishi kutilyapti. Hal qiluvchi bosqichni ikkita yutuq bilan boshlab olganimiz yaxshi bo'ldi. Bu albatta futbolchilarning kayfiyatini ko'tarishga xizmat qiladi.

Terma jamoamiz o'yini borasida gap ketganda o'yin unchalik qovushmayapti, vaziyatlardan to'liq foydalana olmayapmiz, kam gol uryapmiz kabi gaplar ham yangrayapti, lekin eng muhimi ochkolar qo'lga kiritilmoqda. Va shunday davom etsa, O'zbekiston tarixda ilk bor jahon chempionatiga yo'l olishi mumkin. Hal qiluvchi bosqichda imkon qadar kuchsiz jamoalar bilan o'yinlarda ochko yo'qotmaslik shart. Buni esa yigitlar dastlabki ikki uchrashuvda udlalashdi va buning uchun murabbiylardan tortib barcha futbolchilarga rahmat aytamiz.



Baxtimizga 2-turda asosiy raqobatchilarimiz Janubiy Koreya va Eron ochko yo'qotishdi. Eron safarda Xitoyni, J.Koreya esa Suriyani mag'lub eta olmadi. Biz bo'lsak, Doxada Qatarni 1:0 hisobida dog'da qoldirdik. Saralash o'yinlari bundan keyin qanday davom etmasin, baribir asosiy raqib mana shu ikki jamoa bo'lib qolaveradi. Negaki, mundialga borishimizni aynan shu jamoalar bilan bo'ladigan o'yinlar hal qilib bersa kerak.

SHuningdek, Xitoy bilan ikkita o'yin hamda Suriya va Qatarga qarshi takroriy uchrashuvlarda ochko yo'qotmasligimiz talab etiladi. Va albatta, Eron va J.Koreya yana qaerdadir qoqiladigan bo'lsa, bu ham bizning foydamizga ishlaydi. Faqat buning uchun biz futbol tili bilan aytganda o'z ochkolarimizni jamg'arishimiz lozim.  

Murabbiy Samvel Babayanga tarkib borasida ko'p etiroz bo'lmoqda, ammo hozirda Babayan bosh murabbiy ekan, uning qarorlarini hurmat qilishimiz lozim. Eng muhimi, Samvel Vyacheslavovich tanlayotgan tarkib va taktika omad keltiryapti, muxlislar uchun keraklisi shu. Qolaversa, barchamiz zafarli odim mana shu yo'sinda davom etishini xohlaymiz.



Qatar bilan o'yindagi g'alaba O'zbekiston terma jamoasi tarixida ikkinchi bor kuzatildi. Bungacha bu jamoani safarda faqat bir marta 2012 yil yutgandik. (JCH-2014 saralash bosqichi. Qatar - O'zbekiston 0:1. Gol: Sanjar Tursunov). Ikkinchi g'alabani qo'lga kiritish esa Babayan boshchiligidagi jamoaga nasib etdi.

Yana bir qiziq malumot shuki, O'zbekiston tarixda birinchi bor saralashning oxirgi bosqichini g'alaba bilan boshladi. Avvalgi yillari bunday holat kuzatilmagandi. Nafaqat g'alaba, balki ketma-ket ikkita yutuq bilan boshlab olganimiz yanada yoqimli bo'ldi. Va bu g'alaba hozirgi murabbiy Samvel Babayanning rasmiy o'yinlardagi ketma-ket 9-g'alabasi bo'ldi. Nasib qilsa, bunday yutuqlar hali davom etadi va O'zbekiston terma jamoasi nihoyat Rossiyada bo'lib o'tadigan jahon chempionatiga yo'llanma oladi deb umid qilamiz.

X.Xoliqov.



Reyting: +54   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика