So’nggi yangiliklar

01:57"Интер" кетма-кет 5 та пенальти қайтарган дарвозабонни сотиб олмоқчи  1 01:18Левандовски билан можаро сабаб ишсиз қолган мутахассис Қозоғистон терма жамоасини бошқариши мумкин  1 00:49"Бавария" "Барселона", "Ливерпул" ва "Реал" қизиқаётган ҳимоячи билан боғланди  0 00:15Жейми Каррагер: "Ливерпуль" деярли баскетбол жамоасига айланиб қолди"  1 23:31УЕФА "Барселона" ва "Милан"га АҚШ ва Австралияда ўйин ўтказишга рухсат берди, лекин ташкилот миллий лигалар ўйинларини чет элда ўтказишни қўллаб-қувватламайди  0 22:31ФИФА президенти Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийини табриклади  23 22:00"Барселона" Араухони қанчага сотмоқчи?  5 21:36"Қайрат" бош мураббийи Калмурзага машина совға қилиниши ҳақида: "Агар ёрдам бермоқчи бўлсангиз – клубга автобус ёки микроавтобус совға қилинг. Бир кишини алоҳида ажратиш нотўғри, бу жамоавий спорт"  3 21:08"Марсель" "Реал" ҳужумчисини ижарага олмоқчи  1 20:01"Челси" "Ювентус" етакчиси учун 66 млн евро таклиф этди ва рад жавобини олди  7 19:39Гвардиола Родрининг янги жароҳати ҳақида: "Биз унга ғамхўрлик қилишга ҳаракат қилдик, аммо бўлар иш бўлди"  2 19:16Шенсни "Барселона"да биринчи марта мағлубиятга учради   1 18:55Уругвай терма жамоасининг Ўзбекистонга қарши ўйин учун қайдномаси маълум  32 18:27Ўзбекистон терма жамоаси машғулотларга киришди   17 18:16Алонсо Килиан Мбаппе жароҳат олганини маълум қилди  7

Hamma klubda o'ynab ko'raman. Jamoasini juda tez almashtiradigan 9 futbolchi haqida Yangiliklar

Hamma klubda o'ynab ko'raman. Jamoasini juda tez almashtiradigan 9 futbolchi haqida

Bu borada Premer-liga etakchisida - 10 bal!

Zamonaviy futbolda sadoqat tuyg'usi nechinchidir planga tushib qolgandek. Hozir "Roma" vakillari Franchesko Totti va Daniele De Rossi kabi, CSKA darvozaboni Igor Akinfeev singari uzoq yillar bir klub sharafini himoya qiladiganlarni topish anchagina mushkul vazifa. 

Futbolchilar jamoalarini almashtirishlari oddiy holga aylandi. Axir bu ularning o'zi uchun ham, agentlari uchun ham foydali. Bazilar klubini deyarli har yil o'zgartirmoqda. Bugun siz bilan RPLning eng "faol" sayohatchilari haqida gaplashamiz? 


Ruslan Ajinjal – 8 ta klubHujumkor yarim himoyachi 1995 - 2015 yillar davomida Premer-Ligada to'p tepgan. Ajinjal faoliyatida "Baltika", "Moskva", "Uralan", "Axmat", "Luch", "Krilya Sovetov", "Volga" va "Krasnodar" jamoalari safida o'ynashga ulgurgan. Eng omadli mavsumlaridan biri va eng yaxshi natijasiga 40 (!) yoshida erishgan. Krasnodarliklar tarkibida futbolchi 2014/2015-mavsum bronza medallariga sazovor bo'ladi. SHu o'rinda qayd etish lozim "buqalar" tarkibida bor yo'g'i 9 ta o'yinda maydonga tushdi va samarali harakatlar amalga oshirmagan.


Fyodor Kudryashov – 8

Rossiya terma jamoasi himoyachisi ham mamlakatning ancha joyiga borib kelgan. Kudryashov RPLda Moskvaning "Spartak" klubi, "Ximki", "Tom", "Krasnodar", "Axmat", "Rostov", "Rubin" va "Sochi" jamoalarida o'ynashga muvaffaq bo'lgan. Fyodorning kollekciyasida to'rtta kumush bor – ularning uchtasi "Spartak" tarkibida (2007, 2009 va 2011/2012 yillarda) va yana biri "Rostov" bilan (2015/2016) qo'lga kiritilgan. Qizig'i, RPLda shuncha klub alishtirishga ulgurgan va 227 o'yinda ishtirok etgan Kudryashov bor yo'g'i 2 ta gol urgan.


Roman SHirokov – 8

Rossiya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi faoliyatining eng gullagan davrini shubhasiz "Zenit"da o'tkazgan. SHirokov ikki bor mamlakat chempioni nomiga sazovor bo'ldi, 2 Rossiya Kubogi va Superkubogiga ega chiqdi. Evropadagi sovrinlarni alohida qayd etmasak, bo'lmas – UEFA Kubogi va UEFA Superkubogi. "Zenit"dan tashqari Roman RPLda "Moskva", "Saturn", "Rubin", "Ximki", "Krasnodar", "Spartak" va CSKA (yana bitta oltin) libosida ham maydonga tushgan. SHubhasiz, o'ziga xos faoliyat!


Nikita Burmistrov – 8Burmistrov RPLda ko'p ham o'ynamagan – 140 uchrashuv. O'rtacha hisobda besh mavsumga etmagan muddat. SHunday bo'lsada, forvard ushbu qisqa vaqtdan "unumli" foydalandi va 8 klub tarkibida o'ynashga ulgurdi. Nikita faoliyati davomida CSKA, "Luch", "Amkar", "Anji", "Ural", "Krasnodar", "Arsenal" va "Sochi" safida to'p tepdi. Eng omadli mavsumlarida Permda 5 tadan gol urgan. CSKA bilan bronza medaliga sazovor bo'lgan.


Ilya Maksimov – 8Maksimov "Zenit"ning 2007 yilgi chempionlik mavsumida 6 uchrashuvda ishtirok etgan. SHuning evaziga futbolchi Rossiya chempioni hisoblanadi. Faoltiyatini hujumchi aynan Peterburgda boshlagan, lekin bu erda uzoq ushlanib qolmagan. RPLda Ilya "SHinnik", "Ximki", "Kuban", "Volga", "Krilya Sovetov", "Anji" va "Arsenal" (Londonniki emas) sharafini himoya qilgan. O'z vaqtida Maksimov mamlakat milliy terma jamoasiga ham jalb etilgan.


Igor SHevchenko – 8



"Krilya Sovetov", "Luch", "Axmat", "Kuban", "Sibir", "Torpedo", "Ufa" va "Arsenal" kabi jamoalarda o'ynab chiqishga ulgurgan SHevchenko ham Rossiya chempionatida 150 ta ham o'yin o'tkazmagan (143). Mashhur adashi kabi hujumchi bo'lsa ham SHevchenko bor yo'g'i 14 ta gol urishga erishgan. Eng omadli mavsumida, Vladivostokda, hujumchi 5 marta raqib darvozasini nishonga ola bilgan. "Sibir" bilan Rossiya Kubogi finaliga qadar etib borgan.


Dmitriy Smirnov – 8Malum vaqt davomida uchrashuv qaydnomasida yarim himoyachini sharifi bilan – Dmitriy A. Smirnov ko'rinishida qayd etishgan. Lekin bu unga, uning o'yiniga bo'lgan hurmat yuzasidan emas, shunchaki "Torpedo-ZIL" safida himoyachi Dmitriy N. Smirnov ham borligi uchun edi. Bu Dmitriy A.ning faoliyatidagi 8 klubning biri edi. "Torpedo-ZIL"dan tashqari yarim himoyachi Smirnov Moskvaning "Spartak" (Rossiya Kubogi g'olibi 2003 yil), "CHernomorec", "Spartak" (Vladikavkaz), "Luch", "Axmat", "Tom" va "Arsenal" klublarida ham o'ynagan.


Spartak Gogniev – 9Spartakning biografiyasida ham "Spartak" bor. Ammo ko'pchiligimiz o'rgangan Moskva klubi emas, Vladikavkazning "Spartaki". Ammo Gogniev RPL doirasida poytaxtning boshqa klublari – CSKA va "Dinamo" safida hamda "Rotor", "Saturn", "Rostov", "Kuban", "Krasnodar" va "Ural" klublari tarkibida o'ynagan. Eng sermahsul mavsumlarni Ekaterinburgda o'tkazgan (8 va 9 tadan gol). CSKA safida esa 2003 yil chempionat g'olibiga aylangan.


Aleksandr Prudnikov – 10Yoshlar o'rtasida Evro-2006 g'olibi kamida Rossiya futboli yulduzi bo'lishi bashorat qilingandi. Ammo amalda u Liganing asosiy "sayohatchisi"ga aylandi. Futbolchi o'z "sayohatini" "Spartak"da boshlagan, keyinchalik "Axmat", "Tom", "Anji", "Kuban", vladikavkazning "Spartaki", "Rubin", "Dinamo", "Amkar" va "Orenburg" davom ettirgan. Hozirda Prudnikovning oxirgi jamoasi "Anji" bo'lib, bu erga Aleksandr oradan besh yil o'tib yana qaytdi. CHempionat doirasida 168 bellashuvda maydonga tushgan Prudnikov hisobida 20 ta gol va 2007 yilgi mavsum kumush medallari bor.


Omondon To'xtamirzaev tarjimasi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика