RPL. "Rubin" mehmonda uchta to'p o'tkazib, mag'lubiyatga uchradi, Ashurmatov bu safar ham zaxirada qoldirildi

Alisher Ostonov
17 may 2025
Rossiya Premer-ligasi 29-tur doirasidagi "Ximki" - "Rubin" o'yini bo'lib o'tdi.

Muxlislar ushbu o'yinda 5 ta gol ko'rishdi. O'yin qahramoni esa "Ximki" safida dubl qayd etgan Aleksandr Rudenko bo'ldi, u 90+2 daqiqada g'alaba golini urdi. Qayd etish kerakki, mezbonlar 76-daqiqada bir kishi kam bo'lib qolishdi.

Qozonliklar himoyachisi Rustam Ashurmatov bu safar ham zaxirada qoldirildi.





Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia