So’nggi yangiliklar

13:15Евро-2024да кийиниш хоналарида футболчиларга етарли жой бўлмаслиги мумкин  0 12:55Ўзбекистонни Олимпиадага олиб чиққан дўппи аукционга қўйилди! Ҳозирги нарх 20 миллион сўмдан ошди!   3 12:40Бугун бир қатор легионерларимиз ўйнайди  1 12:18"Сурхон" чемпионат аутсайдери "Бунёдкор" устидан ишончли ғалабага эришган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 12:02"Челси" Тухелни қайтариши мумкин  4 11:39Яна бир мураббий "Бавария"га ўтиш истаги йўқлигини айтди  5 11:12"Аякс" янги мураббий тайинлайди. Бор-йўғи икки нафар номзод бор  2 10:50Қозоғистонлик миллиардер Англия клубини сотиб олди  12 10:22Килиан Мбаппе: «Биз финалга чиқамиз»  3 09:55Зидан «Бавария»ни бошқариш ҳақидаги саволга жавоб берди  16 09:29«Челси» Осимхен борасида «Наполи»га таклиф юборди  5 09:02«Барселона» Левандовскининг ўрнига «Ливерпуль» юлдузини олиб келмоқчи  6 08:37Яна бир машҳур мураббий «Бавария»нинг таклифини қабул қилмади  2 08:10Клопп: «Менга ўйинимиз жуда ёқди»  0 07:46Февзи Давлетов: "Ҳисоб 3:0 бўлганида натижа учун ўйнашимиз тўғри бўларди"  0

"Hamma jamoalar bir kun kelib "Bunyodkor" va "Nasaf" amalga oshirgan ishlarni qilishi kerak. Bu erda faqat futbol haqida o'ylaysiz". Soligorskning "SHaxtyor" klubida ishlayotgan Muhiddin Ortiqov bilan eksklyuziv intervyu Yangiliklar

"Hamma jamoalar bir kun kelib "Bunyodkor" va "Nasaf" amalga oshirgan ishlarni qilishi kerak. Bu erda faqat futbol haqida o'ylaysiz". Soligorskning "SHaxtyor" klubida ishlayotgan Muhiddin Ortiqov bilan eksklyuziv intervyu

Xorijda faoliyat olib borayotgan murabbiylarimiz soni yana bittaga oshdi.

Bugungi kunga kelib Belarus chempionati vakili Soligorskning "SHaxtyor" klubi akademiyasida ikki nafar murabbiyimiz faoliyat olib bormoqda. Bunga qadar "Bunyodkor", "So'g'diyona", "Dinamo" klublarini boshqargan Sergey Lushchan soligorskliklar akademiyasida ish boshlagandi. Yaqinda ushbu mutaxassisga doimiy ravishda ko'maklashib kelgan, joriy yilda "Mashal"da Aleksandr Xomyakovga yordam berayotgan Muhiddin Ortiqov ham Belarusga yo'l oldi. Biz ushbu mutaxassis bilan aloqaga chiqib, qator mavzularda suhbatlashdik.

- Muhiddin aka "Mashal"dan ketganingizdan xabarimiz bor edi. Belarus chempionati ishtirokchisi Soligorskning "SHaxtyor" klubi akademiyasiga borib qo'shilishingiz qay tariqa yuz berdi?

- To'g'ri, joriy yil boshida "Mashal"da ish boshladim. Birinchi davra yakunlangach, Sergey Ivanovich Lushchanning taklifiga binoan Soligorskning "SHaxtyor" klubiga ketdim. Muborakliklar bilan shartnoma tuzayotganimda xorijdan taklif bo'lsa, qo'yib yuborish bandini kiritgandik. Kelishuvimiz shunday bo'lgandi. 

- Birinchi davrada "Mashal"da Aleksandr Xomyakovga ko'maklashdingiz. Umuman olganda, bugungi kunda ushbu jamoa qanday holatda? CHunki o'z vaqtida akademiyasi bilan tanilgan jamoani malum vaqt etiborsiz qoldirdik, qo'llab-quvvatlamadik...

- "Mashal" akademiyasida malum vaqt uzilish bo'lganligi sababli shunday holatga tushib qoldi, lekin klubda ish yaxshi yo'lga qo'yilgan. Yuqorida aytganimdek, akademiyadagi uzilishlar sabab futbolchilar bilan muammolar paydo bo'ldi. Hozirgi kunda hammasi o'z iziga tushgan. Faqatgina vaqt kerak. O'ylaymanki, ikkinchi davrada hammasi yaxshi tomonga o'zgaradi. Aleksandr Xomyakov yaxshi murabbiy. "Mashal" rahbariyatida futbolni tushunadigan insonlar faoliyat olib bormoqda. Ular klubni yana ravon yo'lga qaytara olishadi.

- O'z vaqtida "Bunyodkor"dagi faoliyatingiz orqali akademiya borasida tushunchaga ega bo'lgansiz. Hozirgi vaqtda "Bunyodkor" va "Nasaf" bu borada maqtana oladi. "Metallurg" harakatni boshlab yuborgan. Nima deb o'ylaysiz, qolgan klublar ham bu jamoalarning yo'lidan ketishi vaqti kelmadimikan?

- Akademiya haqida gapiradigan bo'lsam, barcha jamoalar baribir bir kun kelib "Bunyodkor" va "Nasaf" amalga oshirgan ishlarni qilishi kerak. Bu futbolimiz va terma jamoamiz uchun foyda. Hammasini bolalar futbolidan boshlamasak, qolgan hamma harakatlar bekor bo'ladi. Yoshlarga etibor berilsa, ishlar tizimli yo'lga qo'yilsa, vaqti kelib bu o'z samarasini beradi. 

- Baribir o'sha foydasiz va naf keltirmayotgan legionerlarga ham qanchadan qancha pullar sarflanmoqda. Agarda o'rinbosarlar, U-18 jamoalariga ozgina bo'lsa ham etibor qaratilsa, kelajakda foyda keltirishi shubhasiz...

- Hamma gap shunda. Birinchi navbatda mahalliy yosh murabbiylarni tarbiyalash kerak, deb o'ylayman. Bu shaxsiy fikrim. Bizda murabbiylarni etishtirish bilan bog'liq muammolar ham bor. Murabbiylarni tajriba oshirgani jo'natishimiz kerak. O'zbekistonda yoshlar bilan ishlaydigan murabbiylar juda kam. 

- Murabbiylar kam deyapmiz. Borlaridan ham foydalanayotganimiz yo'q. Oddiy misol – Sergey Lushchan. Ushbu mutaxassis o'z vaqtida terma jamoalarimizga juda ko'p futbolchilarni etkazib bergandi...

- Sergey Ivanovich to'g'risida fikr bildiradigan bo'lsam, bu murabbiy ishi bo'yicha eng yaxshilaridan biri hisoblanadi. Men ushbu mutaxassis bilan 10 yildan beri birgaman. Mana shu vaqt ichida ko'p narsa o'rgandim. O'zbekiston uchun bunday murabbiy albatta,  katta yo'qotish, deb o'ylayman. Sergey Ivanovich qo'lida tarbiya olgan futbolchilarning ko'pchiligi bugungi kunda milliy jamoada o'ynamoqda. Doston Hamdamov, Sanjar Qodirqulov, Rustam Ashurmatov, Islom Qobilov va hokazo.

- Sergey Lushchan o'zi uchun qulay, xotirjam ishlaydigan jamoani topdimi? Boisi "So'g'diyona" va "Dinamo"da unga vaqt berishmadi...

- Futbolimizning eng katta muammosi ham shunda. Murabbiy bir yilda jamoani shakllantirishi kerak bo'ladi. Bu juda qiyin. SHu bois bu jamoalarda ishlash qiyin bo'ldi. Ishonchim komilki, Sergey Ivanovich hali katta jamoalarda ishlaydi. 

- Avvallari Belarus chempionatida o'zbekistonlik futbolchilarni deyarli ko'rmas edik. Hammasini Jasur Yaxshiboev va SHahboz Umarov boshlab berishdi. 

- Bizning futbolchilar Belarus chempionatida bemalol o'ynay olishadi. Futbolchilarimiz va bu erdagi mahalliy o'yinchilarning asosiy farqi jismoniy holatda. Futbolchilarimiz jismoniy yuklamalarga moslashishlari talab qilinadi. Texnika, tezlik bo'yicha bizda muammo yo'q. 

- "SHaxtyor" Soligorsk akademiyasidagi yaratilgan sharoitlar, ishga bo'lgan munosabat qanday?

- Akademiyada muhit, sharoitlar hammasi juda yaxshi yo'lga qo'yilgan. Bizda ham har bir klubda shunday sharoitlar yaratib berilishini istardim. Bu erda faqat futbol haqida o'ylaysiz. Barcha narsa futbol uchun xizmat qiladi. Belarus chempionati futbolchilarimizga boshqa kuchli klublarga yo'l olishi uchun yaxshigina tramplin bo'la oladi. 

- O'zbekistonga kelgan UEFA texnik konsultanti germaniyalik Rojer Meyxri O'zbekistonda bir kishi hamma ishni qilar ekan, deya etiroz bildirgan edi. Qolaversa, o'zimiz ham mazkur holatga ko'p guvoh bo'lamiz. Bitta xodimning o'zi bir nechta insonning ishini qiladi. Professionallik degan narsaga hamma ham amal qilmaydi...

- To'g'ri gapirdingiz. Hamma o'z ishini qilishi kerak. Agar bitta murabbiyning o'zi uchta ishni bajarsa, o'z ishini 100 emas, 30 foiz bajaradi. Bu juda katta xato. 

- SHahzod Ubaydullaev soligorskliklar tarkibida o'zini ko'rsata olgani yo'q. Mahoratli hujumchimizning "Energetik-BGU" tarkibida o'yini ochilib ketishi mumkinmi?

- SHahzod Ubaydullaev yaxshi futbolchi. U o'z imkoniyatini to'liq ko'rsatgani yo'q. Eng yaxshi o'yinlari hali oldinda. O'zini ko'rsatishiga ishonaman. 

- O'zbekistonlik futbolchilarning Belarus chempionatiga moslashishida muhim rol o'ynaydigan narsa nima?

- Moslashish qiyin emas. Faqat mashg'ulotlar jarayoniga moslashish uchun vaqt zarur. Boisi mashg'ulotlar bizdagiga qaraganda ancha farq qiladi. Yuqorida aytganimdek, jismoniy jihatdan qiyinchilik yuzaga kelishi mumkin. Turli jarohatlar to'sqinlik qilmasa, futbolchilarimiz o'zlarining qirralarini so'zsiz ko'rsata olishadi. SHuningdek, murabbiy va futbolchi o'rtasida til borasida ham biroz muammolarga duch kelish ehtimoli yo'q emas.  

- Futbolchilarimiz xarakter tomonidan ham moslashishlari kerakmi? Baribir endi u erga borgan o'yinchida murabbiyni tushunmaslik, hafa bo'lish yoki jahl otiga minish, murabbiyni qaroridan ranjish holati bo'lib turadi...

- Bu erda xarakterini ko'rsatish noto'g'ri va katta xato. Boisi futbolchilar professional tarzda munosabatda bo'lishadi. O'zbekistondagi xarakter bu erda o'tmaydi. Murabbiyning gapi futbolchi uchun qonun, tamom. Bizda mazkur holat kamchiliklarimizdan biri, deb ayta olaman. 

- Paytida Eldor SHomurodov "Rostov"da qiyinchiliklarga duch kelgan. Uni hattoki, qanot himoyachisi sifatida ham o'ynatishgandi. Balki uning muvaffaqiyatlari zamirida kamtarlik xarakteri ham bor, desak to'g'ri bo'ladimi?

- Eldor SHomurodov kamtarligi sabab ham shunday darajaga chiqmoqda. "Rostov"ga o'tib adashmagani ko'rindi. U erda ko'p narsani o'rgandi. Murabbiy har xil poziciyalarda sinab ko'rdi. "Rostov"ga moslashishda ko'p vaqt ketdi. Qancha qiyinchilik bo'lsa ham engib o'tdi. Hozirgacha gaplashib turamiz. 

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика