Hamidjon Aktamov: "Yangi stadiondagi o'yinlarni g'alaba bilan boshlaganimizdan xursandmiz"
05 may 2014 20:05
Yangiliklar
Hamidjon Aktamov: "Yangi stadiondagi o'yinlarni g'alaba bilan boshlaganimizdan xursandmiz"
"Qizilqum" - "Dinamo" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida "Qizilqum" PFK Ijrochi direktori Hamidjon Aktamov qatnashdi.
- Zamonaviy stadionda o'ynash barcha futbolchining orzusi, - dedi Hamidjon G'ulomovich. - Mahalliy ishqibozlar uchun bugun haqiqiy sport bayramiga aylanganidan xursandmiz. Jamoamizning bu g'alabasi bayramni bezagi bo'ldi, deb bilaman. O'yinga puxta hozirlik ko'rdik. Bugun maydonga tushgan o'yinchilardan birortasini alohida ajratib ko'rsatmoqchi emasman. G'alaba va chiroyli futbol uchun barcha birdek hissa qo'shdi. Muhimi, yangi stadiondagi o'yinlarni g'alaba bilan boshlaganimizdan mamnunmiz.
O'z navbatida bizni tinimsiz qo'llab-quvvatlab turgan minglab muxlislarimizga ham rahmat aytmoqchiman. Agar ular shu darajada olqishlab turmaganida bunday muvaffaqiyatga erisha olmasdik. Maqsadimiz esa kelgusi o'yinlarda ham faqat g'alaba ishtiyoqida maydonga tushish.
Maydonning holati haqida nima deyish mumkin?! Yangi stadionda biz ham raqibimiz singari birinchi marta o'ynadik. Maydonning sifatini kelgusida yaxshilash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solamiz, albatta. CHunki sifatli maydonda to'p surishni o'zimizning yigitlarimiz ham juda xohlashadi.
Darvozabon Erkin Jabborov ayni chog'da jarohatini davolatyapti. U tez orada tarkibga qo'shiladi. Hujumchi Vladimir SHishelovni avvalgi jarohati asorati bezovta qilayotgandi. Hozir Volodyaning umumiy guruh mashg'ulotlarida qatnashayotganligidan xursandmiz. Muxlislar uni 10 may kuni O'zbekiston kubogining "Olmaliq"qa bo'ladigan uchrashuvida maydonda ko'rishadi, degan umiddaman.

Fikrlar