So’nggi yangiliklar

21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хёйсен эса...  0 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  2 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  4 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  7 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  4 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  2 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3 18:31Футболда ринг нафаси: Майкл Баффер Клублар ўртасидаги ЖЧга таклиф этилди   2 18:03"Футбол олами". Биринчи давра якунланди  1 17:47Сулоланинг янги вакили: Петр Чехнинг ўғли "Фулхэм" билан биринчи шартномасини тузди  7 17:19Гильермо Очоа ўзининг олтинчи мундиалида қатнашмоқчи  2 16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  1 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  5 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  9

Hamidjon Aktamov: "Muxlislarimizga quvonch ulashganimizdan xursandmiz" Yangiliklar

Hamidjon Aktamov: "Muxlislarimizga quvonch ulashganimizdan xursandmiz"

"Qizilqum" - "Navbahor" jamoalari uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh menejeri Hamidjon Aktamov jurnalistlar savollariga javob berdi.
- CHempionat jadvalida yonma-yon borayotgan jamoalar uchrashuvi doimo keskin va murosasiz kechgan, - dedi Hamidjon G'ulomovich. - "Navbahor" har jihatdan o'z tarkibiga tajribali va mahoratli futbolchilarni jamlagan jamoalardan sanaladi. Uchrashuv oldidan namanganliklar ishtirokida o'tgan bir necha o'yinlarni o'rganib, tahlil qildik. Navoiydagi o'yin oson o'tmasligini avvaldan bilardik.  

- Garchi, uchrashuvda tezkor gol kiritgan bo'lsak-da, raqibimizning qisqa fursatda muvozanatni tenglashtirgani jamoamiz azolarini hushyorlikka undadi. Golga tortadigan ko'plab imkoniyatlar yuzaga kelmoqda. Afsuski, yigitlar barchasidan unumli foydalana olishyapti, deya olmayman. SHunga qaramay, hujumchimiz Bahriddin Vahobovning maydonda ishonchli o'yin namoyish etayotganligi barchamizni xursand qilmoqda.

- Etiborlisi, bu yilgi mavsumda bir g'alaba jamoani chempionat jadvalida mavqeini yaxshilasa, aksincha mag'lubiyat quyi pog'onaga yaqinlashtirib qo'yishi hech gap emas. Bugun faqat g'alaba ishtiyoqida maydonga tushgandik. Maqsadimizga erishganimizdan, muxlislarimizga quvonch ulashganimizdan xursandmiz. Oldinda yanada muhim uchrashuvlar kutib turibdi. Unda raqibimiz qaysi jamoa bo'lishidan qatiy nazar faqat muvaffaqiyat qozonish uchun maydonga chiqamiz.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика