Hamidullo Abduhamidov: "O'zbekiston milliy terma jamoasida o'ynashni orzu qilaman"
03 may 2018 22:47
Yangiliklar
Hamidullo Abduhamidov: "O'zbekiston milliy terma jamoasida o'ynashni orzu qilaman"
- Hamidullo, g'alaba bilan tabriklaymiz. Bugungi uchrashuvda siz ikkita gol urib, uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi deb topildingiz. Bugungi o'yin haqida fikrlaringiz...
- Rahmat sizga! Avvalambor barcha muxlislarni g'alaba bilan tabriklayman. Bugun yaxshi uchrashuv bo'ldi, qiyin va bellashuvlarga boy tarzda o'tdi. “Lokomotiv” yoshlar jamoasida iqtidorli futbolchilar ko'p ekan. Uchrashuvda ikkita gol urib, jamoam g'alabasiga o'z hissamni qo'shganimdan xursandman. Nasib qilsa ertangi uchrashuvda asosiy jamoamiz ham g'alaba qozonadi degan umiddaman.

- Hamidullo Abduhamidovning kelajakdagi rejalari qanday?
- Kelajakda O'zbekiston milliy terma jamoasida o'ynashni orzu qilaman. O'z ustimda ishlab, yanada kuchliroq futbolchi bo'lishga, milliy terma jamoa darajasiga chiqishga harakat qilaman. Bizni qo'llab-quvvatlayotgan muxlislarimizga yana bir bor rahmat aytaman.
Bekzod Tolibov yozib oldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar