Hamidullo Abduhamidov: "O'ylaymanki, barchasi ortda qoldi. "Do'stlik" safdan chiqqani yo'q"

Iskandarov Abdulaziz
24 may 2024, 08:20
Toshkentning "Do'stlik" jamoasi Pro liganing 9-turiga kelib mavsumdagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi.

"Olimpik Mobiuz" raqiblik qilgan o'yinda Aleksey Evstafeev shogirdlari 2:1 hisobida g'alaba qozondi. 3 ochko keltirgan golga Hamidullo Abduhamidov mualliflik qildi. Uchrashuvdan so'ng uning fikrlari bilan qiziqdik. 

"8 ta o'yindan beri mag'lubiyatli seriya qayd etib kelayotgandik. Mavsumdagi birinchi yutuq hissiyoti boshqacha albatta. Muxlislarni, klubdagi barchani qo'lga kiritilgan 3 ochko bilan tabriklayman. Yuzimiz yorug' bo'ldi. Muhmi g'alabaga hiss qo'shganimdan xursandman. Davomli bo'lsin deb qolaman. 

O'yinga kelsak, birinchi davrada jismoniy tomonlama oqsagandik. Keyinchalik formaga kirib oldik. Yangi jamoa ekanligimiz uchun vaqt kerak edi. O'ylaymanki, barchasi ortda qoldi. "Do'stlik" kurashdan chiqqani yo'q. Qolaversa, murabbiyimiz tajribali. O'z vaqtida o'smirlar terma jamoasini Jahon chempionatiga olib chiqqan. Ular jamoani yaxshi tayyorlashdi",- deydi Hamidullo Abduhamidov.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia