So’nggi yangiliklar

21:58Россия кубоги. "Зенит" – ЦСКА. Бошланғич таркиблар аниқ!  4 21:45Ўзбекистон футбол ассоциацияси ва футзал федерацияси раҳбарияти Осиё Кубоги олдидан терма жамоа аъзолари билан учрашди  0 21:35Элит ОЧЛ, ярим финал. "Ал Насср" – "Кавасаки" (онлайн ҳисоб)  19 21:00Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" "ФарДУ"ни ишончли ҳисобда мағлуб қилди  8 20:47"Атлетик"ка қарши ўйин олдидан МЮнинг икки футболчиси машғулотларга қайтди  1 20:21"Бавария" 20 млн евролик трансферни ҳал қилди  2 19:40Гюндоган Рюдигер ҳақида: "Тонида провокацион хулқ-атвор бор. У кубок финалида чегарадан чиқди"  15 19:02Ўзбекистон кубоги. "Шўртан"дан йирик ғалаба, "Навбаҳор" Тошкентда, "Машъал" Иштихонда зафар қучди  8 18:05Акобирхўжа Шукуруллаев ишлаган ўйинда меҳмон жамоага техник мағлубият ёзилди. Нимага?  0 17:57Сериал давом этади. Анчелотти Бразилия терма жамоаси билан музокараларни давом эттирмоқда  6 17:00Марказий Осиё. "Аркадағ" ва "Истиқлол" пешқадамликни бой берди, "Абдиш-Ата" кучли учликдан узоқлашди  1 16:52Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Тошкент вилояти футбол академияси U-16 жамоасини мағлуб этди  1 16:42"Ал Ҳилол" Анчелоттига йилига 50 млн евро таклиф қилмоқда  6 16:29Лутфулла Тўраев, Садриддин Абдуллаев, Камолиддин Тожиев — U-19 чемпионатида бу йил яна кимлар мураббийлик қилмоқда? (1-қисм)  0 15:46"Футбол олами". Меҳмонлар умуман гол ура олмаган 7-тур ҳақида батафсил  0

Hamidjon Aktamov: “Qizilqum” uchun o'tgan 10 turdagi eng qiziq bahs Samarqandda bo'ldi” Yangiliklar

Hamidjon Aktamov: “Qizilqum” uchun o'tgan 10 turdagi eng qiziq bahs Samarqandda bo'ldi”

“Dinamo” – “Qizilqum” (2-2) uchrashuvidan keyin dastlab mehmonlar bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov matbuot anjumanida o'yin borasidagi savollarga javob qaytardi.

- “Dinamo” jamoasi Samarqandda hali mag'lub bo'lmayotganligini juda yaxshi bilardik. SHunga yarasha tayyorlandik. Bugun ikki jamoaga ham ozroq omad etishmadi. Ikki jamoa ham yaxshi o'yin namoyish etdi. Muxlislar jangovar bahs ko'rishdi. Do'stlik g'alaba qozondi, menimcha. Yutolmagan bo'lsak ham, durangdan xafa emasman. Sababi o'tgan 10 tur davomida bugungi Samarqandagidek o'yin bo'lmagandi. Yani, biz uchun bu yil eng qiziq bahs Samarqandda bo'ldi. Juda yuqori temp, kurashlar, hujumlar. Fikrimcha, muxlislar rohatlanishdi. “Dinamo” ham ajoyib o'yin namoyish etdi.

- “Qizilqum” g'alabali hisobni qo'ldan boy bergan bo'lsa-da, jamoa o'yinidan qoniqdingizmi?

- CHindanam, 2-2 natijaga qaramay, jamoam o'yinidan ham qoniqdim. Ochig'ini aytish kerak, bunaqangi hujumkor futbol yaqin orada bo'lmagandi. Ko'rdingiz – ikki tomonda ham so'nggi soniyalargacha navbatdagi gollarni urish uchun imkoniyatlar bo'ldi. Ikki jamoa ham hujumkor o'yin ko'rsatdi. “Dinamo” bilan bugungi o'yin “Qizilqum” uchun bu yilgi eng qiziqarli bahs bo'ldi, shubhasiz.

- Navoiydagi so'nggi turda jamoangiz “Surxon”ga mag'lub bo'lgach, o'yin davomida mahalliy muxlislar bosimiga duch kelganligini ko'rgandik. Jamoa bu bahsga qanday tiklana oldi?

- Bilasizmi, stadion tribunalarida har doim futbol ko'radigan ham, futbolni ko'ra olmaydigan ham keladi. SHu bois, har doim yigitlarimga uqtiramanki, tribunadagi hayqiriq va etirozlarga etibor qilmang deb. Tribunada bekorchi odam ko'p, qiladigan ishi yo'qlar pista chaqib, o'yin davomida futbolchini ham, murabbiyni ham so'kib o'tiradi, asabiyga o'ynaydi. Bundaylarga farqi yo'q, kim g'alaba qozonishini. Mana shunday muxlislar kamaysa futbolimiz yutadi. Bunday odamlar hamma shaharlarda futbolni orqaga tortadi. CHunki, bundaylar hamma joyda bor. Bu futbol – o'sha kuni omad “Surxon”ga kulib boqdi. Futbol o'zi shunaqa. Kim ham yutqazmaydi deysiz... Hattoki “Barselona” yutqazayapti 4-0 hisobida. SHu uchun futbol xalq o'yini. Bugun yomg'irga qaramay, Navoiydan kelib bizni qo'llab-quvvatlab turgan ishqibozlarga rahmat! Ular bizni o'yin bilan tabriklashdi. Haqiqiy muxlislar mana shunday bo'ladi! Agar yomonni yomon deyaversangiz hech qachon yaxshi bo'lib qolmaydi.

- Legioner hujumchi Smit Medina nega tarkibga kiritilmadi?

- Bilasizmi, bugungi o'yin uchun tarkibni shaxsan o'zim aniqladim, hech kim bilan maslahatlashmadim. Aytishim mumkinki, Samarqanddagidek o'yinga Medina umuman yordam bera olmasdi bizga.

- Erkin Boydullaevni ilk marta markaziy himoyada ko'rdik va u yaxshi o'yin namoyish etdi. Bu Navoiydagi mag'lubiyatdan keyin rotaciyamidi yoki majburiy tanlovmi?

- Bu klubning ichki siri degan bo'lardim. SHu sabab bu savolga aniq javob berishni istamasdim. SHunday qarorga kelgandim. Bitta narsa deyishim mumkin, jamoamizdagi barcha futbolchilar va yoshlardan Erkin Boydullaevdan o'rnak olishlarini so'rayman. Erkin 34 yoshga kirganiga qaramay, istalgan yosh futbolchilardan yaxshiroq o'ynamoqda. Uni himoyada qo'ysam ham, hujumga qo'ysam ham ko'rsatmani bajara oladi. Bunday universal futbolchi hamma ishni qila oladi. O'FAdagi test imtihonlarida ham 5 ta testdan 4 tasini alo darajada topshirdi. Istalgan yoshlardan ko'proq ishlayapti. Hamma tahlilchilar buni ko'rib turishibdi. Ammo negaldir, Erkin Boydullaevni O'zbekiston milliy terma jamoasiga chaqirishmaydi. Erkin istalgan nuqtada o'zini ko'rsata olgan bo'lardi.


Usmon IBODOV yozib oldi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика