Hamidjon Aktamov: "Qizilqum" ikkinchi davraga 100 foiz tayyor"
03 avg 2017 16:00
Yangiliklar


Hamidjon Aktamov: "Qizilqum" ikkinchi davraga 100 foiz tayyor"
"Qizilqum" bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov "Futbol Ekspress" gazetasiga bergan intervyusida jamoasining ikkinchi davraga 100 foiz tayyorligini aytib o'tdi.
- "Ikkinchi davraga tayyorgarlik davomida oltita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdik. Futbolchilarning hozirgi holatidan ko'nglim to'q. Jamoamiz keyingi o'yinlarga 100 foiz tayyor. Qo'rqmasdan ikkinchi davrani boshlay olamiz",- deydi Hamidjon G'ulomovich.
Malumki, "Qizilqum" ikkinchi davraning dastlabki bahsini 6 avgust kuni o'z maydonida "Paxtakor"ga qarshi o'tkazadi. Aktamovning bu o'yin oldidan fikrlari quyidagicha bo'ldi:
- "Biz "Paxtakor" bilan bo'ladigan o'yinga tayyormiz. Faqat g'alabani ko'zlab maydonga tushamiz. Rasmiy o'yinlar bo'lmayotgan paytda o'zim ham biroz zerikib qolgandim. Mana endi asosiy kurash boshlanyapti. Men jamoamga ishonaman".
O’xshash yangiliklar

Fikrlar