Hamidjon Aktamov: "Omad bizdan yuz o'girdi"
04 noy 2021 21:20
Yangiliklar
Hamidjon Aktamov: "Omad bizdan yuz o'girdi"
Superliganing 24-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" – "Qizilqum" (1:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Birinchi bo'limda umuman o'yinimiz chiqmadi. Ikkinchi bo'limda taktik sxemani o'zgartirdik. Ustunlikni qo'limizga oldik, vaziyatlar yaratdik. Penaltidan foydalana olganimiz yo'q. Omad 100% bizdan yuz o'girdi", – deydi Hamidjon Aktamov.
- Vladislav Aleksin nima uchun o'ynamayapti?
- Kim tayyor bo'lsa, o'sha futbolchini tushiryapmiz. Mavsum yakunida ketadimi yoki yo'q, buni vaqt ko'rsatadi.
Fikrlar