Hamidjon Aktamov: "Odamman, temir emasman"
26 sen 2021 20:44
Yangiliklar
Hamidjon Aktamov: "Odamman, temir emasman"
Superliganing 20-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Qizilqum" (0:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Avvalambor, Assalomu alaykum! SHunday yaxshi o'yin bo'lishini kutgandik, durang adolatli bo'ldi, deb o'ylayman. "Navbahor"da ham, bizda ham vaziyatlar bo'ldi. Kim gol ursa, o'sha g'alaba qozonardi. Imkoniyatlar yaratganimizga qaramay, ulardan foydalana olmadik,
O'yin boshida hakam tomonidan bir-ikkita xato bo'lganda jahlim chiqdi. Odamman, temir emasman, o'rnimda boshqa odam bo'lganda ham shunday bo'lishi aniq edi. Babayanning futbolga qaytishi haqida? Futbolga mehnati singgan mutaxassis. Uning ishiga muxlislar baho berishadi.
Bugungi o'yin natijasidan qoniqish hosil qilmadim. Yutishimiz kerak edi. Oldimizga qo'yilgan vazifani bajarish uchun oxirigacha kurashamiz, to'xtash yo'q", – deydi Hamidjon Aktamov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бор аламини "Монако"дан олди
ЕЧЛ. "Барселона" бироз асабий ўтган ўйинда "Славия"ни мағлубиятга учратди
Саудиянинг "Ал-Аҳли" клуби Винисиус Жуниорга 1 миллиард евро миқдорида шартнома таклиф қилмоқчи
2024/2025 йилги мавсумнинг энг сердаромад 20 та футбол клуби эълон қилинди
Fikrlar