So’nggi yangiliklar

20:15Суперлига. "Навбаҳор" сафарда "Қизилқум"ни 5:1 ҳисобида мағлуб этди  11 20:00Ямаль "Сельта"га қарши ўйнамайди  1 19:42Франция футбол Федерация ПСЖнинг "Мбаппе иши" бўйича апелляциясини рад этди  0 19:31Суперлига. "Нефтчи" – "Насаф" 2:0. Highlights  5 19:17Анвар Бердиев: "Мақсадимиз — Суперлигага чиқиш"  0 18:59Фарҳод Нишонов: "Ҳакам қарорини муҳокама қилишни истамайман, аммо..."  0 18:34Моуринью яна Роналду билан бирга ишлаши мумкин  0 18:08ПРО-Лига. Расман — "Шўртан" плей-оффнинг иккинчи иштирокчиси!   2 18:05Чемпион "Насаф" Фарғонада "Нефтчи"га мағлуб бўлди  43 17:43Суперлига. "Қизилқум" - "Навбаҳор": Асосий таркиблар маълум  2 17:09ПРО-Лига. 5 та гол урилган ўйинда "Бухоро" "Арал"дан устун келди  2 16:49ПСЖ янги машғулот марказини очди  0 15:32Жорж Микаутадзе фаолиятини "Ювентус"да давом эттириши мумкин  1 15:01"Манчестер Сити" Холандга янги шартнома таклиф қилмоқчи  2 14:40Тимур Кападзе: "Ўйин томонлама "Насаф"ни эътироф этаман, мавсум ўртача ўтмоқда"  16

Hamidjon Aktamov: "Nega endi "Lokomotiv"dan qo'rqishimiz kerak? "Lokomotiv" bizdan qo'rqsin!" VIDEO Yangiliklar

Hamidjon Aktamov: "Nega endi "Lokomotiv"dan qo'rqishimiz kerak? "Lokomotiv" bizdan qo'rqsin!" VIDEO

Superliganing barcha ishtirokchilari qatori “Qizilqum” futbol klubi ham yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko'rdi.

Navoiyliklar mavsumga tayyorgarlikning oxirgi bosqichini Toshkentda olib borishdi. Jamoa 23 fevralga qadar poytaxtda bo'lib, bu orada 11ta o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Aytish mumkinki, eng ko'p nazorat bellashuvlarini tashkil etgan klub ham “Qizilqum” bo'ldi, chunki ular deyarli kunora o'ynashdi.

“Qizilqum” Navoiyga jo'nab ketishidan bir kun oldin o'zi istiqomat qilgan mehmonxonada yangi futbolchilarni tanishtirdi. Tanishtiruv marosimi yakuniga etgach, biz klub bosh murabbiyi Hamidjon Aktamovdan alohida intervyu oldik.

- Hamidjon G'ulomovich, milliy chempionat boshlanishiga juda kam vaqt qoldi. “Qizilqum” Superliganing 1-turini o'z maydonida “Lokomotiv”ga qarshi o'tkazadi. Bu o'yinga va umuman yangi mavsumga jamoa qanchalik tayyor?
- Birinchi o'yindan ham, mavsumdan ham ijobiy natija kutayotganimiz bor gap. CHunki shunga yashara tayyorgarlik ko'rdik. Uch oydan beri to'xtaganimiz yo'q va ishlashda davom etyapmiz. Nasib qilsa, 1 mart kuni Navoiyda katta bayram bo'ladi. Muxlislarimiz katta futbolni sog'inib qolgan, biz ularga bayram havosini tuhfa etishga harakat qilamiz. To'g'ri, dastlabki turni amaldagi chempion “Lokomotiv”ga qarshi o'tkazamiz, lekin bizda hozircha bu raqibdan qo'rquv ham, xavotir ham yo'q.

- “Qizilqum” mavsum oldidan o'z safiga 9 nafar futbolchini taklif etdi. Nima deb o'ylaysiz, to'qqizta futbolchini qo'shib olish ko'p emasmi? Bunga zarurat bormidi?
- Hozircha vaziyat shunaqa. Nega deganda ko'plab joylarda endi-endi akademiyalar tashkil qilinyapti. Toki o'z tarbiyalanuvchilari etishib chiqmas ekan, klublar chetdan o'yinchi qidirishga majbur. Qachonki bizda ham akademiya ishlab futbolchi etishtirib bersa shundan so'ng chetdan futbolchi izlashni to'xtatamiz va asosiy etiborni o'z tarbiyalanuvchilarimizga qaratamiz. Hisoblab ko'rsak, O'zbekistonda professional maqomdagi 200 nafar futbolchi bor. SHunda ham ko'pchilik o'yinchilar jarohatda yuradi. Bazi futbolchilar bir yillik emas, olti oylik shartnomalarni afzal ko'rishyapti. CHunki olti oydan keyin yaxshiroq taklif tushsa, ketamanga tushib qoladilar. To'g'ri, bu o'rinda futbolchilarni ham tushunamiz. Ularning kasbi shu - yaxshiroq jamoada o'ynab, ko'proq pul topsam deydi. “Nasaf”, “Paxtakor”, “Lokomotiv” va “Bunyodkor” kabi klublar ham yangi o'yinchilarni oladi, lekin bizga o'xshab ko'p olmasligi mumkin. Biz to'qqiz nafar futbolchini o'z safimizga qo'shib oldik va buning o'ziga yarasha sabablari bor.


- Olib borilgan transfer siyosatidan ko'nglingiz to'ldimi? Qaysidir futbolchini ko'zlab, lekin qo'lga kirita olmagan holat kuzatildimi?
- Jamoaga yangi futbolchilarni qo'shib olishdan oldin zaif nuqtalarimizni o'rganib chiqdik va qaysi chiziqda muammo bo'lsa shunga qarab futbolchi topishga harakat qildik. Bu borada o'z imkoniyatimizdan kelib chiqib ish tutdik deya olaman.

- Har yili futbolchilarning shartnomasi yangilanib, oylik maoshlari ham oshib boraveradi. SHunga yarasha ularning o'yini ham o'syaptimi?
- O'z ustida ishlayotgan va o'yini o'sib borayotgan futbolchilar bor. Ammo o'z ustida ishlamay to'xtatib qo'yganlari ham bor. Bu masalaga ikki xil yondashish mumkin. Boshqa klublarni bilmadim-u, lekin o'z jamoam haqida fikr bildiradigan bo'lsam, yildan yilga “Qizilqum”da o'sish bor deb o'ylayman. To'g'ri, bazi yosh futbolchilarda bir tekislik etishmayapti, ammo vaqt o'tib ular ham yaxshi o'ynab ketsa kerak.

- Bu yildan oliy liga o'zgarib Superliga liga deb yuritila boshlandi. SHunga monand “Qizilqum” ham super klub bo'lishga harakat kilyaptimi, yani professionallik sari katta qadam tashlaydimi?
- Avvalgi yillardagi “Qizilqum” bilan hozirgi jamoa o'rtasidagi farq sekin-asta ko'zga tashlana boshladi. Bu birinchi navbatda futbol maktabimiz yaxshi ishlayotgani bilan bog'liq. Navoiyda hozir to'rtta yosh toifasidagi kuchli guruh bor va ular “Qizilqum”da o'ynash maqsadida astoydil shug'ullanmoqda. Futbol maktabimiz murabbiylarida ham futbolga nisbatan qarash o'zgargan deya olaman. Endilikda hech kim qo'l uchida ishlayotgani yo'q. Ularda ishga qiziqish ortgan. Oldin murabbiylar kelib bir-ikki soat ishlagandan keyin shu bilan ketib qolishardi. Lekin hozir bunday emas, bazan ertalabdan kechgacha maktabda bo'lib bolalar holidan xabar olayotganlar bor. Hozirgi murabbiylarning futboldan umidi katta. Albatta, biz ham professionallik sari qadam tashlayapmiz. Mana, yaqinda futzal klubi tashkil qildik, ayollar jamoasi-ku oldindan bor edi.


- Nima deb o'ylaysiz, futzal va ayollar jamoalarini Superliga klublari qoshida tashkil qilib o'ynatgan maqulmi yoki ularni alohida shakllantirgan foydaliroqmi?
- PFL Superliga klublari qoshida ayollar va futzal jamoalari ham bo'lishi kerak deya to'g'ri qarorga keldi deb o'ylayman. Misol uchun “Qizilqum” degan nomni reklama qilishimiz uchun bu borada bizga faqat futbol klubi emas, balki ayollar bilan futzal ham ko'mak beradi. CHunki qaramog'imizdagi boshqa jamoalar ham “Qizilqum” nomi ostida maydonga tushishadi. Bu ham reklamaning bir turi. Qolaversa, shunday bo'lganidan keyin muxlislar zerikib qolmaydi. Biz Navoiyda har hafta futbol yoki futzal bahslari bo'lishini xohlaymiz. Masalan, bir gal “Qizilqum” uyda o'ynasa, keyingi hafta safarga ketganida ayollar yoki futzalchilar o'yin o'tkazsin deymiz. SHunda muxlislar o'zlari qiziqib kelaveradi. PFL hammasi muxlislar uchun bo'lsin deyapti va bu borada ularning qarorini qo'llab-quvvatlashimiz kerak. O'z vaqtida Artur Gevorkyan futzaldan chiqqanini eshitganman, ajab emas “Qizilqum” futzal klubidan ham kelajakda bironta yaxshi futbolchi etishib chiqsa.

- “Qizilqum” legionerlar limiti 4+1dan to'liq foydalandi. Aynan legionerlarni jalb etishda ularning qaysi xususiyatlariga ko'proq etibor berdingiz?
- Darvozabon Evgeniy CHeremisindan boshlaydigan bo'lsam, to'g'risi, men o'tgan yil o'zimizning darvozabonlardan qoniqmadim. CHeremisinni oldindan taniganim uchun uni o'tgan yilning noyabr oyidayoq klubga taklif qilgandim va o'shandan beri biz bilan birga. Bilasiz, o'tgan yil bizda legioner darvozabonlarga nisbatan cheklov bor edi, lekin bu yildan cheklov bekor qilindi. O'tgan yili CHeremisin kelganida men cheklov olib tashlanishini bilmasdim, ammo shunga umid qilgandim. Ko'p o'tmay yangi reglament tasdiqlandi va u erda legioner darvozabonlar haqida hech gap yo'q. Demak, o'shanda CHeremisinni qo'shib olib to'g'ri qilgan ekanmiz. Kvesieshvili bilan Yovanovichni muxlislar yaxshi biladi. Ikkala futbolchi ham oldin jamoamizda o'ynagan. Vaqt taqozosi bilan yana klubga qaytishdi. Ular biz uchun begona emas va men har ikkala futbolchi imkoniyatlarini yaxshi bilaman. Masalan, Yovanovich bizning o'yin uslubimizga mos tushadi. Guja Grigalashvili haqida gapiradigan bo'lsam, u ham hujum chizig'ida o'ynaydi. Uning disklarini ko'rganimda menga yoqdi, harakati chakki emas ekan. Aslini olganda men legioner tanlayotganda juda noziktabman. O'zbekistonimizda Xudoga shukur hamma narsa bor, meva-chevadan tortib oziq-ovqatgacha. Lekin shunday futbolchilar borki, ular ovqatga injiqlik qiladi: uni emayman, bu yoqmayapti degan manoda. To'g'risi, menga ovqat tanlaydigan sportchilar yoqmaydi. SHu bois legioner ming kuchli bo'lmasin, xiralik qilsa uni jamoaga olmayman. Gevorkyanni deyarli mahalliy futbolchi desa ham bo'laveradi.

- Bu yil Superliga yangicha formatda o'tkaziladi. Ikkita davrali o'yinlar yakuniga etganidan so'ng jamoalar oltitadan ikki guruhga bo'linadi. “Qizilqum”ning yuqori oltilikka kirish imkoniyatlarini qanday baholaysiz?
- Endi bu - futbol. Oldindan baholab bo'lmaydi. Faqat shuni ayta olamanki, bizning jamoa har qanday raqib bilan tengma-teng kurashishga tayyor. Bu o'rinda ko'p narsa omadga ham bog'liq.

- Hozir bir mavzu ustida qizg'in munozara ketmoqda. Yani o'rtamiyona klublar uchun yuqori oltitalikdan ko'ra quyi oltitalikda o'ynash qulay bo'ladigandek. CHunki quyida jamoalarda yutish imkoniyati ko'proq bo'ladi va mukofot pullari ishlanadi. “Qizilqum” misolida oladigan bo'lsak, bu fikrga nima deysiz?
- Agar gap pul mukofoti ustida borsa, futbolchilarning o'z ko'tarma puli va oylik maoshlari bor. Bizning maqsad birinchi oltitalikka kirish. Biz pastda yurishni xohlamaymiz. CHunki quyi oltilikda qolib ketsangiz, faqat jon saqlash uchun o'ynaysiz. Axir uchta jamoa birinchi ligaga tushib ketishi mumkin. Men har doim o'z oldimga jiddiy maqsad qo'yib kelganman. 2016 yil 6-o'rinni, o'tgan yil esa 11-o'rinni qo'lga kiritdik. Lekin bu yil yana ko'tarilmasak bo'lmaydi.


- O'tgan yil mavsum yakuniga etmasdan PFL tomonidan chiqarilgan qaror, yani keyingi yil oliy ligada 12ta jamoa qolishi haqidagi yangilik sizga qanchalik tasir ko'rsatdi? CHunki shundan keyin “Qizilqum” va “Dinamo” o'rtasida oliy ligada qolish bo'yicha kurash boshlandi. Qolaversa, “Qizilqum” masalasi birmuncha chatoq, klub hali licenziyalash hujjatlarini topshirmagan deb eshitdik.
- Bizda OFK licenziyasi bo'yicha aslo muammo bo'lmagan. CHunki OFK so'ragan hujjatlarni vaqtida topshirganmiz, faqat ularning o'zi vaqtida qabul qilib olmagan. CHunki o'sha paytdagi ishchimiz hech kimga aytmasdan chet elga o'qishga ketib qolgandi. Lekin menda umuman qo'rquv bo'lmagan. O'tgan yil ko'pchilik o'zimga ham aytdi: “Qizilqum” oliy ligada qatnashmaskan deya. Bu meni hayron qoldirdi, chunki bizda hammasi joyidaligini bilardim.

- Oxirgi ikki yil ichida murabbiy sifatida qanchalik o'sishga erishdim deb hisoblaysiz?
- Bu borada o'zimga o'zim baho bera olmayman. Lekin nimadir o'zgarishlarni sezayotganim bor gap. Nasib qilsa, yana ikki oydan keyin oliy liga jamoasini boshqarayotganimga besh yil to'ladi. Albatta, menda ham o'zimga yarasha kamchiliklar bor. Yaxshisi, bu haqda boshqa mutaxassislar gapirgani maqul.

- CHetdan qaraganda “Qizilqum” xuddi sizning xususiy jamoangizdek ko'rinadi.
- Yo'q, nega endi? Mendan ham natija so'raydiganlar bor. Viloyat hokimi, zavod rahbarlari doim klubdagi holat bilan qiziqib turishadi. Balki jamoaga butun mehrimni berganim uchun atrofdagilarga shunday tuyulsa kerak. Men “Qizilqum”ni juda boshqacha yaxshi ko'raman va jamoa uchun borimni berishga tayyorman. Har doim o'z oldimga qo'yilgan vazifani bajarishga va rahbarlar ishonchini qozonishga harakat qilib kelganman.

- Murabbiylik falsafangiz nimalardan iborat?
- Falsafam oddiy: har kuni ishlash va yana ishlash. Hech kim osmondan tushib birdaniga murabbiy bo'lib qolmaydi. Bunaqa odamni ko'rmaganman. Lekin men ko'pchilik o'zim hurmat qiladigan boshqa mutaxassislardan ish o'rganishim rost. Masalan, shunday murabbiylardan biri Mirjalol Qosimov. U kishini juda qattiq hurmat qilaman. Yoshligimdan Qosimovga mehr qo'yganman. SHuningdek, Islom Ahmedov bilan ham ko'p gaplashib turamiz.

- Superliganing dastlabki turida “Qizilqum” “Lokomotiv”ni nimasi bilan qo'rqita oladi?
- “Lokomotiv”ni biz qo'rqitmaymiz, ularning o'zi qo'rqib Navoiyga keladi. Nega endi “Lokomotiv”dan qo'rqishimiz kerak? Biz har doim bu jamoaga noqulay raqib bo'lib kelganmiz. To'g'ri, “Loko” ayni paytda kuchli va tarkibi ham shakllangan, lekin biz qo'rqmaymiz. Agar g'alaba qozonsak, buni sensaciya deb qabul qilmayman, chunki bu jamoani oldin ham yutganman.

X.Xoliqov va SH.Beg'amov suhbatlashishdi.



TAS-IX

 


TAS-IX emas


Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика