So’nggi yangiliklar

12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  1 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  6 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  4 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  7 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  12 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  5 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3

Hamidjon Aktamov: “Hujumchilarimizga sovuqqonlik va aniqlik etishmayapti” Yangiliklar

Hamidjon Aktamov: “Hujumchilarimizga sovuqqonlik va aniqlik etishmayapti”

Oliy liga o'n ikkinchi turidan joy olgan “Qizilqum” - “Navbahor” jamoalari uchrashuvidan (1:0) so'ng o'tkazilgan matbuot anjumani ikkinchi qismida mezbonlar bosh menejeri Hamidjon Aktamov qatnashdi.
- Bugungi g'alaba bilan muxlislarimizni tabriklayman, - deya so'z boshladi Hamidjon G'ulomovich. - Oxirgi omadsizliklardan keyin bu g'alaba jamoamiz uchun juda muhim ahamiyat kasb etadi. Yigitlar yomon harakat qilishmadi. Aslida penaltiga qadar masalani o'z foydamizga hal qilishimiz ham mumkin edi. Afsuski, Vyacheslav SHevchenko, Samandar SHodmonov, Akmal Rustamovlar qulay vaziyatlarni havoga sovurishdi.

Afsuski, hujumchilarimizga zarur pallada sovuqqonlik va aniqlik etishmayapti. Bu borada mashg'ulotlarda ko'proq ishlash lozimga o'xshaydi. Oldinda yanada jiddiy raqib kutib turibdi. “Lokomotiv”ga qarshi bo'ladigan o'yinda ijobiy natijaga erishish uchun puxta tayyorgarlik ko'ramiz. Maqsadimiz - mavsum oralig'idagi tanaffusga yuqori kayfiyatda chiqishdir. Bunga yigitlarimizning kuch va mahorati etadi, deb bilaman.

“Qizilqum” PFK Matbuot xizmati.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика