So’nggi yangiliklar

00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:57Африка Миллатлар Кубоги. Жазоир Конго ДР дарвозасига 119-дақиқада ғалаба голини уриб, чорак финалга йўл олди  3 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  12 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  8 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  10 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  4

Hamidjon Aktamov: "G'uzorga yaqin yo'lda avtobusimiz buzilib qolganda "Surxon" yordam ko'rsatmay oldimizdan o'tib ketdi..." Yangiliklar

Hamidjon Aktamov: "G'uzorga yaqin yo'lda avtobusimiz buzilib qolganda "Surxon" yordam ko'rsatmay oldimizdan o'tib ketdi..."

Surxon - Qizilqum (2:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumani navoiyliklar bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov o'yin oldi yuzaga kelgan qator muammolar haqida gapirdi.

Bu haqda "Surxon" klubi matbuot xizmati xabar qildi.


- Men bugungi o'yin haqida fikr bildirishdan oldin, Termizga kelishimizdagi qiyinchiliklar haqida gapirib o'tmoqchi edim. Biz G'uzorga yaqinlashganimizda  yo'lda avtobusimiz buzilib qoldi. Ancha vaqt yo'lda ushlanib qoldik.SHu vaqtda «Surxon» jamoasi avtobusi yonimizdan o'tib ketdi. O'ylashimcha, «Surxon» bizga yordam ko'rsatishi kerak edi. Termizda mehmonxona topishda ham muammolarga duch keldik. Deyarli, barcha mehmonxonalar band. Mana shu sabablar o'yinga tasir ko'rsatdi deb o'ylayman. Futbol bu - do'stlik. 

O'yin haqida to'htaladigan bo'lsam, bugun 70 daqiqa yaxshi harakat qildik. Qulay imkoniyatlardan foydalana olmadik. «Surxon» o'ziga yaratilgan imkoniyatlardan foydalanib, g'alabani qo'lga kiritdi.

Hakamlarga etirozim yo'q. Ular o'yinni yaxshi boshqarib bordilar. 

Surxondaryo xalqini bugungi g'alaba bilan tabriklayman.


P.S. Termizda «halqaro forum» va Termiz shahrida O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 28 yillik bayram tadbirlari bo'lganligi sabab, Termizdagi barcha mehmonxonalarda joy bilan bog'liq muammolar yuzaga kelgan.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика