So’nggi yangiliklar

11:31"Ман Сити" 20 ёшли марказий ҳимоячисини Бундеслига жамоасига ижарага берди  0 10:48Лионель Месси келажакда ўзини мураббий сифатида кўриш-кўрмаслиги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:20МЮни бошқариш учун асосий даъвогар маълум  5 09:53"Андижон" Туркияга йўл олди. Йиғинга йўл олган таркиб билан танишинг  8 09:26Расман. "Бунёдкор" янги мавсум олдидан илк трансферини эълон қилди  1 09:00He Were Go. "Манчестер Сити" қишдаги илк транферини амалга оширди  1 08:32Африка Миллатлар Кубоги. Чорак финал жуфтликлари маълум  2 08:05"Сабаҳ" Раҳмоналиевни қанчага сотиб олгани маълум  2 07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  4 04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  2 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  4 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0

Hamidjon Aktamov: "G'oliblar ortiqcha muhokama qilinmaydi" Yangiliklar

Hamidjon Aktamov: "G'oliblar ortiqcha muhokama qilinmaydi"

Coca Cola Superligasi 11-turidan o'rin olgan "Metallurg" - "Qizilqum" (1:2) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh menejeri Hamidjon Aktamov o'z fikrlarini bildirdi.

"O'yin haqida nima ham deyishim mumkin? Bugun yana Navoiy xalqi uchun quvonchli kun bo'ldi. G'alaba bilan barchani tabriklayman. O'yinni bizning jamoa nazorat qildi, vaziyatlar yaratdi. Futbolchilar ko'rsatmalarimizni to'liq bajarishdi. Jamoa asta-sekin moslashib bormoqda, yoshlar ham o'yindan-o'yinga tajriba orttirib borishmoqda. G'oliblar ortiqcha muhokama qilinmaydi deyishadiku", - deya gap boshladi Hamid Aktamov.

- "Qizilqum" transferlar oynasi vaqtida faol bo'ldi. Kuchli va tajribali futbolchilar olib kelindi. Bu o'yinga ham tasirini ko'rsatdi. Qaysi omillarga ko'ra jamoada bu qadar jiddiy o'zgarishlarga qo'l urildi? Homiylar tomonidan qo'shimcha mablag' keldimi?

- Yo'q, bu gap homiylarda emas. O'tgan safar ham bu savollarga ko'p bor javob berganman, keling shunga javob bermay qo'ya qolay. Jamoani kuchaytirish, har bir o'yinda yutish uchun shunaqa o'zgarishlarga qo'l urdik. Homiyimiz o'sha o'sha, ortiqcha boshqa homiylardan mablag' kelgani yo'q.

- Jamoa ketma-ket ikki marotaba g'alaba qozondi. Potencial jihatdan jamoangiz kuchli sakkizlikka kira oladimi?
- Hozir hech narsa deya olmayman. Ochkolarni mavsum yakunida sanaymiz, oldinda o'yinlar ko'p. Mavsumni yuqoriroqda yakunlashga harakat qilamiz.

- Keyingi turlarda tarkibda rotatciyalar ko'ramizmi? Ko'ryapmiz, aksariyat jamoalar bir hil tarkib bilan harakat qilmoqda. Buning natijasida futbolchilar charchab qolmoqda. Rotaciyalarni amalga oshirgan jamoalar yutib ketmoqda. Sizda bu borada holat qanday?
- Bizda futbolchilarning holati yaxshi. Vaqtiga qarab rotaciyalar qilamiz. Mana bugun ham yoshlarni maydonga tushirdik. SHu orqali ularni ham tayyorlab boramiz. Futbolchilarni jismoniy holati qoniqarli. Alisher Sanoevning jarohati og'irroq, shu bois almashtirdik.


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика