Hamidjon Aktamov: “Futbolda g'alabani ko'zlagan jamoa yutadi”
13 may 2018 07:15
Yangiliklar


Hamidjon Aktamov: “Futbolda g'alabani ko'zlagan jamoa yutadi”
Navbahor” – “Qizilqum” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida navoiyliklar ustozi Hamidjon Aktamov ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berdi.
Hamidjon Aktamov (“Qizilqum” bosh murabbiyi): - Avvalambor “Navbahor” futbol klubi azolari va jamoa muxlislarini g'alaba bilan tabriklayman. O'yin borasida gap ketganida, “Navbahor” futbolchilari bahsga juda ham yaxshi tarzda tayyorgarlik ko'rganliklarini amalda namoyish etib, g'alaba qozonishni maqsad qilganliklarini ko'rsatishdi.
Futbolda qaysi jamoa g'alabani ko'zlab, maydonga tushsa, o'sha jamoa yutadi. Bugungi o'yinda futbolchilarimiz juda ko'p xato qilishdi. Buning sababi borasida hech narsa deya olmayman. Himoyachilarimiz ilk marta maydonga tushgandek taassurot qoldirishdi. Ulardan aslida boshqacha o'yin kutgandim. Umuman olganda bugun o'yinimiz o'xshamadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar