So’nggi yangiliklar

14:53Эмилиано Мартинес "Челси" ёки "Атлетико"га ўтиши мумкин  0 14:28"Атлетик" собиқ президенти: "Уильямс биз учун ўйнашни истамаяпти"  4 13:45Луис Энрике: "Интер Майами"нинг даражаси умуман бошқача"  3 13:21Арсен Венгер: "Майдонлар талаб даражасида эмас"  3 12:50Маскерано: "Биз бу ўйинда аутсайдермиз"  6 12:14Бруну Лаже "Челси"дан учралган мағлубиятга изох берди  0 11:52Рейна ўз давридаги энг кучли дарвозабонларни санади  10 11:25Энцо Мареска: "Челси" сўнгги ойдаги энг зўр ўйинини ўтказди"  2 10:43МЮ “Реал“ футболчисига расмий таклиф билан чиқди  0 10:10“Челси“ “Боруссия Д“ футболчисини сотиб олишга яқин  2 09:38Нико Уильямс “Барселона“га талаб қўйди  9 09:05Суперлига. Бугун 14-тур давом эттирилади  4 08:34"Нефтчи" собиқ футболчисини ортга қайтармоқчи  6 08:03Бугун аёллар терма жамоамиз Осиё кубоги саралашдаги юришини бошлайди  3 07:40Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" "Бенфика"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди  6

Hamidjon Aktamov: “Buxoro” bilan uchrashuv qiyin o'tishini avvaldan bilardik” Yangiliklar

Hamidjon Aktamov: “Buxoro” bilan uchrashuv qiyin o'tishini avvaldan bilardik”

“Qizilqum” - “Buxoro” uchrashuvdan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh menejeri Hamidjon AKTAMOV qatnashdi.

- Bugun o'yin qiyin o'tishini oldindan bilardik, - deya so'z boshladi Hamidjon G'ulomovich. - “Buxoro” kuchlilar safida o'z o'rnini saqlab qolish uchun kurashayotgan jamoa. Ular uchun har bir o'yin finalga teng,  desam yanglishmayman. Jamoamiz esa Qo'qonda o'tgan oxirgi bahsda qimmatli ochkolarni qo'ldan chiqargan va bugun muxlislarni o'z g'alabamiz bilan quvontirishimiz shart edi.  SHu bois, uchrashuvga puxta tayyorgarlik ko'rdik.

“Buxoro” jamoasiga qarshi o'yin oldidan himoya chizig'imizda muammolar bor edi. Tajribali himoyachilar Asqarjon Muhiddinov jarohati, gruziyalik legioner Georgiy Kvesieshvili esa sariq kartochkalari soni to'rttaga etganligi tufayli bugun maydonga tusha olishmadi. SHunga qaramay, jamoamiz azolari faqat g'alaba ilinjida maydonga chiqdi va ularning yo'qligini bilintirishmadi. Futbolchilarimiz ko'rsatmalarimizni to'g'ri amalga oshira oldilar. Muxlislarimizni g'alaba bilan tabriklayman.

Bugun yirikroq hisobda g'alaba qozonishimiz ham mumkin edi. Vahobov, Alimov, Derkachda golga tortadigan bir necha qulay vaziyatlar yuzaga keldi. Ammo buxoroliklar posboni chinakam mahorat ko'rsatganligiga barchangiz guvoh bo'ldingiz.

CHempionat oxirlagani sayin uchrashuvlar yanada shiddatli tus olmoqda. Mavsumni jamoamiz oldingi yillardagiga qaraganda, yuqori o'rinlarda tugatishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan. Ishonamanki, albatta buning uddasidan chiqamiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика