Hamidjon Aktamov: "Bugun hujumchisiz o'ynashga qaror qildim"
10 apr 2021 21:15
Yangiliklar
Hamidjon Aktamov: "Bugun hujumchisiz o'ynashga qaror qildim"
O'yin haqida
- Bugun alamli mag'lubiyatga uchradik. O'yin teng kurashlar ostida o'tdi. Bugun g'alaba qozonishimiz mumkin edi. O'zimiz qulay vaziyatlardan foydalana olmadik. Kutilmagan jarohatlar o'z tasirini ko'rsatdi. Bu futbol, "Nasaf" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman.
- Mate Vatsadzening asosiy tarkibda tushirilmaganligining sababi nima?
- Vatsadze 4 ta turdan beri gol urmadi. SHu sabab bugungi o'yinda hujumchisiz o'ynashga qaror qildim. U gol urolmasa ham o'ynatavermaymanku! SHu uslubni sinab ko'rdik, baribir oxirgi 15 daqiqada qo'yib ko'rdik. U harakat qildi, baribir hujum chizig'i bo'yicha qiynalayapmiz. Bugun jamoaviy tarzda hujumga o'tdik, xududlarni tashlab chiqdik, shu kabi sabablar orqali jazolandik.
- Giorgi Kuxianidzening o'yini tobora ochilib bormoqda. Bugun u jarohat tufayli maydonni erta tark etdi. Kuxianidzening jarohati qanchalik jiddiy?
- Ha, bu haqida menga aytishdi. Ozgina boshidan jarohat olibdi. Uning holatini yana ko'rib chiqamiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Жирона" "Барселона"ни мағлуб этди! Ямалда омадсиз пенальти, якунда эса муштлашув
ЕЧЛ. Винисиуснинг ягона голи "Реал"га "Бенфика" устидан ғалаба тақдим этди. Моуринью четлатилди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Fikrlar