So’nggi yangiliklar

22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  0 21:48Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  5 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  0 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  9 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  3 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  5 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  14 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  19 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  6

Hamidjon Aktamov: "Bizda zaxira futbolchilari deyarli yo'q" Yangiliklar

Hamidjon Aktamov: "Bizda zaxira futbolchilari deyarli yo'q"

“Neftchi” hamda “Qizilqum” (2:0) jamoalari o'rtasidagi bahsdan so'ng mehmonlar ustozi Hamidjon Aktamov jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

- Haqiqatdan ham yaxshi o'yin bo'ldi. Futbolda kim g'alaba qozonishni ko'proq istasa, albatta o'sha jamoa zafar quchadi. Bu fikr bugun yana bir bor o'z isbotini topdi. Bahs borasida o'zimizning kamchiliklarni aytib o'tgan bo'lardim.  Undan tashqari zaxira futbolchilari deyarli yo'q. Ikkinchi davrada bir qator qiyinchiliklarga duch kelyapmiz. “Neftchi”dan bugun bunday o'yin kutmagandim. Hozir farg'onaliklarni yaralangan “sher”ga o'xshatish mumkin. Ular xar qanday raqibga qarshi chin manoda “jang” qilishlari aniq. Keyingi o'yinlarda Farg'ona jamoasiga omad tilayman.

Ha, tajribali o'yinchilarimiz bor. Lekin butun jamoani tajribali deb aytish qiyin. 3-4  futbolchi bilan natijaga erishish qiyin sanaladi. Yigitlarga rahmat. Qo'ldan kelgancha harakat qilishdi.

Zerikarli o'yin bo'ldi ? Bilmadim. Bunday uchrashuvni kutmagandim. Hamma o'yinni tayyor edi.

“Neftchi” safidagi Muzaffar Muzaffarovni yaxshi bilaman. Salohiyatli futbolchi hisoblanadi. SHuningdek, Abdurahmon Abdulhaqov ham iqtidorli o'yinchi sanaladi. Kelajagi bor,- deb fikrlarini yakunladi Hamidjon Aktamov.

“Neftchi” matbuot xizmati


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика