So’nggi yangiliklar

01:56АПЛ. "Челси" дербида "Вест Хэм"ни аямади  5 01:39Франция. ПСЖ яна кичик ҳисобда ғалабага эришди  0 01:29Бундеслига старт олди: мавсумнинг илк ўйинида "Бавария" "Лейпциг"ни янчиб ташлади, Кейндан хет-трик!  5 00:49Бошланғич таркибдаги Палмер нима сабабдан дербида қатнашмаяпти?  0 00:30ЖЧ-2026га қуръа қачон ва қаерда ташланиши маълум!  2 00:10Суперлига. "Андижон" – "Пахтакор" 2:6  0 00:02Акмал Рустамов: "Юзага келган вазиятлардан фойдаланганимизда 3-4та тўп фарқи билан ютишимиз мумкин эди"  2 23:46Илёс Зейтуллаев: "Бунёдкор" ПФЛ тақдим этаётган тақвимни ҳурмат қилади"  0 23:28Байиндирнинг хатосидан кейин МЮнинг режалари ўзгарди  4 22:59Абдурауф Бўриев: "Мураббийлар берган тактикани яхши бажардик"  4 22:30Ҳожимат Эркинов: "Андижонлик мухлисларга раҳмат, яхши атмосфера яратиб беришди"  6 22:08Максим Шацких: "Жамоамизда "Андижон" даражасига мос бўлмаган футболчилар бор"  53 21:58Суперлига. Қизил карточка кўрсатилган ва гол инобатга олинмаган ўйинда "Қизилқум" ва "Бунёдкор" муросага келди  23 21:47Камолиддин Тожиев: "Майдонда ўн киши қолиб ҳам ўзимизни кўрсата олдик"  11 21:03Суперлига. "Бобур Арена"да дарвозаларга 8 та гол урилган оқшомда "Пахтакор" "Андижон" устидан ғалаба қозонди  255

Hamidjon Aktamov: “Biz PFL licenziyalash talablarini bajarganmiz” Yangiliklar

Hamidjon Aktamov: “Biz PFL licenziyalash talablarini bajarganmiz”

Bugun turli OAV larda “Qizilqum”ning licenziyalash bilan bog'liq muammolari ortidan, jamoaning keyingi yili superligada ishtirok etish etmasligi bilan bog'liq xabarlar tarqaldi. Jamoa bosh murabbiyi Hamidjon AKTAMOV klub matbuot xizmatiga ushbu vaziyat bo'yicha izoh berdi.

-Haqiqatan ham klubimiz OFK licenziyalash jarayoni yakunida hujjatlarni jo'natishdagi ayrim kamchiliklar bois belgilangan muddatda bu ishni yakunlay olmadi. Ammo bu faqat OFK licenziyalash jarayoniga tegishli. Yani, bu vaziyatda agar biz OFK tomonidan o'tkaziladigan turnilarda  (OCHL, OFK kubogi) qatnashganimizda bu narsa bizga halaqit qilishi mumkin edi. Agar jamoa milliy chempionatda yaxshi natijalarni qo'lga kiritib, xalqaro maydonda ishtirok etish huquqiga ega bo'lsa, biz shubhasiz bu ishga masuliyatliroq yondashib, belgilangan topshiriqlarni o'z vaqtida ado etishga urinamiz.

Klubimiz O'zPFL tomonidan o'tkazilayotgan licenziyalash talablarni barchasini o'z vaqtida bajarishga intilmoqda va bu borada barcha muammolar hal etilgan. SHu bois muxlislarimiz xotirjam bo'lishlarini istardim. Nasib etsa, jamoamiz oldiga yangi mavsumda jiddiy maqsadlar qo'yilmoqda. SHu bois tarkib borasida ham ijobiy o'zgarishlarga qo'l o'ramiz. 

Aziz NURIY yozib oldi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика