So’nggi yangiliklar

14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  0 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  0 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  5 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  1 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  3 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  10 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  9 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  11 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4

Hamidjon Aktamov: “Andijon”ga qarshi o'yindan oldin tarkibda jiddiy yo'qotishlar bor edi” Yangiliklar

Hamidjon Aktamov: “Andijon”ga qarshi o'yindan oldin tarkibda jiddiy yo'qotishlar bor edi”

“Qizilqum” - “Andijon” jamoalari uchrashuvi (2:2) yakunlangach, matbuot anjumani ikkinchi qismida mezbonlar bosh menejeri Hamidjon Aktamov ishtirok etdi.

Uchrashuv oldidan jamoamiz tarkibida jiddiy yo'qotishlar bor edi, - deya so'z boshladi Hamidjon G'ulomovich. - Bu bugun o'yinimizga o'z tasirini o'tkazmay qolmadi. Himoyachilarning oddiy vaziyatlarda xatoga yo'l qo'yganligi g'alabani qo'ldan chiqarishimizga sabab bo'ldi. Muxlislar chiroyli futbolga guvoh bo'lishdi. Bizni har bir o'yinda qo'llab-quvvatlayotgan ishqibozlarga rahmat aytaman. Barchasi 21 may kuni  Andijonda bo'ladigan javob uchrashuvida hal bo'ladi.

Legionerlarimiz Andrey Derkach, Georgiy Kvesieshvili jarahoti tufayli maydonga chiqmagan bo'lsa, etakchi yarim himoyachimiz kutilmaganda shamollab qoldi. Ular albatta chempionatning uchinchi tur uchrashuviga qadar tarkibiga qo'shilishadi, degan umiddaman.

Endi bor etiborimizni chempionat bahslariga qaratamiz. Oldimizda “Olmaliq”qa qarshi muhim uchrashuv bor. Muhimi, jamoamiz azolarining kayfiyati alo. Navbatdagi uchrashuvlarda ham faqat g'alaba ishtiyoqida maydonga tushamiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика