Hamidjon Aktamov "Qo'qon-1912"ga yarim finalda omad tiladi

Narzulla Saydullayev
18 sen 2018, 21:02
O'zbekiston kubogi chorak final doirasida “Qo'qon-1912” – “Qizilqum” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Hamidjon Aktamov ishtirok etdi.

- Bugun biz uchun qiyin o'yin bo'lishini bilgandik. Sababi Superliganing 23-turida biz Jizzaxda og'ir o'yin o'tkazdik. Bugungi uchrashuvga asosiy tarkibimiz futbolchilari tiklanib ulgurishmadi. Jamoamizning yetakchi o'yinchilari Ivan Nagaev va Erkin Boydullaevning yo'qligi ham bilindi.

“Qo'qon-1912” o'z maydonida tajovuzkor o'yin ko'rsatadi. Qo'qonliklarga yarim finalda omad tilayman.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz