So’nggi yangiliklar

01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  17 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  21 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  3 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  90 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  1 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

Hamid Aktamov: “Rahbariyatning qo'llab-quvvatlashi jamoamizni g'alabaga undaydi” Yangiliklar

Hamid Aktamov: “Rahbariyatning qo'llab-quvvatlashi jamoamizni g'alabaga undaydi”

Ikkinchi davraning dastlabki uchrashuvida Muborakda “Mashal” jamoasi mehmoni bo'lgan Navoiyning “Qizilqum” futbolchilari navbatdagi (0:1) g'alaba o'z hisobiga yozib qo'ydi.

Davralar oralig'ida o'z tarkibini sezilarli darajada kuchaytira olgan konchilar bu yilgi mavsumda o'z oldilariga sovrinli o'rinlardan birini egallashni maqsad qilishgan. Jamoadagi ichki muhit, o'zgarishlar, kelgusi rejalar hamda navbatdagi uchrashuvga hozirlik  xususida  jamoa bosh menejeri Hamidjon Aktamov “Qizilqum” PFK Matbuot xizmatiga intervyu berdi.

-   Avvalo Muborakdagi g'alaba bilan tabriklaymiz. Ayting-chi, hozirda jamoadagi muhit qanday?
-   Rahmat. Mavsum avvalida o'z oldimizga chiroyli futbol namoyish etib, muxlislarimizni g'alabalarimiz bilan xursand qilishni vazifa qilib qo'ygandik. Birinchi davra yakunlangach, viloyatimiz hokimi hamda bosh xomiymiz - Navoiy kon metallurgiya kombinati (rahbari - Quvondiq Sanoqulov) jamoamizdan katta g'alabalar kutayotganligi, bu borada qo'llaridan kelganicha madad berishlarini alohida takidlab o'tishdi. Ularning qo'llab quvvatlagani natijasida tarkibimizni tajribali futbolchilar bilan boyitdik. Rahbariyatning bu kabi etibori va g'amxo'rligi jamoamizni yangi g'alabalar sari ruhlantirishi va undashi tabiiy, albatta. Jamoadagi ichki muhit esa alo darajada, tarkibda bir-birini anchadan beri yaxshi taniydigan, biladigan o'yinchilarning yig'ilganidan xursandman.


-   Bu yilgi tarkibda barchamiz uchun tanish, tajribali, ammo katta yoshdagi futbolchilar to'p surmoqda.  Navoiyda ularga o'rinbosarlar tayyorlashning ahvoli qanday?
-   Ha, fikringizda jon bor, albatta. Mavsum boshida Samandar SHodmonov, Ilhom Yunusov, Alisher Yusupov kabi futbolchilarni taklif qilgandik. So'ngra, davralar oralig'ida esa Hamza Karimov, Erkin Boydullaev, Nemanya Yovanovich, Vohid SHodiev va Jasur Hasanov kabi nisbatan katta yoshdagi futbolchilar tarkibga qo'shildi. Agar jamoa o'z oldiga jiddiy maqsadni qo'ysa, faqat ishtiyoqning o'zi kamlik qiladi. Bu yo'lda futbolchilar tajribasi va mahorati juda asqotadi. Qolaversa,  tajribali futbolchining jamoaga qo'shilishi yoshlar uchun mahorat maktabi vazifasini o'tab beradi. Misol uchun, Xitoy futbol ligasini oling.  U erda ham bir  qancha yoshi o'tgan yulduzlar to'p surmoqda. Ammo Xitoyning o'zida yosh futbolchilar etishib chiqishi to'xtab qolgani yo'q, futbol rivojlanmoqda. SHu o'rinda etiboringiz uchun aytib o'tmoqchiman, oxirgi paytlarda Navoiyda futbolga etibor kuchaytirildi. Sekin-asta mahalliy futbolchilar ham etishib chiqmoqda. Azizbek Usmonov, Fayzullo Qambarov, Saidjon Hayitov kabi mahalliy futbolchilarning asosiy tarkibda o'z o'rnilarini topib borayotganligi kishini quvontirmay qolmaydi.

-   O'n ettinchi turda Navoiyda ikkinchi davra oldidan ancha kuchaygan Qashqadaryoning yana bir klubini qabul qilasizlar. “SHo'rtan” bilan o'yinda muxlislarni nima kutayapti?
-   Ha, so'zsiz g'uzorliklar ikkinchi davrada emas, birinchi davraning oxiridanoq kuchayishni boshlashgandi. Ular o'z uylarida hatto “Paxtakor”ni ham mag'lubiyatga uchratishdi. Men Qashqadaryo futbolini hurmat qilaman. Jamoamizni oldinda jiddiy raqib kutib turibdi. Birinchi davrada ko'plab qimmatli ochkolarni qo'ldan chiqazdik. Mavsum oxirida har bir ochkoning qadri bilinadi. SHu bois, xoh safar, xoh uyda bo'lsin, faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz. Buni klub rahbariyati ham muxlislarimiz ham juda istashmoqda. Qolaversa, sovrinli o'rinlar davogar jamoani boshqa natija aslo qoniqtirmaydi.


 “Qizilqum”  PFK matbuot xizmati.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика