Hamid Aktamov: "Bu yil "Qizilqum" boshqa jamoalarga syurpriz tayyorlab qo'ygan"
20 fev 2021 20:11
Yangiliklar


Hamid Aktamov: "Bu yil "Qizilqum" boshqa jamoalarga syurpriz tayyorlab qo'ygan"
Xabaringiz bor, yaqindagina Coca Cola Superliganing joriy mavsumiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.
Mazkur tadbirdan so'ng "Qizilqum" bosh murabbiyi Hamid Aktamov saytimizga fikrlarini bildirdi.
"Qura haqida nima ham deyishim mumkin? Mavsum davomida barcha jamoalar bilan o'ynab chiqishimizga to'g'ri keladi. Yilni o'z maydonimizdagi o'yin bilan boshlashimiz yaxshi albatta. Qurani ko'zi ko'r deb bejiz aytilmagan.
Joriy mavsumga har yilgiga qaraganda boshqacha tayyorgarlik ko'rdik. Boshqa jamoalarga ko'rsatadigan syurprizlarimiz ko'p",- deydi Hamid Aktamov.
Malumot o'rnida aytish joizki, navoiyliklar ilk turda o'z maydonida "Andijon" jamoasini qabul qiladi.
Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar