Hali murabbiyi yo'q termaga "Navbahor"dan uch nafar futbolchi chaqirildi
28 noy 2013 11:42
Yangiliklar

Hali murabbiyi yo'q termaga "Navbahor"dan uch nafar futbolchi chaqirildi
2014 yilning yanvar oyida Ummonda 22 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasida Osiyo birinchiligi bo'lib o'tadi.
Mazkur musobaqa yangi sanaladi. Yani Ummon bu yoshdagi futbolchilarning birinchi qita birinchiligiga mezbonlik qiladi. Aleksey Evstafeev boshchiligida mazkur musobaqaning saralash turnirida ishtirok etgan vakillarimiz, final bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritishga ulgurishganidan xabaringiz bor. Ayni paytda 10 yanvarda start oladigan qita birinchiligida qatnashadigan termamizga kimni bosh murabbiy bo'lishi aniq emas. SHunday bo'lsada, O'FF terma jamoalar bilan ishlar markazi nomzod futbolchilarning hujjatlarini yig'moqda.
Ummonda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatida “Navbahor”dan uch nafar futbolchi ishtirok etishi mumkin. Kuni-kecha O'FFga jamoamiz azolari Akram Bahriddinov, Azim Ahmedov va Ayubxon G'apparovlarning xujjatlarini taqdim etildi. Futbolchilarimizni hozircha terma jamoaga nomzod ekanliklarini etirof etish joiz. Dekabr oyida Ummonga boradigan terma jamoani yig'in o'tkazishi rejalashtirilgan.

Fikrlar