So’nggi yangiliklar

15:55Испания ОТЖ футболчилари: "Токио-2020дан тугалланмаган ишимиз бор. Мақсадимиз - олтин медал"  5 15:31"Парк де Пренс" стадиони Ўзбекистон - Испания баҳсига шай  6 15:16"Навбаҳор" Сардор Рашидов билан келишувга эришди  11 15:11Эксклюзив! Тимур Кападзе: "Мақсадимиз бор ва унга қараб интиламиз"  8 14:47Ўзбекистон U-23 терма жамоаси бош мураббийи ва футболчилари дастхати қўйилган тўпни ютиб олинг  3 14:42ОЛИМПИАДАГАЧА. Акром Комилов: "Испания индивидуал кучли, лекин ўзбекистонлик йигитлар ҳеч кимдан қолишмайди"  2 14:07"Ливерпуль" етакчиси жамоада қолмоқчи  1 13:38ОЛИМПИАДАГАЧА. Испания ОТЖ ҳақида нималарни билишимиз керак ёхуд "Қизил фурия" билан танишамиз  6 13:03Месси кесма паслар бўйича Топ-5 нинг охирги 2 мавсумида етакчи. Лео ПСЖни бир йил олдин тарк этган  13 12:25Гвардиола: "У қарор қабул қилиши керак"  3 11:42Эшитдик-да! "Олимпик"нинг яна бир футболчиси Суперлиганинг бошқа клубига ўтмоқда  7 11:05«Реал Мадрид» яна бир фахрий ҳимоячини текинга қўлга киритиши мумкин  5 10:29Нега Тимур Кападзенинг Испанияга қарши ўйин олди ташкил этилган матбуот анжуманидаги фикрлари ҳеч бир ўзбек ОАВсида чиқмади?  42 09:57АS нашри Испания ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркибини эълон қилди  23 09:22Ўзбекистон ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркиби билан танишинг  28

Hali etarlicha tezlik olmagan "Bunyodkor"ni oldinda nimalar kutmoqda? Jaloliddinov katta yo'qotishmi? Yangiliklar

Hali etarlicha tezlik olmagan "Bunyodkor"ni oldinda nimalar kutmoqda? Jaloliddinov katta yo'qotishmi?

Vadim Abramov boshchiligidagi "Bunyodkor" jamoasida sezgan bo'lsangiz o'zgarishlar etarlicha ko'zga tashlanmoqda. Nafaqat tarkib, balki, o'yin va jamoadagi futbolchilarning harakatida ham malum bir burilishlar yuzaga kelganligini payqash qiyin emas.

Yangi kelgan futbolchilar "Bunyodkor"ni kuchaytirdimi yoki kuchsizlantirdi?

Ushbu mavsum avvalida "Bunyodkor"ni bir nechta muhim futbolchilari tark etdi. Xurshid G'iyosov, Javohir Qahramonov, Murod Zuhurov, Sanjar Tursunov, SHohruh Gadoev. Ha, mazkur futbolchilar o'tgan mavsumda bronza medallariga ega chiqishda katta hajmdagi ishni bajarishdi. Ketganlarni omadini bersin. Tabiiyki, ularning o'rnini bosish maqsadida bir nechta futbolchilar taklif qilindi. Yangi kelganlarning aksariyati OCHL boshlanmasdan oldin qo'shib olindi. Klub xalqaro maydonda munosib ishtirok etishni maqsad qilgani bois qisqa vaqtda tarkibni kuchaytirishga erishdi. Boshqa tomondan bu vaqtda jamoaning besh nafar asosiy tarkib azosi olimpiya terma jamoamiz bilan Osiyo chempionatida ishtirok etayotgandi. Qaysidir manoda yangi kelganlar vaqtinchalik asosiy tarkibdagilarni o'rnini to'ldirib turdi deya olamiz. Qishki transferlar oynasi vaqtida jamoaga qo'shilgan futbolchilardan bugungi kunda yani mening nazarimda Selim Nurmuradov va ijaradan qaytgan Rasul Yuldashevlar bildirilgan ishonchlarni oqlashmoqda. Endi qolgan futbolchilar ham harakat qilishmoqda. Masalan, Humoyun Murtazoev mavsum boshida jamoaga tez kirishib ketgandek ko'ringandi. Bir nechta gollar ham urdi. Lekin, qolgan bahslarda mahoratli hujumchi maydonda ko'rinmay qoldi. Ayrim uchrashuvlarda o'zining darajasida to'p tepmadi. Sardor Abduraimov va G'ulomhaydar G'ulomovlarga esa faqatgina OCHL bahslarida imkoniyat berildi. Superligada ularning nimalarga qodirligini ko'rmadik. Vadim Abramov asosan o'tgan yili to'p tepgan futbolchilarga ishonch bildirish bilan kifoyalanmoqda. 

Restartdan so'ng esa terma jamoamiz bosh murabbiyi yana bir kutilmagan syurprizlarni taqdim qildi. "Paxtakor" bilan o'yindan so'ng kutilmaganda asosiy tarkibdan Ibrohimhalil Yo'ldoshev joy egalladi. Mavsum boshida aynan shu poziciyada o'yinchi etishmayotgandi. Gohida Sanjar Qodirqulov, gohida esa boshqa bir futbolchi qanot himoyasida harakat qilishga majbur bo'lgandi. Aftidan Abramov 19 yoshli yosh futbolchi bilan bu muammoni ham hal qila oldi. Bahodir Pardaevga esa imkoniyat deyarli berilmadi. Tan olish kerak ayni paytda "Bunyodkor"ning hujum chizig'ida raqobat yuqori darajada. Umumiy hisobda olti nafar forvard o'zaro raqobat olib bormoqda. So'ngi uchrashuvlarda gollari bilan g'alabalarga hissa qo'shib kelayotgan, transfer paytining oxirgi kunida zayavkadan o'tkazilgan SHahboz Erkinov hozircha yomon to'p tepmayapti va o'ziga yuklatilgan vazifani bajaryapti. Bundan buyon avgust oyida taqvim juda tig'izligini hisobga olsak murabbiy qolgan futbolchilarga ham imkoniyat berib ko'rishi mumkin. 



"Bunyodkor" hali o'tgan mavsumdagi kabi tezlik olganicha yo'q.

Buni nafaqat biz, balki, ko'p mutaxassislar takidlashmoqda. Darhaqiqat, jamoada yaqin yaqingacha o'yinida bir qator kamchiliklar kuzatilayotgan edi. Aniqrog'i, restart va restartdan so'ng ham bu borada biron bir o'zgarish sezmadik. Birinchi galda jamoada hujumni yakunlovchi, oxirgi qarorni qabul qiluvchi futbolchi etishmayotgandi. Bu "Qo'qon-1912", "Paxtakor", undan oldingi "Mashal" va AGMK bilan uchrashuvlarda yaqqol bilinayotgan edi. Ikkinchidan qanot va markazni bog'lab turuvchi erkin futbolchini yo'qligi ham jamoaga ayrim uchrashuvlarda pand berayotgandi. Bu vazifani o'tgan mavsumda Xurshid G'iyosov va Javohir Qahramonov juda yaxshi uddalashganini bilsangiz kerak.

Bugungi kunda ushbu masuliyatni turkmanistonlik Selim Nurmuradov bo'yniga olishga harakat qilmoqda. Harqalay uning harakatlarida aniqlik va qarorni tezda qabul qilish borligini ko'rdik. Uchinchidan markaziy hujum chizig'ida to'pni egallab olgan holatda bir nechta futbolchini o'zi bilan olib yuradigan va tezkorlik bilan qaror chiqaradigan forvarni ham uchratmadik. Humoyun Murtazoev, SHahboz Erkinov esa asosan tayyor paslarni kutish bilan cheklanishmoqda. Hozirgi kunda tiklanish jarayonini boshidan o'tkazayotgan Mirjahon Mirahmadovda tezlik va dribling bor. Ortga qaytib ham sheriklariga yordam bera oladi, qanotlarda ham o'zini erkin his qilgan holda o'ynaydi. "Bunyodkor" "Paxtakor"dan qabul qilib olingan yirik hisobdagi mag'lubiyatdan so'ng biroz o'ziga o'xshamoqda. Oxirgi uchta turda jamoa azolari muxlislar kutgan o'yinni namoyish eta olishdi. Abramov esa yuqorida keltirib o'tgan kamchiliklarni sekin-asta bartaraf etishga urinmoqda. Menimcha "Bunyodkor" davralar oralig'ida biron bir futbolchini qo'shib olmaydi. CHunki, tarkibda raqobat yuqori. Zahirada esa yaxshi saviyadagi futbolchilar bor. 



Jasur Jaloliddinov katta yo'qotishmi?

Mening fikrimcha Jasur Jaloliddinovning Rossiyaga yo'l olishi "Bunyodkor" uchun u qadar katta yo'qotish hisoblanmaydi. Esingizda bo'lsa 2015 yilgi mavsumning ikkinchi davrasida Sardor Rashidov "Al Jaish"ga yo'l olgan. Ko'pchilik uning ketishi jamoaga salbiy tasir qiladi degandi. Rashidovning o'rnini o'sha mavsum Doston Hamdamov egalladi. U "Anji"ga o'tib ketgach esa Xurshid G'iyosov yaqqol ajralib chiqdi. Jaloliddinovning yo'qligi bir, ikki tur sezilishi mumkin. Uning o'rnini bilintirmaydigan futbolchilar zahirada, o'rinbosarlar jamoasida, akademiyada etarlicha topiladi. Yani bunday katta akademiyaga ega klubda biron bir ketgan futbolchining o'rni osonlikcha to'ldiriladi. CHetdan ortiqcha o'yinchi olib kelishni xojati yo'q. Boisi, akademiya iqtidorli futbolchilarni asosiy tarkibga etkazib berishda faol. Bundan muammo bo'lmaydi deb o'ylayman.

Vadim Abramov aksariyat uchrashuvlarda Jaloliddinovning o'rniga boshqa bir futbolchini sinovdan o'tkazib ko'rmoqda. Deylik Farrux Ikromovni Jaloliddinovga zaxira varianti sifatida ko'rsak bo'ladi. Boshqa tomondan o'ylab qaralsa Abramov Ikromovni zaxira quroliga aylantirib ulgurdi. Ushbu futbolchi bo'lajak bahslarda Jasurning o'rnida asosiy tarkibda tushsa ajablanmayman. Ikromovda jamoadoshidagi kabi hislatlar bor. Tezlik, dribling, o'tkir paslar va hokazo. Agarda navbatdagi bellashuvlarda ham undan murabbiylar zaxira quroli sifatida foydalanishsa u holda Sanjar Qodirqulov asosiy tarkibda Jaloliddinovni o'rnini to'ldiradi. Ushbu futbolchini Abramov turli poziciyalarda o'ynatib ko'rmoqda. Balki, Karlenovichdan yana kutilmagan syurpirizlar ko'rarmiz. Barchasini vaqt ko'rsatadi. 

"Bunyodkor"ning "Buxoro" bilan o'yini qoldirildi. SHuningdek 10-turdan jamoalar qisqa tanaffusga chiqishdi. Bu to'xtalish jamoaning zarariga ishlashi tabiiy. Biroq, bugungi kunda vaziyat shuni taqozo etmoqda. Agarda "qaldirg'ochlar" oldinda kutayotgan uchrashuvlarda ishonchli harakat qilishda davom etishsa turnir jadvalida yuqoriga ko'tarilib olishlari mumkin. Boz ustiga avgust oyidagi barcha uchrashuvlar markazlashgan holatda o'tadi. Yani "Bunyodkor" qolgan raqiblarni o'z maydonida qabul qiladi. Bu esa muhim ochkolarni jamg'arib olishlari uchun ayni muddao. Ushbu mavsumda ular hali o'z uylarida ochko yo'qotishmadi va darvozalaridan bitta to'p olib chiqishdi. Demak, voqealar rivoji qanday davom etishini ko'ramiz va kuzatamiz.

Abdulaziz Iskandarov.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика