So’nggi yangiliklar

17:07"Валенсия" 400 млн еврога сотилиши мумкин  1 16:45Эрон чемпионати. "Зоб Оҳан" – "Фулад" (онлайн ҳисоб)  2 16:39АПЛ клублар ўртасидаги ЖЧ сабабли ёзги трансфер ойнасини иккига ажратмоқчи  0 16:16"Манчестер Сити" февраль ойининг энг яхши футболчисини аниқламоқда. Номзодлар ичида Абдуқодир Ҳусанов ҳам бор  18 15:42"Барселона" Озарбайжонда академия ташкил қилади  0 15:17Футзал бўйича Ўзбекистон Кубогига қуръа ташланди: БМБ, "Оил Стар" ва СҚБ рақибларини билиб олди  0 15:08Пике 0:0 ҳисобидаги дуранг учун жамоаларга очко бермасликни таклиф қилди  11 14:40Футзал бўйича Ўзбекистон Кубоги ғолиб ва совриндорлари мукофот пулларига эга бўлади   0 14:27"Реал" собиқ футболчиси 48 ёшида ҳаётдан кўз юмди  3 14:00Breaking! Корея Республикаси ҳам 2031 йилги Осиё Кубогига мезбонлик қилмоқчи  7 13:36"Месси "Барселона"га қайтишига ишонаман"  3 13:09"Арсенал" ва "Барселона" "Эспаньол" дарвозабони билан шартнома имзоламоқчи  0 12:42Гвардиол, Бальде, Менди... FourFourTwo дунёнинг энг яхши чап қанот ҳимоячилари рейтингини тузди  8 12:16FourFourTwo дунёнинг энг яхши таянч ярим ҳимоячилари рейтингини эълон қилди  10 11:49​"Олимпик" собиқ футболчиси Қозоғистон клубига йўл олди  0

Hali bu Ispaniya dunyoni zabt etadi. Hikoya endi boshlandi Yangiliklar

Hali bu Ispaniya dunyoni zabt etadi. Hikoya endi boshlandi

Xalqimizda “birovga choh qazisang, o'zing tushasan” degan ajoyib naql bor. Kecha Ispaniya terma jamoasi o'zi qazigan chohga quladi. Xo'sh, mag'lubiyat sabablari nimada?

Turnirga favoritlar qatorida kelgan va barcha o'yinlarda total ustunlik qilgan jamoa nima sababdan ishtirokini erta yakunladi? Quyida sabablarga to'xtalib o'tamiz.

Eskirgan va boyitilmagan uslub

Luis Enrike Ispaniyada joriy qilgan uslubni hamma ko'rdi. 2010 yillarda moda bo'lgan va Pep Gvardiola tomonidan “Barselona”da yo'lga qo'yilgan “tiki-taka” o'sha davr uchun yangilik edi. Ispanlar aynan “tiki-taka” bilan butun dunyoni zabt etishdi. Evropa va jahon chempioni bo'lishdi. “Barselona” trebl qayd etdi. Keyin-chi? Keyin “tiki-taka”ga qarshi uslublar ishlab chiqildi. Dastavval, Joze Mourinyu ECHL 2009-2010 mavsum yarim finalida "Inter" bilan “tiki-taka”ga qarshi “avtobus” uslubini ishga solib, Gvardiola boshliq kataloniyaliklarni maxf qilgandi. Esingizda bo'lsa, "Kamp-Nou"da bo'lgan o'yinda “Barselona” 86 foiz to'p nazoratini amalga oshirgan va 17 bor zarba bergandi, ammo baribir “Inter” o'z maqsadiga erishgan. Marokash bilan o'yinda ham shunga o'xshash holat, to'p nazorati va vaziyatlar yaratish bo'yicha Ispaniyada 4 barobar ustunlik. Futbol rivojlanmoqda, muvaffaqqiyat qozongan uslublarning antilari qisqa muddatda ishlab chiqilmoqda. Hattoki Pep zamonaviy futbolga moslashishga majbur bo'lyapti. Erling Holand so'zimizning yorqin dalili. Enrikening total futboli qo'shimcha elementlar bilan boyitilmadi. Antisi allaqachon ishlab chiqilgan “tiki-taka” modernizaciyaga muhtoj edi. 

Etakchining yo'qligi yoxud boshsiz chavandoz

Enrike mundialga shaxsiyati yuqori bo'lgan futbolchilarsiz keldi. Serxio Ramos, Tiago Alkantara, Kepa Arrisabalaga kabi futbolchilar murabbiy rejalariga kirmadi. Bilamiz katta turinirlarni katta futbolchilar yutishadi. Jamoa hisobda oldinda borsa, hammasi o'xshab turganda Enrikening Ispaniyasi o'ta xavfli (Kosta-Rika bunga yorqin misol). Jamoa yutqazayotganda, ishlar chappasiga ketgan pallada masuliyatni elkasiga olishi kerak bo'lgan yigitlar yo'q edi tarkibda. Maydonda harakat qilgan futbolchilarning hech biri klubida birinchi raqamli “lider” emas. Tizim ish bermay qolsa, unga o'zgartirish kiritish kerak, yani “B” rejaga o'tish lozim bo'ladi. Guruh bosqichi so'nggi turini eslaymiz. Germaniya Kosta-Rikaga mag'lub bo'layotgan daqiqalarda ispanlarga gol kerak edi, ammo Enrike yigitlari hech nima qila olishmadi.  Demak, Enrikeda “B” reja umuman bo'lmagan. 

Yomg'irdan qochib, do'lga tutilish

Ispaniya guruh bosqichi so'nggi turida Yaponiyaga atayin mag'lub bo'lgandek ko'rindi. Maqsad esa Braziliyadan qochish va Germaniyani guruhda qoldirib ketish. To'g'ri, Enrike maqsadiga etdi. Braziliyadan qochdi, Germaniya guruhda qolib ketdi. Nimchorak finalda esa nisbatan kuchsiz sanalgan raqib Marokash bilan bahs olib boradigan bo'ldi. Marokash esa biz yuqorida aytib o'tganimiz, anti uslubdan foydalandi va maqsadiga erishdi. Katta ehtimol Xorvatiya Ispaniyaga qarshi boshqacha uslubni tanlar, o'yin kartinasi o'zgacha kechishi ham mumkin edi. Enrike qurayotgan futbol chuqur himoyaga tayanib o'ynayotgan jamoalarga qarshi yaxshi ishlamadi. Yaponiya va Germaniyaga qarshi o'yinlar bunga misol. 

Ispaniya buyog'iga qanday yo'l tutadi?

Enrikening shartnomasi yil yakunida nihoyasiga etadi. Luis ajoyib jamoani shakllantirgan. Uslub ham ayni ispanlarga mos. Katta ehtimol shartnoma uzaytiriladi, har xolda Enrike shunga munosib. Faqat uslub modernizaciya qilinishi va yangiliklar bilan boyitilishi lozim. Hali bu Ispaniya dunyoni zabt etadi. Hikoya endi boshlandi...


Jaloliddin Xalilov 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика