So’nggi yangiliklar

19:46Элит ОЧЛ. "Ал Гарафа" - "Пахтакор". Сергеев асосий таркибда  0 19:21U-17 Осиё кубоги учрашувларини қабул қилувчи стадионлар маълум  0 18:56Трент Александер-Арнолднинг жароҳат даражаси маълум бўлди  0 18:28"Хоразм" янги мавсумга Туркияда тайёргарлик кўради  0 17:55Элдор Шомуродов янги мавсумда Карло Анчелотти билан бирга ишлаши мумкин  4 17:04Расман: Рустам Турдимуродов янги мавсумни ҳам "Андижон"да ўтказади  1 16:32Роналду: "Бернабеу"дан кўра, "Камп Ноу"да гол уришни кўпроқ ёқтирардим"  32 15:50Ўртоқлик учрашуви. "Қизилқум" - "Арал" 3:3  2 15:20Ҳар ишда бир ҳикмат бор  15 15:00Превью. "Пахтакор" учун мавсум бошланмоқда. "Шерлар" йўлидаги илк синовдан қандай ўтади?  10 14:48Элит ОЧЛ. "Ал Гарафа" - "Пахтакор" учрашувини бошқариб борадиган ҳакам маълум  3 14:27⚡️"Манчестер Сити" Абдуқодир Ҳусановни Чемпионлар Лигаси плей-офф босқичи учун қайдномага киритди   43 13:23Бугун Аббосбек Файзуллаев ва ЦСКА "Зенит"га қарши майдонга тушади  10 12:51"Манчестер Сити" қишки трансферларга 212 миллион евро ишлатди - бу тарихдаги иккинчи натижа  44 12:24Россия терма жамоаси собиқ аъзоси: "Россия ОФК таркибига ўтмаслиги керак — биз Европанинг бир бўлагимиз. У ерда нима қиламиз?"  24

Hal qiluvchi penalti – Mbappe “qovun tushirdi”. Ammo turnir u uchun omadsiz bo'ldi deya ko'rmang! Yangiliklar

Hal qiluvchi penalti – Mbappe “qovun tushirdi”. Ammo turnir u uchun omadsiz bo'ldi deya ko'rmang!

Kilian Mbappe haqida Lukomskiyning bir qancha fikrlari.

1. Nazarimda, har qanday oddiy o'yinchi standartlari bo'yicha u ajoyib mavsumni o'tkazdi. U bajargan noyob ishlarni baholash uchun hech qanday chuqur bilim yoki o'yinlarini besh martadan ko'rib chiqish shart emas. SHunchaki Franciya o'yinlarini ko'rishingiz o'zi kifoya. Uning kuchi yaqqol sezilib turardi – Franciya hujumidagi 90% pozitiv jihat uning ishtiroki bilan amalga oshirildi. Ko'p narsalarni bu tarkibda faqatgina u qila olardi. U nafaqat bo'sh zonada, balki tayanch zonada ham juda yaxshi harakatlandi.

Buni inkor etishning yagona yo'li bu — umuman futbol ko'rmay, faqat o'yin natijalaridan xabardor bo'lib qo'yishdir. 

2. Mbappedagi iqtidor sohibi darajasidan kelib chiqsak o'rtacha musobaqa. Men butun avlodni belgilab beradigan iqtidorni aynan Kilianda ko'ryapman. Albatta, bunday o'yinchidan talab boshqacha bo'ladi. Bunday o'yinchilar har bir o'yinda ko'p foyda keltirishining o'zi etarli bo'lmaydi, ular ismini tarix zarvaraqlariga o'chmas qilib yozdirib ham qo'yishi kerak. Evro-2020da endi u uchun tanaffus. Biroq Mbappe eng nufuzli turnir — Jahon CHempionati g'olibi ekanini yoddan chiqarmaymiz. SHuningdek, bu musobaqani butkul omadsiz deyish – qog'ozdagi quruq faktlarni keltirish va daxshatli manipulyaciya. Mening nazarimda. Bu yo'ldan yurishga tayyor emasman.

3. Penaltilar seriyasi va penaltini amalga oshirish mahoratini o'yin ichidagi o'yin deb hisoblayman. Uni umumiy performansdan ajratib olgan bo'lardim. Bu holda Mbappeni ancha tanqid qilsa arziydi. Bu erda u top daraja vakilidek bo'lolmadi. Men buni shunchaki omadsiz amalga oshirilgan penaltti deb atamagan bo'lar edim. 

Muammo chuqurroq: u 120 daqiqa o'ynab (uchrashuvni jarohati bilan yakunlagandi), jarohati bilan penalti tepgani bordi. Insonning egosi naqadar kuchli darajada ekanligining va jamoaga pand berib qo'yishning yorqin misoli. Bu fikrimiz agarda Kilian gol urganda ham mos tushaverardi.

4. Futbolchining musobaqadagi o'yinidan taassurotlarni yakundagi harakati, u hatto guvohi bo'lganimiz kabi penalti bo'lsa ham, bu g'irromlik bo'ladi. Men bunga qarshiman.

Bu erdagi farqni Xuanma Lilo (Pep Gvardiolaning ustozi va yordamchisi) yaxshi tariflab bergandi: “Natija – bu shunchaki malumot. Tug'ilishlar soni ko'paydi. Sizga bu fakt nimadir berdimi? Yo'q. Bunday natijaga olib borgan jarayon-chi? Albatta, ha. Mamnun bo'lish, zavqlanish – jarayon tufayli bo'ladi, faqatgina natija sababli emas. Tahlil qilganda butun o'yin gapiriladi, natija emas. Natijani ortiqcha muhokama qilib bo'lmaydi. 



Axir siz bahsning so'nggi daqiqasida tabloni ko'rib, yana qaytib ketish uchun stadionga bormaysiz-ku, to'g'rimi? Siz jarayonni 90 daqiqa davomida kuzatib o'tirasiz. Jarayonni natijalar bilan alishtirib bo'lmaydi. Insonlar ijobiy yakunlangan xodisani gapirishni, unga baho berishni yaxshi ko'rishadi, mehnati, jarayonning o'zi yaxshi bo'lgan xodisani emas. O'z navbatida biz yomon natijani tanqid qilamiz, yomon ish jarayonini emas. Afsuski, ommaviy axborot vositalari doim shu yo'ldan boradi..”


Nozima Zaripova tarjimasi 

Reyting: -9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика