H.Aktamov: “Yigitlarga etirozim yo'q, ammo hisob biz kutgandek bo'lmadi”
16 iyu 2019 08:25
Yangiliklar


H.Aktamov: “Yigitlarga etirozim yo'q, ammo hisob biz kutgandek bo'lmadi”
Superliga 11-turidan o'rin olgan “Qizilqum” – “So'g'diyona” (1:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida navoiyliklar bosh murabbiyi Hamidjon AKTAMOV uchrashuv haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- Bugun biz uchun omadsiz kun bo'ldi. Yuzaga kelgan qulay imkoniyatlardan ham foydalana olmadik. Darvozaning yonginasidan ham to'p kirita olmagan vaziyatlarimiz bo'ldi. Futbolchilarga alohida etirozlarim yo'q. Yigitlar bugun qo'ldan kelgancha harakat qilishdi. Lekin futbol xatolarsiz bo'lmaydi. Futbolchilarimiz o'zlarini ko'rsatishga harakat qilishdi. Lekin omad bugun bizdan yuz o'girdi, - dedi Hamidjon G'ulomovich.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar