So’nggi yangiliklar

17:15Тер Штеген – "Барса"да сардорлик учун асосий номзод  0 16:48"Хоразм" бир қатор футболчиларни сафига қўшиб олди  1 16:28"Манчестер Сити" янги мавсум учун захира либосини тақдим этди  0 15:59ФИФА Олимпиада ўйинларидаги воқеаларни текшириш учун эксперт тайинлади  0 15:34Тимур Кападзе: "Мисрнинг кучли томонлари ва имкониятларини яхши биламиз"  8 15:12Иброҳимҳалил ОТЖ лагерини тарк этди, унинг ўрнига бошқа ўйинчини қўшиш мумкинми? Кападзе жавоб берди  23 14:59"Манчестер Юнайтед" Уан-Биссакани Дюмфрисга алмаштирмоқчи  4 14:37Париж-2024. Ўзбекистон Мисрга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  9 14:15АПЛ клублари "Лион" ҳимоячисига даъвогар  1 13:50Симонс "Лейпциг" ва "Бавария"дан бирини танлади  1 13:23"Арсенал" Евро-2024'да ёрқин ўйин кўрсатган ярим ҳимоячининг трансфери борасида музокаралар ўтказмоқда  1 12:57"Ньюкасл" ҳимоячиси Саудия Арабистони чемпионатига ўтиши мумкин  1 12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  1 12:04"Андижон" янги аъзоси Абинур Нуримбет: "Келажакда Қозоғистон миллий терма жамоаси либосида майдонга тушишни истайман"  3 11:39ПСЖ Франция терма жамоаси дарвозабонига қизиқмоқда  2

Hakimjon Fayziev: “Farg'ona futbolini rivojlantirish uchun eng shimarib ishga kirishganmiz” Yangiliklar

Hakimjon Fayziev: “Farg'ona futbolini rivojlantirish uchun eng shimarib ishga kirishganmiz”

So'nggi yillarda Farg'onada ommaviy futbol rivojlanib borayotgani hech kimga sir emas. Farg'ona futbol federaciyasi tomonidan professional va havaskor jamoalar o'rtasida turli musobaqalar o'tkazilishi odatga aylandi.

Masalan, yil boshida “Hokim Kubogi-2017”, “Navro'z Kubogi” kabi turnirlar yuqori saviyada tashkil etildi.

Mutaxassislar Farg'ona viloyat futbol federaciyasini Respublikamizning etakchi federaciyasi sifatida etirof etishlari ham bejiz emas.

10 avgustdan Farg'onada O'zbekiston birinchiligi, ikkinchi liga bahslarning ikkinchi davrasiga start berildi. Mavsumning ikkinchi qismi ham yuqori darajada boshlandi. Fursatdan foydalanib, Farg'ona viloyati futbol federaciyasi birinchi vice-prezidenti Hakimjon Djuraevich Fayziev bilan qisqacha suhbatlashdik.

Kezi kelganda, Hakimjon Fayziev shu yilning iyun oyida Farg'ona viloyati futbol federaciyasi birinchi vice-prezidenti lavozimiga tayinlanganini aytib o'tish joiz.

– Farg'ona futboli mamlakatimizda o'z o'rniga ega desam, mubolag'a bo'lmaydi, deb so'z boshladi Hakimjon Fayziev. – SHuni inobatga olgan holda viloyatimizda ommaviy futbolni yanada rivojlantirish yo'lida eng shimarib ishga kirishganmiz. Bu borada viloyatimiz hokimi, Farg'ona futbol federaciyasi prezidenti SHuhrat Madaminovich G'aniev bizni har doim qo'llab-quvvatlab kelishmoqda. Farg'onada futbolning rivojlanishida u kishining hissalari katta.

Qolaversa, Futbol federaciyasi xodimlari, Farg'ona futbol federaciyasi masul kotibi SHahobiddin Teshaboev menga yaqindan yordam berib kelmoqda.

– Farg'onada ikkinchi liga bahslari o'zining qizg'in pallasiga kirdi. Viloyat birinchiligi haqida ham malumot berib o'tsangiz?


– Bu yil ikkinchi ligabahslari 19 may kuni boshlandi. Unda  22 ta jamoa ishtirok etmoqda. Jamoalar ikki mintaqaga bo'lingan holda o'yinlarga kirishishdi. Har ikki mintaqada kurash qizg'in kechmoqda. Uchrashuvlarni – Olimjon To'ychiboev, Ravshan Kapadze, SHoxrux Azamov, Sanjar Rahmonov, Qahramon Sobirov, Nodirjon Toshmatov, Aziz Tolipov, Javohir Hakimov kabi Respublikamizning kuzga ko'ringan hakamlari boshqarib borishmoqda.

O'yinlarning har biri qiziqarli va keskin kurashlar ostida o'tmoqda. Stadionga muxlislar tashrifi oshdi. Ayrim tumanlarda o'yinni tomosha qilish uchun bir necha ming nafar ishqibozlar stadionga kelmoqda. Bu albatta bizning yutug'imiz.


– Tan olish lozim, ayrim viloyatlarda ikkinchi liga o'yinlari o'tkazilayotgani yo'q. Lekin Farg'ona viloyat birinchiligida 22 ta jamoaning ishtirok etishi tahsinga loyiq. Bunga qanday erishildi?

– Yuqorida aytib o'tganimdek, viloyatimiz rahbari SHuhrat Madaminovich G'anievning tashabbuslari va qo'llab-quvvatlashlari natijasida shunday yutuqlarga erishdik. Viloyatimizning har bir tumanidan bittadan jamoaga musobaqada qatnashishi uchun viloyat hokimligi tomonidan badal puli to'landi. Afsuski, bu g'amg'o'rlikdan viloyatimizdagi hamma tuman hokimliklari ham oqilona foydalanishmadi.

– Malumki, yil boshida Farg'onada “Hokim Kubogi-2017” musobaqasi yuqori darajada tashkil etildi. Undan keyin “Navro'z Kubogi-2017” bahslari bo'lib o'tdi. Ikkinchi liga o'yinlari ham qizg'in pallaga kirgan. Yil yakuniga qadar Farg'ona futbol federaciyasi tomonidan yana biror musobaqa o'tkaziladimi?


– Yana bitta turnirni tashkil etishni rejalashtirganmiz. Yaqin kunlar ichida viloyat Kubogi bahslariga start beriladi. Ushbu musobqada ikkinchi ligada qatnashayotgan jamoalar ishtirok etishlari mumkin.

Kezi kelganda shuni aytishim joizki, Federaciya tomonidan yangi ishga qo'l urildi. Aniqrog'i, selekciya ishlari bilan keng miqyosda shug'ullana boshladik. Tuman va shaharlarda bo'lib o'tayotgan o'yinlarga borib, jamoalar safida to'p surayotgan 1999, 2000, 2001 yilda tug'ilgan iqtidorli futbolchilarning ro'yxatini tuzib chiqyapmiz. Hozirga kelib ular soni 70 nafarga etdi. Ushbu yosh futbolchilarni muntazzam ravishda kuzatib boramiz va yangi yil arafsida ularni Oliy va birinchi liga klublari sinoviga yuboramiz.  Murabbiylar ishonchini oqlanagan yosh o'yinchilar professional jamoalar safiga o'tishadi.

Umuman olganda, Farg'ona futbol federaciyasining yagona maqsadi viloyatimiz futbolining rivojlantirish, terma jamoalarga munosib nomzodlarni etkazib berishdir.

Abror Dehqonov suhbatlashdi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика