So’nggi yangiliklar

08:54“Шўртан“ сардори Ҳиндистон жамоасига кўчиб ўтди  0 08:25Аббосбек Файзуллаев: “Краснодар“ билан ўйин менинг ЦСКАдаги охирги ўйиним бўлганми ёки йўқлигини ўзим ҳам билмайман“  1 07:58Ўзбекистон МТЖнинг яна бир аъзоси фаолиятини Эронда давом эттириши мумкин  4 07:27Россия Суперкубогини қўлга киритган Файзуллаев учрашувдан сўнг нималар деди?  2 07:25“Андижон” польшалик ҳимоячи билан шартнома имзолади  2 07:00“Истиқлол“ бош мураббийи яна бир ўзбекистонлик футболчи билан шартнома тузишни истамоқда  5 02:34"Спортинг" раҳбари Гёкерешнинг йиғинга келмагани ҳақида: "Даҳолар босим ўтказиш орқали трансферни осонлаштирамиз деб ўйлашади, аммо бу уни қийинлаштиради. Ҳаммаси катта жарима ва кечирим сўраш билан ҳал бўлади"  1 00:55Футзал. "Қизилқум" ўтиш ўйинида "Пахтакор"ни мағлуб этиб, Олий лигага йўлланма олди  1 00:22"Челси"га Доннарумма ёқади. Футболчи КЖЧдан сўнг битим борасида қарор қабул қилади  2 23:58Шквирин "Андижон"да  3 23:31Суперлигада 2025 йилги мавсумнинг илк қисмидаги энг яхши 10 ўйинчи  6 22:36"Барселона"га "Челси" форварди керак  7 22:11ЦСКА ва Аббос Файзуллаев — Россия Суперкубоги соҳиби  10 21:40Элдор Шомуродов нега айнан "Истанбул Башакшеҳир"ни танлади?  14 20:48"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га ўтишга тайёр  5

Hakim Fuzaylov: Samarqanddagi ajoyib futbol atmosferasi ham so'nggi daqiqalarda g'alaba qozonishimizga yordam berdi Yangiliklar

Hakim Fuzaylov: Samarqanddagi ajoyib futbol atmosferasi ham so'nggi daqiqalarda g'alaba qozonishimizga yordam berdi

Pro liga 1-turi doirasidagi Dinamo - Yangier (2:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

«Eng avvalo, barcha «Dinamo» muxlislarini g'alaba bilan tabriklayman. O'yindan oldin yigitlarga bu bahs ochilish uchrashuvi ekani, Pro ligada kuchsiz klub yo'qligi haqida aytgandim. Mavsum boshida har bir bahs og'ir o'tishi, g'alaba uchun oxirigacha kurashish shartligini bilardik. Futbolchilarimiz maydonda bir-birlarini o'zaro qo'llab-quvvatlashdi, g'alaba uchun bor kuchlarini safrlashdi. To'pga imkonqadar egalik qilishga harakat qildik, raqib esa qarshi hujumda xavfli ekanini ko'rsatdi. Hozirdan shunisi aniqki, Pro ligada hech kimga oson bo'lmaydi, chunki jamoalar kuchi deyarli teng. Bitta biz emas, barcha klublar Superliga yo'llanmasi uchun kurash olib borsa kerak.

Tanaffusdan keyin hech qanday sehrli so'z aytganim yo'q, shunchaki jamoa o'yinini kuchaytirish kerakligini tushuntirdim. O'zgarishlar tufayli hujumkorligimiz oshdi. Tarkibimiz 90 foizga yangilangani bois, o'yindan-o'yingacha kuchayib borishimizga ishonaman.

Samarqandga jamoani Superligaga olib chiqish uchun kelganman. Ammo hali jamoamiz yangi, darhol kuchayib ketishimizni aytish qiyin. Har o'yinda raqibdan kuchliroq o'yin ko'rsatsak, vaziyatlardan foydalana olsak o'yindan-o'yinga muhim ochkolarni yig'a olamiz. Samarqanddek katta viloyat, ajoyib shahar va minglab muxlislari bor klub Superligaga chiqa olishi shart. Bugun ajoyib futbol atmosferasi ham so'nggi daqiqalarda g'alaba qozonishimizga yordam berdi.

Superliga yo'llanmasi uchun kimlar kurash olib boradi? Bu haqda gapirishga hali juda erta. Ha, bizning o'yin turning so'nggi o'yini edi va biz boshqa jamoalarning o'yinlarini TV orqali kuzatdik, biroq hali aniq kimnidir ko'rsata olish qiyin. CHunki hozircha ko'rinib turibdiki, barchada bir xil imkoniyat bor va Pro ligada yaqqol kuchli yoki kuchsiz klubning o'zi yo'q. Tengkuchli klublar ligasi.

Toshkentning «Lokomotiv» klubidagi faoliyatimdan keyin bugun O'zbekistondagi ilk rasmiy o'yinimni o'tkazdim. O'zbek futbolida o'zgarishlar ko'p va bu yaxshi tarafga. Superliga, O'zbekiston Superkubogi va Pro liga o'yinlarini kuzata turib, bemalol ayta olamanki O'zbekiston chempionati o'yinlarida ijoyib o'zgarishlar katta. Turnirlar saviyasi o'sgani ko'rinib turibdi», - deydi tojikistonlik mutaxassis.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика