Hakim Fuzaylov: "Menimcha, Jamoliddin Ubaydullaevning qovurg'asi sindi"
11 noy 2022 00:11
Yangiliklar
Hakim Fuzaylov: "Menimcha, Jamoliddin Ubaydullaevning qovurg'asi sindi"
- Biz “Andijon” jamoasini qanday o'yin namoyish etishini bilardik. Ular o'z vazifalarini hal qilgandi. Bu futbol, hali vazifamiz hal bo'lgani yo'q. Yigitlarga pas orqali o'yin tashkil etish va o'z o'yinimizni ko'rsatish kerakligini o'qtirgan edim. Ko'proq o'ylagan rejalarimiz o'xshadi. Raqibni standartlar va yuqoridan o'ynashlarini bilardik. Butun jamoa ko'rsatmani to'liq bajardi va kerakli natijaga erishdik. Kurash hali davom etadi.
Jamoliddin Ubaydullaevni shifoxonaga olib ketishdi. Menimcha, Jamoliddin Ubaydullaevning qovurg'asi sindi. SHifokorimiz shifoxonaga olib ketgan. Keyinroq yanada anig'ini bilamiz.
Longji mashg'ulotlarda ishlayapti. Unda jarohati bor edi, endi tiklanyapti. Mening shartnomam yakuniga etyapti. Qanday ayta olaman, u qoladimi-yo'qmi? Hozir bir nima deya olmayman.
Ha, o'yindan qoniqdim, albatta. Buning uchun yigitlarga rahmat. Mana, 4-o'yindirki g'alaba qozonyapmiz. Maqsad sari ildam oldinga boryapmiz. Muxlislarga ham qo'llab-quvvatlaganliklari uchun rahmat.
Fikrlar