So’nggi yangiliklar

20:55Евро-2024. Англия – Швейцария 0:0 (матнли трансляция)  6 20:27Расман: Испания Қироллиги футбол федерацияси Педрининг жароҳати бўйича маълумот берди  2 20:06"Сўғдиёна" - "Нефтчи". Кимлар асосий таркибда?  5 19:53"Арал" - "Пахтакор". Асосий таркиблар билан танишинг  16 19:43"Локомотив" "Краснодар" тарбияланувчиси билан шартнома имзолади  2 19:24Тимур Мамасидиқов "Локомотив"га қайтди  0 19:13Кейн: "Саутгейт - Англия тарихидаги энг муваффақиятли мураббийлардан бири"  4 18:46Расман: Дилошд Жўраев - "Локомотив" футболчиси  5 18:36Кроос Педрига қарши фол учун кечирим сўради: "Атайин жароҳат етказиш нияти йўқ эди. Тезроқ соғайиб кет"  21 18:02"Локомотив" Қирғизистон терма жамоаси сардори билан шартнома имзолади  2 17:34Нагельсманн: "Кўзёшларимни зўрға тийиб турибман"  3 16:52Франция кетма-кет 6та учрашувдан бери ўйиндан гол урмаяпти. Бу уларнинг 60 йиллик антирекорди  2 16:35Adidas Кроос фойдаланган бутсалар моделини унинг номига ўзгартиради  1 16:05Германия - Испания учрашувидан сўнг немис жамоаси мураббийи ҳакамлар хонасига бостириб кирди  17 15:42Дунёнинг энг гўзал футболчиси "Ювентус"га ўтди  15

Hakim Fuzaylov: “Kelishmaslik uchun kelishib o'tirish shart emas!” (1-qism) Yangiliklar

Hakim Fuzaylov: “Kelishmaslik uchun kelishib o'tirish shart emas!” (1-qism)

Tojikistonlik mutaxassis Hakim Fuzaylov o'zbek muxlislariga juda yaxshi tanish desak mubolag'a bo'lmaydi.

Yurtimizning bir nechta klublarida faoliyat ko'rsatgan Hakim  Qayumovich so'nggi bor Toshkentning “Lokomotiv” jamoasida ishlagan edi. “Temiryo'lchilar” 2014 yil Osiyo CHempionlar Ligasining pley-off bosqichida mag'lubiyatga uchrab, guruh bosqichiga chiqa olmagach, klub rahbariyati tojikistonlik mutaxassisni istefoga chiqargandi. SHundan so'ng Fuzaylovni vodiy jamoalarining birida ish boshlashi aytilgandi. Ammo bu gap-so'zlar yakunda haqiqatga aylanmadi. O'tgan hafta Hakim Fuzaylov poytaxtimizga tashrif buyurdi. Biz bu tashrifning asl sababini bilish maqsadida mehmon bilan uchrashib, suhbat uyushtirdik.  

Osiyo chempionati haqida

- Toshkentdagi safaringizdan murod nima? Dastavval shu haqida gapirib o'tsangiz.

- Yanvar oyidan etiboran Tojikiston futbol federaciyasida faoliyat ko'rsatayapman. Yil avvalida meni yurtimga chaqirishdi. U erda futbolimiz rasmiylari bilan suhbatlashdim. Mazkur uchrashuvdan keyin meni federaciya texnik departamentining direktor yordamchisi etib tayinlashdi. Qolaversa, bir vaqtning o'zida Tojikistonning futbol bo'yicha barcha terma jamoalarini rahbariman. Ayni vaqtda poytaxtingizda futzal bo'yicha Osiyo chempionati davomi etmoqda. Yurtingizga tashrifimdan murod, terma jamoamiz bilan yaqindan tanishish va ishtirokini kuzatish edi.

- SHu erda futzal bo'yicha Osiyo chempionati haqidagi fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz.

- Toshkentda bo'lib o'tayotgan qita birinchiligi xususida faqat iliq fikrlarni bildirishim mumkin. Boisi, tashkilotchilik haqiqatdan ham alo darajada yo'lga qo'yilgan. Buni nafaqat biz, balki boshqa mehmonlar ham etirof etishmoqda. Biror bir delegaciya azosi tashkilotchilikdan shikoyat qilganini eshitmadim. Tojikiston delegaciyasi vakili sifatida shuni aytishim mumkin: bizni juda yaxshi kutib olishdi, doimo etibordamiz, musobaqada munosib ravishda qatnashishimiz uchun barcha sharoitlar yaratilgan, bu mashg'ulotlar bo'yichami yoki boshqa masalalar, muammo yo'q. O'ylashimcha, Toshkent Osiyo chempionatini yuqori saviyada o'tkazmoqda va bu qita birinchiligi avvalgilari bilan solishtirilganida eng yaxshisi bo'ladi.

- Tojikiston terma jamoasining Osiyo chempionatidagi ishtirokini qanday baholaysiz?

- Bilganim shuki, terma jamoamiz sezilarli darajada yoshartirilgan tarkib bilan Toshkentga tashrif buyurgan va hatto Osiyo chempionati ishtirokchilari orasida eng yoshi ham deyishim mumkin. Men terma jamoamizning musobaqadagi ikki uchrashuvini ko'rdim. Dastlab, futzalchilarimiz qitaning eng kuchli terma jamoalaridan biri Tailandga etarlicha qarshilik ko'rsata olishdi. Fikrimcha, bizda gol urish uchun imkoniyatlar ko'proq ham bo'ldi, biroq tajriba o'z so'zini aytdi. 2-turda Osiyoning yana bir etakchisiga qarshi o'ynadik. Bu safar yigitlarga birinchi uchrashuvdan keyin o'zlarini tiklab ola bilishmagani pand berdi. Natijalar biz uchun qo'rqinchli emas, deb o'ylayman. Boisi, bu yosh jamoamizda kelajakni ko'ryapman. Ularda iqtidor va vatanparvalik hissi juda yuqori. Nazarimda bu terma jamoamiz kelajakda qita birinchiliklarida muvaffaqiyatli ishtirok eta oladi. Aslida qitaning 16ta eng kuchli terma jamoalaridan biri sifatida musobaqada qatnashayotganimizning o'zi bir katta yutuq.

- Musobaqa mezboni bo'lmish O'zbekiston terma jamoasi to'g'risida qanday fikrdasiz?

- Bilishimcha, O'zbekiston futzal bo'yicha Osiyoning eng kuchli terma jamoalaridan biri hisoblanadi. Terma jamoangiz jahon chempionatiga yo'llanma taqdim qilmaydigan avvalgi qita birinchiliklarida sovrindor bo'lganidan ham xabarim bor. Bu safargi Osiyo chempionatining sovrinli o'rinlari mundialga yo'llanma beradi. Bundan tashqari, musobaqa poytaxtingiz Toshkentda bo'lib o'tmoqda. Yuqoridagi sabablarning barchasi terma jamoangizning kuchiga kuch qo'shadi. Men terma jamoangizning guruhdagi ikkita o'yinini ko'rdim. Yigitlar menda yaxshi taassurot qoldirdi. Tilagim shuki, terma jamoangiz o'z oldiga qo'yilgan vazifani ortig'i bilan bajarsin va muxlislaringizni xursand qilsin!

- Eron futzal bo'yicha Osiyoning birinchi raqamli terma jamoasidir. Hatto qitaning boshqa etakchilari ham forslar bilan to'qnash kelmaslikni istaydi. Ayniqsa, bu o'yin mundial yo'llanmasini hal qilsa! Aytingchi, Osiyoda Eronni yuta oladigan terma jamoalar bormi?

- So'nggi Osiyo chempionatining finalida Yaponiya Eronni mag'lubiyatga uchratib, bunday terma jamoa borligini isbotladi. Lekin baribir forslar futzalda qitaning etakchilaridan biri bo'lib qolmoqda. CHunki ular rivojlanishdan to'xtayotgani yo'q. Bilganim shuki, Eron Osiyoda etakchi bo'lishdan tashqari, jahon reytingida ham o'z o'rniga ega. Ammo futzal qitaning boshqa mamlakatlarida ham rivojlanayotganini aytish mumkin. Xususan, Yaponiya, O'zbekiston, Tailand va Vetnam terma jamoalari bugungi kunda forslarga bemalol jiddiy qarshilik ko'rsata oladigan saviyaga chiqib ulgurishdi. Eronning bugungi kunda qitaning eng etakchisi ekanligi haqida so'z yuritadigan bo'lsak, haqiqatdan ham shunday, ularda barqaror terma jamoa bor, ular rivojlanishda davom etishmoqda.

- Nima deb o'ylaysiz, Osiyo chempionatida qaysi terma jamoalar kuchli beshlikka kirib, mundial yo'llanmasini qo'lga kiritishi mumkin?

- Taxminim shunday: Eron, O'zbekiston, Yaponiya, Tailand va Vetnam.


Tojikiston futboli to'g'risida

- Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi bosh murabbiyligidan istefoga chiqqaningizdan so'ng, qaerda faoliyat ko'rsatdingiz?

- Toshkentni tark etganimdan so'ng bir yil davomida Rossiyaning “Terek” jamoasida selekciya ishlari bo'yicha murabbiy lavozimida faoliyat ko'rsatdim. U erdagi asosiy ishim, klubning kelajagi uchun o'ylash va yosh iqtidorlarni topish edi. Bir yil davomida shu yo'sinda ishladim. Fikrimcha, yomon ishlaganim yo'q va bugungi kunda bu o'z samarasini bermoqda.

- Bugungi kunda Tojikiston futbol federaciyasining texnik departamentida ishlayotganingizni aytib o'tdingiz. O'z ishimni topdim, deb o'ylaysizmi? Har holda siz asosan murabbiylik sohasida faoliyat ko'rsatgansiz.

- Hozirdanoq aniq fikr bildirishim mushkul. Agar faoliyatim orqali Tojikiston futbolining rivoji uchun nimadir bera oladigan bo'lsam, bundan albatta xursand bo'laman va bu to'g'ri qaror qabul qilganimdan ham darak beradi.

- Texnik departamentdagi asosiy ishingiz nimalardan iborat?

- Men hozirgi kunda bolalar futbol maktablari bilan yaqindan tanishyapman. Xususan, maktablarning infrastrukturasi, murabbiylarning salohiyati, ularni bolalar bilan qanday ishlayotgani bilan qiziqyapman. Barcha mutaxassislar bilan aloqa o'rnatyapman. Ularni qiynayotgan muammolarni eshityapman va federaciya rahbarlari bilan kelishgan holda kamchiliklarni bartaraf qilishni rejalashtiryapman. CHunki futbolda poydevorni mustahkamlay turib, katta natijalarga erishish mushkul. SHuning uchun men bolalar futboliga ko'proq ahamiyat berishni maqsad qilganman.

- Yangi ishingiz sizga yoqyaptimi?

- Bu yo'nalishda ish boshlaganimga hali endigina bir yarim oy bo'lgani sababli, aniq fikr bildirishim mushkul. Yuqorida takidlaganimdek, agar faoliyatim orqali Tojikiston futbolining rivojiga hissa qo'sha olsam, demak to'g'ri yo'ldaman, mabodo aksi kuzatilsa, tushunamanki, bu mening ishim emas!

- Nega bu savolni berdim: mabodo sizga klublardan bosh murabbiylikka taklif bo'lsa qabul qilasizmi yoki federaciyadagi ishingizni davom ettirasizmi?

- Bunday vaziyatda quyidagicha yo'l tutaman: agar federaciyadagi faoliyatimda qandaydir strategik ahamiyatdagi vazifa ustida ishlamayotgan bo'lsam, albatta murabbiylikka qaytishim mumkin. Sababi, murabbiylar uchun amaliyot o'ta muhim jihatdir. Mabodo federaciyada qandaydir rejani tugallash jarayonida yoki uning yarmida bo'lsam, ishimni tashlab ketmayman. Uni oxiriga etkazganimdan so'ng rahbarlarim bilan suhbatlashib, keyin bir qarorga kelaman. Mening xarakterim shunaqa: bir ishni boshladimmi, uni oxirigacha etkazmasdan qo'ymayman. Ishimni yakunlaganimdan keyingina shaxsiy faoliyatim haqida bosh qotiraman.

- Tojikistonning bugungi futboli haqida qanday fikrdasiz?

- Yurtimda ancha vaqt bo'lmagandim. Futbolchi sifatida faoliyatimni Tojikistonda o'tkazgan bo'lsam-da, murabbiy bo'lib asosan xorijda ishlaganman. Tojik futbolini deyarli chetdan kuzatganman. Bugungi kunda yurtimda bo'lib turib shunga amin bo'ldimki, mamlakat futbolida sezilarli darajada o'sish bor. Jumladan, Tojikistonning birinchi raqamli klubi “Istiqlol” o'tgan yili OFK Kubogining finaliga qadar etib keldi. SHuning o'ziyoq o'sishdan dalolat bermoqda, desam mubolag'a bo'lmaydi. Jamoa bundan-da, muvaffaqiyatga erishishi mumkin, faqat buning uchun chempionatda unga raqobatbardosh raqiblar etarlicha bo'lishi kerak. Biz, xususan, federaciya mutasaddilari va boshqa rasmiylar chempionatimizda kuchli klublar sonini ko'paytirish harakatidamiz.

Hozirgi kunda futbol bir joyda to'xtab turgani yo'q. Futbol barcha mamlakatlar qatori Tojikistonda ham rivojlanib bormoqda. Klublarning infrastrukturasi yaxshilanyapti. Barcha shaharlarda stadionlar qurilyapti. CHekka-chekka qishloqlar ham bundan mustasno emas. Bolalar bemalol futbol bilan shug'ullanish imkoniyatiga ega bo'lishmoqda. SHuning o'ziyoq hukumatimiz mamlakatda millionlar o'yinini rivojlanishi uchun aniq reja asosida ish olib borayotganini anglatadi. Sog'lom avlod millatning kelajagi hisoblanadi. Tojikistonda sog'lom avlodni tarbiyalash orqali ommaviy futbolni rivojlantirish va u orqali professionallikka qadam tashlash ko'zda tutilgan.

- Agar savol noo'rin bo'lsa uzr, mutaxassis sifatida Tojikiston futbolini Markaziy Osiyo mintaqasida nechanchi o'ringa qo'ygan bo'lardingiz?

- Bu haqida aniq gapirish juda qiyin. Milliy terma jamoaning natijalari yaxshi bo'lmasa-yu, lekin klublarning, yoshlar va o'smirlar xalqaro maydonlarda yutuqlarga erishsa, bu aniq fikr bildirishga to'sqinlik qiladi. Bilishimcha, yaqin vaqtlar ichida Markaziy Osiyo mamlakatlari o'rtasida turnir tashkil qilinadi. Mazkur musobaqa o'tkazilishi rejalashtirilayotgani juda yaxshi deb o'ylayman. Sababi, shunday turnirlar orqali mintaqadagi davlatlarda rivojlanish qay darajada ekanligini bilib olish mumkin. Qolaversa, bunday turnirlar rivojlanishga turtki ham bo'ladi. Hozir reytingga qarab, kimnidir kamsitmoqchi emasman va bunday qilmayman ham. Anig'i shuki, Tojikiston futboli avvalgi yillarga nisbatan sezilarli darajada o'sdi. Millionlar o'yini bizning yurtda ham birinchi raqamli sport turi hisoblanadi.

Furqatbek Nishonov suhbatlashdi. 


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика