So’nggi yangiliklar

00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  0 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  1 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  1 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  2 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  3 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  3 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  0 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  7 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3 18:28Гвардиола дарвозага янги посбон изламоқда. Португалия терма жамоаси аъзоси – номзодлардан бири  0

Hakim Fuzaylov: "Bunday issiq havoda futbolchilar tez charchab qolishadi" Yangiliklar

Hakim Fuzaylov: "Bunday issiq havoda futbolchilar tez charchab qolishadi"

Pro liganing 10-turidan o'rin olgan "Yangier" - "Dinamo" (1:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov fikrlarini bildirib o'tdi.

"O'yin haqida nima deyishim mumkin? Oldin ham aytgandim, Pro ligada kuchsiz klubning o'zi yo'q. Barcha jamoalar deyarli tengkuchli bo'lib, har o'yinda g'alaba uchun intilishmoqda, har bir bahsga jiddiy tayyorlanishmoqda. Mazkur uchrashuvda ikki jamoada ham yutish imkoniyati bor edi. Yakunda biz g'alaba qozondik. 

"Olimpik" bilan Toshkentdagi o'yindan keyin tayyorgarlik uchun vaqtimiz oz edi. Qiyin o'yinga qaramay, jamoamiz yaxshi o'yin namoyish etib g'alaba qozondi. Bugun biz kabi raqib ham g'alabani ilib ketishi mumkin edi. Bu borada omad bizga kulib boqdi va muhim ochkolarni qo'lga kiritdik. 

G'alabaning asosiy omili? Eng avvalo futbolchilarning o'z kuchini to'liq ishga solib, g'alabaga bo'lgan ishtiyoqi bizga g'alaba keltirdi. Ammo o'yin bo'yicha jamoamizda charchoq alomatlari sezildi, bunday issiq havo sharoitida futbolchilar tezroq charchab qolishadi",- deydi Hakim Fuzaylov

- Oxirgi ikki safar o'yini – oldingi tur "Olimpik" (1:2) va bugun "Yangier" (1:2) bilan bahsda jamoangiz birinchi gol o'tkazib yubormoqda, keyin esa irodali g'alabaga erishayapti. Bu nima bilan bog'liq?

- Yigitlar xarakter ko'rsatishmoqda. O'yinga tushayotgan har bir futbolchi borki, maydonda borini berayapti. Aynan shu kurashuvchanlik bizga g'alaba keltirmoqda.

"Yangier"? Ularga qarshi birinchi davradagi o'yinimiz ham, bugungisi ham tengkurashlar ostida kechdi, bu jamoada yaxshi o'yin shakllangan.  

Maqsad? Oldimizdagi vazifa Superligaga chiqish. Ammo faqat biz emas, Pro liganing kamida 5-6ta klubi Superliga yo'llanmasiga ega chiqmoqchi. SHu bois yozda tarkibimizni kuchaytirishimiz lozim.

Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика